Malakaviy amaliyotining zarurati
Malakaviy pedagogik amaliyot davomida amaliyotchi-talabalar umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan san’at maktablari muassasasining ijtimoiy muhiti, ta’lim muhiti, muassasa sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchilar bilan ishlash prinsiplari, mediasavodxonlik va boshqalar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalar xosil qilishlari lozim.
Talabalar muassasa rahbariyatining ish yuritish jarayonlari, boshqaruvchilik faoliyati, fan o‘qituvchilarining dars davomida o‘quvchilar bilan hamda sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyat yuzasidan o‘quvchilarga munosabatlari, me’yoriy hujjatlari bilan tanishishlari kerak.
Amaliyotning maqsadi – bo‘lajak Libos dizayn o‘qituvchilarining amaliy-kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va o’qituvchilik faoliyatiga tayyorlash.
Amaliyotning vazifasi – Libos dizayn yo’nalishi talabalarini ta’lim muhitiga moslashtirish, ko‘nikmalarini rivojlantirish, nazariy olingan bilimlarni mustaxkamlash, rivojlantirish; o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish; ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining hususiyatlari to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish; talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish; Libos dizayn yo’nalishi talabalarida kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish va boshq.
Amaliyot yakunida natijadorlik:
- umumiy o‘rta ta’lim muassasasi to‘g‘risida tasavvurlarini yanada kengaytirish;
- muassasa rahbariyatining jamoa bilan ishlashga oid egallagan bilimlarini amaliyotda sinab ko’rishga erishish;
- pedagogik jamoa o‘rtasidagi munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalari;
- o‘quvchilarning o‘zaro va pedagoglar bilan munosabatlari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari to‘g‘risida;
- ota-onalar murojaatlari va ular bilan maktab jamoasining munosabati;
- darsda va sinfdan tashqarida o‘quvchilar bilan ishlash mexanizmlari;
- o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishi;
- sinf xonalariga qo‘yilgan gigienik talablar to‘g‘risida;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi va ularning me’yoriy hujjatlarini rasmiylashtirilishi va boshqalar to‘g‘risida ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |