Malakaviy amaliyot dasturi o‘quv, ishchi o‘quv rejalar va o‘quv dasturiga mos xolda ishlab chiqilgan
Download 184.5 Kb.
|
Malakaviy pedagogik amaliyot 2020 2021 o\'quv yili 2 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY QOIDALAR MALAKAVIY AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI
- MALAKAVIY AMALIYOTNING MAZMUNI VA TARKIBI
1. KIRISH
Ushbu dastur O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom»ning (OO’MTVining 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan) 1.3. bandiga muvofiq 5130200 – amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standarti asosida tuzildi. Hozirgi kunda respublika ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg’unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi islohatlar talablari bilan chambarchas bog’langan bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda malakaviy amaliyotning o’rni beqiyos. 5130200 – amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2-kurs talabalarining malakaviy amaliyotini to’g’ri tashkil qilish bo’lajak yosh mutaxassislarni umumkasbiy fanlarini o’zlashtirishda olgan bilimlarini nazariy va amaliy mustahkamlash muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 5130200 – amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 2- kurs talabalarining malakaviy amaliyoti IV semestrda, ya’ni 2021 yil 12-apreldan boshlanib 2021 yil 24-aprelgacha davom etadi, malakaviy amaliyot davri 2 hafta bo’ladi. Mazkur ta’lim yo’nalishlarining namunaviy o’quv rejasiga binoan malakaviy amaliyot uchun ajratilgan 2 hafta davomida jami 72 soat, ya’ni haftasiga 36 soatdan amaliyot tashkil etilishi kerak. Bunda haftasiga 6 kun, har bir kunda 3 soatdan amaliyot mashqlari, qolgan 3 soatida talaba o’z mustaqil faoliyatini rejalashtirishi talab etiladi. Talaba malakaviy amaliyotini tashkil etish bo’yicha kalendar rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun universitetdagi malakaviy amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan ma’qullanishi maqsadga muvofiq. UMUMIY QOIDALAR MALAKAVIY AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI Talabalar malakaviy amaliyoti bakalavrlarni tayyorlashda Davlat ta’lim standartiga, xususan o’quv rejaga muvofiq tarzda tashkil etiladi. Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi - talabani bevosita ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o’zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo’yicha tajriba hosil qilish, amaliy masalalarni hal qilish bo’yicha malaka va ko’nikmalarini egallash uchun axborot texnologiyalaridan va zamonaviy dasturlardan foydalanib, tajriba natijalarini qayta ishlash hisoblanadi. 5130200 – amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi bo’yicha 2-kurs talabalarining malakaviy amaliyotini tashkil etishda talabalarning C# dasturlash tilida dasturiy ta’minotlar yaratish, kutubxonalardan foydalanish, ma’lumotlar tuzilmasi va ularni tahlil qilish, matematik tizimlar yordamida chiziqli algebra, analitik geometriya va matematik analiz masalalarini hal qilish, grafik muharrirlar bilan ishlash, axborot xavfsizligini ta’minlash mavzulariga alohida e’tibor qaratish zarur. Malakaviy amaliyotdan kutiladigan natija hamda uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Talabada ta’lim yo’nalishi bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish; Amaliyot davrida tartib qoidalarga amal qilishni o’rgatish; Texnik vositalar bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirish; Texnologik jarayonlar bilan tanishish; Tajriba natijalarini qayta ishlash usullari bilan tanishish; Amaliyot davrida qaror qabul qilish va mustaqil ishlashga o’rgatish; Ijtimoiy-siyosiy, tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish sohasida kerakli bilimlarni egallash; Amaliyot hisobotini yozish uchun kerakli materiallar to’plash. MALAKAVIY AMALIYOTNING MAZMUNI VA TARKIBI Malakaviy amaliyot kafedrada belgilangan amaliyot rahbari tomonidan ishlab chiqilgan, kafedra mudiri tasdiqlagan kalendar ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Amaliyot rahbari har bir amaliyotga chiquvchi talabaga individual tarzda yondashishi zarur. Shuningdek, talabaning kalendar ish rejasi aniq, maqsadli va natijaga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling