Maktab direktori: N.Pattayeva
AMALIYOT DAVRI KUNDALIGI
TAHLIL DAFTARI
AMALIYOT DAVRI OYLIK ISH REJASI
DARS UCHUN KONSPEKT
GURUH O’QUVCHILARI
HAQIDA MA’LUMOT
GURUHGA TAVSIFNOMA
GURUHDAGI PAST O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILARGA TAVSIFNOMA
GURUHDAGI FAOL O’QUVCHILARGA TAVSIFNOMA
MA’NAVIY MA’RIFIY ISHLAR REJASI
MA’NAVIY TADBIRLAR SSENARIYSI
TARQATMA MATERIALLAR
Farg’ona shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-“E” sinfning past o’zlashtiruvchi o’quvchisi Asqarov Muhammadazizbek Azizbek o’g’liga
Tavsifnoma
6-“E” sinf o’quvchisi Asqarov Muhammadazizbek kamgap va biroz uyatchang bola. Ko’p hollarda atrofidagi voqealarga etiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko’zlay olmaydi, sinfdosh o’rtoqlari bilan ham ko’p vaqt chiqisholmay qoladi, yolg’izlikni maqul ko’radi. Yoshlik davridan faqatgina ingliz tiliga emas boshqa fanlarga ham qiziqishi kam, o’z-o’ziga talabchan va mas’uliyatli emas. Shunga qaramay, hulqi yaxshi, darslarga muntazam qatnaydi. O’qituvchi bu o’quvchi bilan qo’shimcha ravishda ishlashi darslarni u o’zlashtiradigan darajada yengillashtirib o’tishi va yengil topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirishi kerak . Bu o’quvchi ingliz tilida so’zlasha oladiganlarga havas qiladi, lekin o’zi yetarli darajada bilimga ega emasligi uchun dars davomida mashqlarni bajara olmaydi. Bunga sabab unga qo’shimcha e’tiborning kamligi va ko’pchilik orasida gapirishga uyalishi, tortinchoq ekanligi deb topdim.
Hozirda umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari DTS lari bo’yicha 6- sinf o’quvchisi uncha qiyin bo’lmagan so’zlarni yod olgan bo’lishi sodda- sodda gaplar tuza olishi o’zi haqida qisqa va sodda ma’lumot bera olishi kerak. Shunday ekan, bu o’quvchiga darslarni o’zlashtirish bilan bir qatorda, yuqoridagi mezonni uddalashga ham ko’maklashish lozim. Buning uchun u sinfning ilg’or o’quvchilari bilan ko’proq muloqotda bo’lishi, darsdan bo’sh vaqtlarda birgalikda ishlashi maqsadga muvofiq bo’ladi. Endigina til o’rganish jarayoniga kirib kelayotgan o’quvchini bu jarayonga qiziqtirish va jalb etish eng asosiy vazifa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |