Malakaviy amaliyot hujjatlari amaliyot davri oylik hisobot


Tavsifnoma beruvchi talaba: Qosimova Diyora


Download 21.18 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi21.18 Kb.
#204864
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amaliyot hisobot

Tavsifnoma beruvchi talaba: Qosimova Diyora

Farg’ona shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-“V” sinfning past o’zlashtiruvchi o’quvchisi Avazxonov Abdulaziz Otabek o’g’liga

Tavsifnoma

6-“V” sinf o’quvchisi Avazxonov Abdulaziz tabiatan sho’x, kirishuvchan va so’zamol lekin o’qishga kelganda biroz oqsaydi. Ko’p hollarda darslarga etiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko’zlay olmaydi. biroz urishqoq bo’lganligi uchun do’stlari bilan tez janjalashib qoladi. Ba’zan o’ta sho’x bo’lsa, ba’zan jim bo’lib qoladi. Yoshlik davridanoq o’qishga bo’lgan qiziqishi kam. O’z-o’ziga talabchan va mas’uliyatli emas. Shunga qaramay, hulqi yahshi, darslarga muntazam qatnaydi. O’qituvchi bu o’quvchi bilan qo’shimcha ravishda ishlashi, darslarni u o’zlashtira oladigan darajada yengillashtirib o’tishi va yengil topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirishi kerak. Bu o’quvchi boshqa fanlarga nisbatan ingliz tiliga qiziqadi, lekin yoshiga nisbatan yetarli darajada bilimga ega emas. Bunga sabab uning oilasidagi e’tiborning kamligi va o’zining biroz mas’uliyatsizligi deb topdim.

Hozirda umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari DTS lari bo’yicha 6-sinf o’quvchisi uncha qiyin bo’lmagan so’zlarni yod olgan bo’lishi sodda-sodda gaplar tuza olishi o’zi haqida qisqa va sodda ma’lumot bera olishi kerak. Shunday ekan, bu o’quvchiga darslarni o’zlashtirish bilan bir qatorda, yuqoridagi mezonni uddalashiga ham ko’maklashish lozim. Buning uchun u sinfning ilg’or o’quvchilari bilan ko’proq muloqotda bo’lishi, darsdan bo’sh vaqtlarda birgalikda ishlashi, ko’piroq kitob o’ qishi, ingliz tilidagi so’zlarni yodlab borishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Endigina til o’rganish jarayoniga kirib kelayotgan o’quvchini bu jarayonga qiziqtirish va jalb etish eng asosiy vazifa hisoblanadi.


Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling