Malakaviy amaliyot hujjatlari amaliyot davri oylik hisobot


Tavsifnoma beruvchi talaba: Qosimova Diyora


Download 21.18 Kb.
bet4/6
Sana05.01.2022
Hajmi21.18 Kb.
#204864
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
amaliyot hisobot

Tavsifnoma beruvchi talaba: Qosimova Diyora

Farg’ona shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-“V” sinfining iqtidorli o’quvchisi Isayev Sobirjon Bahodir o’g’liga

Tavsifnoma

6-“V” sinf o’quvchisi Isayev Sobirjon bilimli, ijodkor va boshqalarga nisbatan iqtidorli o’quvchi. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi va a’lo baholarga o’qiydi. Shuningdek, dunyo qarashi keng o’z fikrini boshqalarga erkin tushuntirib bera oladi, jamoat ishlarida, tadbirlarda, bilimlar bellashuvida ham faol qatnashadi. O’z ona tilidan tashqari ingliz va rus tillarini biladi va o’rganish jarayonini davom ettirmoqda. O’z ustida doimiy ravishda ishlashi tufayli so’z boyligi yuqori. Mustaqil ravishda sodda gaplarni tuza oladi, o’zi haqida qisqacha bo’lsa ham ma’lumot bera oladi. O’qituvchilari va sinfdoshlari bilan yaxshi aloqada, tarbiyali o’quvchi. Dars jarayonlariga muntazam qatnashadi, darsliklar bilan cheklanib qolmay, zamonaviy komputer texnalogiyalaridan ham foydalana oladi. Word kabi dasturlarda ishlash ko’nikmasi mavjud. Yoshligidan musiqa to’garagiga borganiligi uchun dutorni juda ham ajoyib chala oladi. Musiqa yo’nalishida bir necha tadbir va musoboqalarda olgan faxriy yorliq va diplomlari ham mavjud.

Ingliz tili bilan ko’p vaqt shug’ullanganligi va bu fanga yuqori qiziqishi tufayli, ingliz tilida o’qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish qobiliyati sinfdoshlariga qaraganda yuqori. O’zi mustaqil ravishda mavzuni o’zlashtiradi va darsni tashkillay oladi. Xotirasi juda ham yaxshi rivojlanganligi uchun ingliz tilidagi qisqacha yozilgan hikoyalarni eslab qolib mazmunini ayta oladi.

Mas’uliyatli o’quvchi sifatida o’z kelajagi haqida qayg’uradi va bu tilni yaxshi o’zlashtirib oliy o’quv yurtida o’qishini davom ettirishni, kelajakda malakali kadr bo’lib yetishishni xohlaydi.


Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling