Asosning qo‟shimcha qatlami- bu qatlamlar iqlim va grunt gidrologik sharoitlari noqulay joylarda qoplamalarning asosi bilan yo‘l poyi to‘shama grunti orasida yotqiziladi.
Asfaltbeton qoplamalar - yo‘l qoplamalarining eng takomillashgan turi. Ular mustahkam asosga bir yoki ikki qatlamli qilib yotqiziladi.
Asfaltbeton sun‘iy qurilish materiali bo‘lib, yirikligi bo‘yicha saralangan kamg‘ovak tosh asosdan - chaqiq tosh yoki shag‘aldan va qumdan (bular o‘zaro mayin mineral kukunning bitumli aralashmasi bilan bog‘langan) tashkil topgan aralashmani qizdirilgan holida shibbalab olinadi. Bitum asfalqtbeton aralashmasining tarkibiga qarab 3.5 dan 9%gacha miqdorda qo‘shiladi. Asfalqtbetonlar yirik donali (chaqiq tosh frakg‘iyalari 40 mm gacha), mayda donli (20 mm gacha) va qumli (5 mm dan yirik bo‘lmagan zarralar) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |