Yo’l to’shamalariga ta‟sir etuvchi kuchlar.
Avtomobillar o‘tganida yo‘l to‘shamasida hosil bo‘ladigan kuchlanishlar chuqurlik ortgan sari so‘na boradi. Bu yo‘l tushamasini ko‘p qatlamli qilib loyihalashga imkon beradi, bunda turli mustaхkamlikdagi materiallardan foydalaniladi.
Ko‘p qatlamli yo‘l to‘shamasida avtomobillarning g‘ildiraklaridan hosil bo‘ladigan kuchlanish
Qoplama - yo‘l to‘shamasining yuqorigi, eng mustahkam, odatda suv o‘tkazmaydigan, eyilishga, zarbiy va siljituvchi yuklamalarga yaхshi qarshilik qo‘rsatadigan, shuningdek iqlim ta‘siriga chidamli nisbatan yupqa qatlami. Qoplama ancha qimmat turadigan materiallardan yotqizilganligi uchun u ruхsat etiladigan minimal qalinlikda bo‘ladi. Qoplama yo‘lning zarur foydalanish sifatlarini ta‘minlaydi (sirtning tekisligi, shina bilan ilashish koeffig‘ienti katta).
Asos- to‘shamaning toshlardan yoki bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan gruntdan qurilgan ko‘tarib turuvchi mustahkam qismi.Asos bosimni to‘shamaning pastda joylashgan qo‘shimcha qatlamlariga yoki yo‘l poyi gruntiga uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan. Asosga avtomobil g‘ildiraklari bevosita ta‘sir etmaydi, ob-havo yog‘inlari esa kam ta‘sir etadi. Shuning uchun asosni qurishda qoplama va eyilish qatlamidagiga karaganda mustahkamligi kamroq materiallardan ham foydalanish mumkin. Asosni yotqizishda mahalliy materiallar, sanoatning mustahkam chiqindilari, bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan toshlardan foydalanish mumkin. Asos bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |