Malakaviy amaliyot
YONG’IN VA PORTLASHDA TEXNIKA HAVFSIZLIGI
Download 1.81 Mb.
|
152i-17 Ibrohimjanov M-amaliy hisobot
YONG’IN VA PORTLASHDA TEXNIKA HAVFSIZLIGI
Yong’in haqida tezda xabar berish uchun yuqori xavfli xisoblangan texnologik uskunalarda, ishlab chiqarish binolarida, ofis, ma’muriy binolarda, maktab va institut xona va auditoriyalarida ham darakchi vositalari o’rnatiladi. Darakchi vosita aloqasining bo’lish yong’indan ogohlantirish, oldini olish, yonayotgan manbani, manzilni o’z vaqtida bilib olishga yordam beradi. Ham o’t o’chirish bo’limini tezdan chaqirishda va uni o’chirilishini boshqarishda, rahbarlik qilishda, xodisani bartaraf qilishda yordam beradi.Yong’in aloqasi o’z navbatida, darak berish, dispetcherlik (qorovul xonalarda xar etaj, xonalarni xisobga olgan xolda signalni qabul qilish apparatlari o’rnatiladi.) va yong’in vaqtidagi aloqa turiga bo’linadi. Aloqa asosan elektr, telefonlar yordamida uyushtiriladi. Avtomatik aloqa vositasi yonish boshlanishi vaqtida manzil haqida aniq ma’lumot beradi. Yonish manbaini belgilab ma’lumot berishda optik nurlar, alanganing xarakat tebranishi, tutun chiqishi, issiqlik nuri, atrof muxitning ionlanish darajasi, xarorat va bosimni o’zgarishi kabi muhim xolatlardan signallar chiqarish va uni kuchaytirib berish signalizastiyalar asosidir. Avtokorxonalarda ko’pincha yong’in tungi vaqtlarda kelib chiqadi. (Avtomobillarni yonib ketishi extimoli jadvaliga qaralsin). Yong’in chiqqanda qorovul , navbatchi mexanik va nozimlar uchun alohida vazifalari oldindan belgilab qo’yiladi. Qorovul yong’in chiqishi (tunda) zudlik bilan navbatchi mexanikka, navbatchi mexanik nozimga etkazib o’zi qorovul va navbatchi avtomobil xaydovchisi bilan , birgalikda yongan yoki unga yaqin avtomobillarni avtobuslarni zaxira darvozasi orqali tashqariga xavfsiz joyga olib chiqarish uchun xarakat qiladi. Nozim zudlik bilan 01-yong’in davlat nazorati xodimlariga qo’ng’iroq qiladi va rahbarlarning uyiga ham qo’ng’iroq qilib iloji bo’lsa navbatchi avtobusni jo’natadi. Ma’muriyat yong’in xavfsizligi komissiyasi, ixtiyoriy yong’in drujinasi xodimlari birinchi navbatda odamlarni xavfsizligini va ularni evakuastiya qilish tadbirlarini ko’rib, keyin yong’in o’chirish choralarini ko’rishlari lozim. Barcha yong’inni oldini olish bo’yicha tayinlangan maxsus xodimlar oldindan yong’in xavfsizligi bo’yicha maxsus o’qigan va tajribali bo’lishlari lozim. XULOSA Men ushbu amalyotni o’tash vaqtimda avtomabil yo’llarini loyixalash qurish qayta tamirlash xolatlarini ish vaqtida ko’zdan kechirdim o’quv amalyotimiz boshlanishidan oldin bizga masul bo’lgan shaxs tomonidan ushbu amalyot yuzasidan xavfsizlik qoidalari bilan yaqindan tanishtrdi yo’l qurulishda judaxam xavfli vaziyatlarning ko’p bo’lishi va xalokat ohiqdan ochiq o’zimiz bilan birga bo’lishini takidlab o’tdi judaxam qiziqarli xayotiy amalyot albata javobgarli ish ekanligini yana bir bor ishonch xosil qildik bizga yaqindan yordam bergan ustozlarimiz qolidan kelganicha o’rgatdilar va biz o’zimiz bilmagan ko’plab soxa qiyinchiliklarini og’ir yengilini tushundik ko’rdik biz talabalar uchun bunday amalyotlar ko’payishi judaxam xoxlardik bilimning nazariy qisimni o’rgangandan so’ng shu tarzdagi oquv amalyotlarga borib o’rgansak o’z bilimimizni yanada mustaxkamlagan bo’lardik degan umitdaman Xulosa sifatida menga berilgan vazifalarni to’liq va behato bajarishga , o’zlashtirishga harakat qildim . Kurs loyiha ishi bo’yicha murabbiyim tomonidan berilgan topshiriq ya’ni SHNQ 2. 05.02-07 “Avtomobil yo'llari” ga asosan yo' toifasini aniqlash ishlari bajardim. Bo’ylama kesim profilini loyihalash , yon ariqchalar kerakli joylarda qo’shimcha quvirlar yotqizish ishlari , vertikal egrini loyihalashni o’rgandim . Keyingi o’zlashtirgan ishlarim : Yo’l to’shamasini loyihalashni o’rganish bo’ldi. Yo’l to’shamasini konstruktiv qatlamlarini loyihalash ularni to’g’ri tanlash kabi ko’nikmalarni o’zlashtirdim. Avtomobillar o‘tganida yo‘l to‘shamasida hosil bo‘ladigan kuchlanishlar chuqurlik ortgan sari so‘na boradi. Bu yo‘l tushamasini ko‘p qatlamli qilib loyihalashga imkon beradi, bunda turli mustaхkamlikdagi materiallardan foydalanilanishi kabi ma’lumotlarga malakaviy amaliyot bajarishda ega bo’ldim.Aynan ma’lum masofali yo’l qurish uchun kerak bo’luvchi va bajariluvchi barcha ishlarni o’rgandim . Avtomobil yo’llari mamlakatning muhim aloqa tarmog’i bo’lganligi sababli biz kabi bo’lajak loyihachi , muhandis – quruvchilar bu sohaga oid barcha bilimlarni chuqur o’rganishimiz , Respublikamiz taraqqiyoti va rivoji uchun hissamizni qo’shishimiz zarur deb hisoblayman . Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling