Malakaviy amaliyoti bo’yicha hisoboti


O’zbekiston sug’urta bozorida sug’urta zararlarini qoplab berishdagi muammolar


Download 75.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana30.01.2024
Hajmi75.57 Kb.
#1808921
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar (1)

O’zbekiston sug’urta bozorida sug’urta zararlarini qoplab berishdagi muammolar
O’zbekiston sug’urta bozorida hozirgi vaqt bir qancha muammolar mavjud. Eng katta 
muammolardan biri bu aholining aksariyat qismining sug’urta tizimiga bo’lgan ishonchning 
pastligidir. Albatta hozirgi davrda fuqarolarimiz ko’p qismi oldingi yillarga nisbatan sug’urtaga 
bo’lgan ishonchi ancha oshgan, lekin bu son mamlakatimiz aholisining kamchilik qismini tashkil 
qiladi. Hammamizga ma’lumki, xalq orasida: “Sug’urtachilarga ishonch yo’q, baribir zararni 
qoplab bermaydi”- degan fikr mavjud.
Sug’urta qoplamalari. Bu borada mamlakatimizda bir qancha muammolar mavjud. Avvalambor 
sug’urta zararlari qoplab berish mamlakatimizda past ekaniga asosiy sabab aksariyat 
sug’urtalovchi hamda sug’urtalanuvchilarning sug’urta biliming pastligini ko’rishimiz mumkin. 
Ko’pchilik fuqarolar tomonidan sug’urta qoplamalari qanady holatlarda qoplab berilishi haqida 
ma’lumot hamda bilib yetarli emas. Albatta fuqarolarga sug’urta hodisalari hamda qanday 
holatlarda sug’urta qoplamalarini amalga oshirib berishlari haqida ma’lumot aksar hollarda 
berilmaydi.
Shuningdek, mijozlar tomonidan sug’urta hodisalari haqida sug’urta kompaniyalariga kech xabar 
yetib borishi ham katta muammolardan biridir. Yana shuni tilga olib o’tishimiz kerakki sug’urta 
obyektlari sug’urtalovchilar tomonidan ko’p hollarda ko’zdan kechirilmasligi ham sug’urta 
bozorimizdagi muammolardan biridir.
Albatta mamlakatimiz sug’urta bozorida jami sug’urta mukofotlari umumiy sug’urta tarmog’idan 
kelib tushishi hammamizga ma’lum. Umumiy sug’urta tarmog’idagi mukofotlarning esa katta 
qismi majburiy sug’urta turlari hamda, banklardan chiqayotgan kreditlarning sug’urtasi va kredit 
olish uchun garovga qo’yilayotgan mulklar sug’urtasidan kelib tushadi. Bu holatda esa aholi 
tomonidan garovga qo’yilayotgan mol-mulklarini sug’urta qilish banklar tomonidan o’z sug’urta 
kompaniyalariga mijozlarni yuborish fuqarolar hamda sug’urta kompaniyalari orasida vositachi 
bo’lib qolganidir. Agarda mijoz bank taklif qilayotgan sug’urta kopmaniyalarining xizmatlaridan 
vos kechgan holda, o’zlari erkin ravishda sug’urta kompaniyasini tanlashni xohlashsa, bankdan 
chiqayotgan kreditlari chiqishi kechikishi yoki umuman chiqamasligidan qo’rqishadi va bank 
taklif qilayotgan sug’urta kompaniyasi bilan shartnoma qilishga majbur bo’ladilar. Albatta bu 
majburiy bo’lmasa ham.
Bank o’rtada vositachi bo’lgan holda sug’urtalovchi ham sug’urtalanuvchi orasida turadi. Lekin 
sug’urta haqida mijozga yetarli ma’lumot bermaydi. Ya’ni qanday holatlarda sug’urta hodisalari 
hisoblanadi, sug’urta hodisalari sodir bo’lganda sug’urtalanuvchi nimalarni amalga oshirish 
kerakligi haqida ma’lumot berilmaydi. Keyinchalik sug’urta hodisasi ro’y berganda ana shu 
muammolar ochilib qoladi. Sug’urtalanuvchi o’z vaqtida tegishli tashkilotlarga xabar 
bermaganligi sababli sug’urta qoplamalari amalga oshirilib berilmasligi ham mumkin. Bu esa o’z 
navbatida aholing sug’urtaga bo’lgan ishonchini kamaytiradi.
Mamlakatimiz sug’urta bozorida sug’urta zararlarini qoplab berish bilab bog’liq bo’lgan eng 
katta muammolardan yana biri bu sug’urta qoplamalarining qoplab berilishining kechikishidir. 
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti “Sug’urta ishi” yo’nalishi talabalari tomonidan “Siz 
sug’urtaga qanchalik ishonasiz?” mavzusida so’rovnoma o’tkazildi. Bu so’rovnoma qatnashgan 
aholidan 50%i umuman sug’urtaga ishonmasligini ma’lum qilgan bo’lsa, 30%i sug’urta 
qoplamalarining olish juda uzoq vaqtga cho’zilib ketishini ta’kidlab o’tishdi.
Ko’pchilik sug’urta shartnomalarida sug’urta qoplamalari sug’urta hodisasi ro’y berib, barcha 
hujjatlar yig’ilgandan so’ng 15 ish kuni ichida qoplab berilishi belgilab o’tilgan. Ammo barcha 
hujjatlar yig’ilish 1 oy, ba’zan 3 oygacha bo’lgan muddatni ham qamrab olishi mumkin. Bu esa 
sug’urtalanuvchilar tomonidan sug’urta kompaniyalariga bo’lgan ishonchni kamaytirishga olib 
keladi. Ya’ni sug’urta kompaniyalarimizda sug’urta qoplamarini to’lab berish vaqti juda ko’p 
ekanligi sabab aholi zarar yetkan mol-mulklarini qayta ta’mirlash yoki zararlarini qoplashga 
qiynalishidi. Bu hol ayniqsa ma’lum bir oilaning asosiy daromadi bo’lgan mol-mulki, yoki 
yashab turgan uy-joylari bo’lsa muammo yanada kuchayishini ko’rishimiz mumkin.



Download 75.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling