Malakaviy amaliyoti bo’yicha hisoboti


Sug’urta zararlarini qoplab berishdagi muammolarni hal qilish yo’llari


Download 75.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana30.01.2024
Hajmi75.57 Kb.
#1808921
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar (1)

Sug’urta zararlarini qoplab berishdagi muammolarni hal qilish yo’llari
Yuqoridagi muammolarni hal qilish orqali biz mamlakatimiz sug’urta bozorini yanada 
rivojlantirishimiz, hamda jahon hamjamiyatida o’z o’rnini topishiga erishishimiz mumkindir. 
Aholining 100% qismini sug’urta faoliyati bilan qamrab olishimiz uchun, fuqarolar orasida 
sug’urta savodxonligini oshirish, sug’urta faoliyatini haqida kengroq ma’lumot berishimiz kerak. 
Bu borada bizga OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar juda foyda keltirishi aniq.
Sug’urta sohasining rivojlantirish yo’llaridan biri bu sug’urta qoplamalarini to’lab berish 
muddatini qisqartirishdir. Buning uchun mamlakatimizda adjuster xizmatlarini yanada 
rivojlantirish, hamda sug’urta hodisalari ro’y berganda tezkorlik bilan sug’urta kompaniyalari 
xodimlari tomonida sug’urta hodisasini o’rganish hamda muammoni tezkorlik bilan hal qilish 
mexanizmini ishlab chiqishimiz zarurdir.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo’yicha 
sug’urta qoplamalarini muammoli hollarda, ya’ni aybdor tomoning majburiy polisini bo’lmagan 
holda yoki sug’urta hodisasi ro’y berganda aybdor tomon voqea joyidan g’oyib bo’lgan vaqtda 
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish bo’yicha 
to’lovlarni kafolatlash jamg’armasi tomonidan qoplab berilishi hammamizga ma’lum. Ana shu 
jamg’arma faoliyatidan kelib chiqqan holda vakolatli organlar tarkibida sug’urta qoplamalarini 
to’lab berish fondini tashkil qilish orqali sug’urta qoplamalarining to’lab berish vaqtini 
qisqartirishga erishishimiz mumkindir. Bu fondni tashkil qilish orqali aholi orqasida sug’urtaga 
bo’lgan qiziqishni oshirishga erishishimiz mumkin.
Bu fond ishlash tizimini quyidagicha tashkil qilish lozim. Avvalam bor ushbu fond faoliyatini 
tartibga solib turuvchi qonun va nizom ishlab chiqish lozim. Keyin esa ushbu nizom asosida fon 
faoliyatini quyidagicha tashkil etish lozim. Ya’ni har bir sug’urta kompaniyasi tomonidan yil 
yakunidagi ko’rsatkichlariga asoslangan holda, sug’urta klasslari bo’yicha belgilangan ma’lum 
bir foizda ushbu fondga pul o’tkaziladi. Bu borada sug’urta kompaniyalarini har bir klass 
boyicha ishlab topilgan sug’urta mukofotlari hisobga olinadi.
Keyinchalik esa sug’urta hodisalari ro’y bergan taqdirda ushbu fond tomonidan 
sug’urtalanuvchiga sug’urta qoplamasining ma’lum bir qismi to’lab beriladi. Bu holat esa 3 ish 
kuni ichida amalga oshirilishi lozim bo’ladi. Bunda barcha ishtirokchilar tomonidan, ya’ni 
sug’urtalovchilar, sug’urtalanuvchilar ham ushbu fond tomonidan yuqori darajadagi operativlikni 
talab qiladi. Sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urtalanuvchi tomonidan darhol sug’urta 
kompaniyasi ogohlantirilishi hamda sug’urta kompaniyasidan ma’sul shaxs voqea joyiga borib 
sug’urta obyektini o’rganishi va qancha zarar yetkanligini baholashi kerak bo’ladi. Shunda keyin 
ishlab chiqilgan nizom asosida sug’urta qoplamasining ma’lum qismi yuqoridagi fond 
tomonidan qoplab beriladi. Qachonki sug’urta kompaniyasidan ushbu sug’urta da’vosi o’rganib 
chiqilgunga qadar. To’g’ri ba’zi hollarda sug’urta qoplamasi amalga oshirilmasligi mumkin.
Bu jarayon amalga oshirilgunga qadar, ya’ni sug’urta hodisasi sug’urta kompaniyasi tomonidan 
ko’rib chiqish davrida davomida sug’urta bozorini rivojlantirish agentli nazoratida bo’lishi 
lozim. Agarda kompaniya tomonidan sug’urta hodisasi o’rganib chiqish asossiz ravish ko’p 
vaqtni olsa har bir kechiktirilgan kun uchun fond foydasiga nizomda belgilangan holda ma’lum 
bir miqdorda jarimaga tortilishi belgilab qo’yiladi.
“Agarda voqeani o’rganish davomida sug’urta kompaniyasi tomonidan voqea sug’urta hodisa 
deb topilmasa nima bo’ladi?”- degan savol uyg’onishi tabiiydir. Bunday holatda to’lab berilgan 
sug’urta qoplamasining qoplab berilgan qismi sug’urtalanuvchidan vakolatli organlar tomonidan 
undirib olinadi. Bu esa albatta har bir tuzulayotgan shartnoma tarkibiga kiritish lozimdir.
Bu fondning tashkil qilishdan asosiy maqsad bu ijtimoiy himoyadir. Yuqorida ta’kidlab 
o’tkanizmizdek sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urta obyekti sugurtalanuvchining yagona 
daromad manbai yoki yashab turgan yagona turar joyi bo’lishi ham mumkin. Bu holatda o’sha 
fonddan to’lab beriladigan ma’lum bir qoplama ham sug’urtalanuvchi uchun o’sha davrda juda 
kerakli bo’lishi aniq.
Xulosa


Albatta hozirgi rivojlanayotgan davrda sug’urta biz uchun kerakli bo’lgan muhim bir sohalardan 
biridir. Bu sohani rivojlantirish har bir sugurta bozori professional ishtirokchilarining vazifasidir. 
O‘zbekiston Respublikasi milliy sug‘urta bozorini va sug‘urta faoliyatini isloh qilishing asosiy 
yo‘llaridan biri - erkinlashtirishni kuchaytira borgan holda ushbu faoliyat ustidan davlat 
nazoratini ham kengaytirish, nazorat olib borishning huquqiy bazasini mustahkamlashdan iborat.
O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda davlat tartibga solish va nazoratni samarali 
yo‘lga qo‘ymasdan turib sug‘urta bozorini erkinlashtirilishi bu bozorda bosh-boshdoqlik
tartibsizlikni avj olishiga olib kelishi mumkinligini jahondagi bir qator davlatlar tajribasi yaqqol 
ko‘rsatib turibdi. Bunday sharoitda ayrim jinoiy kimsalar tomonidan noqonuniy amaliyotlar 
amalga oshirilishi, asossiz boylik ortirish uchun keng imkoniyatlar tug‘ilishi mumkin. Bu sohada 
moliyaviy jinoyatlar sodir etilishi sug‘uratlanuvchilar manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazadi, 
sug‘urta faoliyati obro‘siga putur yetishiga olib keladi va bozor munosabatlarining shakllanishi – 
rivojlanishiga halal beradi.
Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi deganda sug‘urta bozori rivojlanishi
kengayishi va samarali ishlashini ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati, boshqaruvi va 
mahalliy idoralar tomonidan muntazam ravishda, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan holda, 
sug‘urta bozori ishtirokchilari xatti-harakatlariga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy, 
tashkiliy va boshqa ko‘rinishlardagi faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat amaldagi qonunlar doirasida 
bo‘lishi, sug‘urta faoliyati ishtirokchilari huquq va manfaatlariga zarar yetkazmasligi lozim. 

Download 75.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling