Malakaviy amaliyoti bo’yicha hisoboti
Sugurta faoliyatida sug’urta da’volarni ko’rib chiqish
Download 75.57 Kb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chet el amaliyotida sugurta da’volarni ko’rib chiqish va O’zbekiston bilan farqli tomonlari
Sugurta faoliyatida sug’urta da’volarni ko’rib chiqish
Biz yashayotgan dunyo noaniqliklar va xavf-xatarlarga to’la. Insonlar, oilalar, korxonalar va mulklar har xil turdagi xavflarga duchor bo’ladi. Bularga hayot,sog’liq, mol-mulk va hokazolarni yo’qotish kirishi mumkin. Garchi istalmagan hodisalar ro'y berishini oldini olishni har doim ham imkoni bo’lmasa ham, dunyoni moliyaviy resurslar bilan qoplash orqali ularni bunday yo’qotishlardan himoya qiladigan soha kerak. Bir so’z bilan aytganda sug’urta bu turli xavf xatarlardan kelib chiqadigan yo’qotish yoki zarar oqibatlarini kamaytiradigan yoki yo’q qiladigan moliyaviy yo’nalishdir. Sugurta faoliyati davomida sug’urta da’volari va sug’urta hodisalarini ko’rib chiqish muhim o’rin tutadi. Sug’urta da’volarini bartaraf etish – sug’urta tashkiloti faoliyatining eng ma’suliyatli o’nalishi hisoblanadi va shunga qarab uning ishonchliligi va tog’riligiga xulosa qiladilar. Aynan shuning uchun kompaniyalar sug’urta hodisalari bo’yicha sug’urta da’volarini bartaraf etish chog’ida haqqanoylik va tezkorlik tamoyillariga tayangan holda mijozlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratishlari lozimdir. Umuman olganda sug’urta da’vosi – sug’urtalangan shaxsning sug’urta kompaniyasiga sug’urta hodisasi uchun yoki kompensatsiya to’lash uchun rasmiy so’rovidir. Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori Kamoliddin Talipov ta’kidlaganidek – ,,Sug’urta uchun eng yaxshi piar bu – to’lov’. Albatta bu so’z zamirida juda katta ma’no mavjud. Sug’urtaga bo’lgan ishonchni oshirish uchun sugurta qoplamalari qiymatini oshirish ham sug’urta da’volarini ko’rib chiqishdagi operativnilikni ko’paytirish lozimdir. Chet el amaliyotida sugurta da’volarni ko’rib chiqish va O’zbekiston bilan farqli tomonlari Albatta hozirgi zamonda chet el mamlakatlarida sug’urta sohasi eng rivojlangan sohalardan biridir. Ya’ni xorijiy mamlakat fuqarolari o’zlarini sug’urtasiz tasavvur qila olishmaydi. Ayniqsa, bu borada AQSH, Yaponiya, Germaniya kabi jahonning rivojlangan mamlakatlarini misol qilib ko’rsatsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuni tan olishimiz kerakki, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida sug’urtaning o’rni bizning mamlakatga nisbatan ancha yuqoridir. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida sug’urta tizimining barcha sohalari kabi sug’urta da’volarini o’rganib chiqish, sug’urta qoplamalarni amalga oshirish boyicha ham ancha baland ko’rsatkichlarga ega ekanligini amalda ko’rishimiz mumkin. Quyidagi jadvalda Jahonning eng qudratli mamlakatlaridan biri bo’lgan AQSH sug’urta bozorida 2021 yil yakunlariga ko’ra eng baland ustav kapitalga ega sug’urta kompaniyalarini ko’rib chiqishimiz mumkin. (1- jadval) № Sug’urta kompaniylari Aktivlar qiymati (mlrd dollar) 1 Berkshire Hathaway 817.73 2 Metlife 740.46 3 American International Group 525.06 Yuqoridagi jadvalda, 2021- yil yakunlari ko’ra eng baland ustav kapitalga AQSH sug’urta bozorining eng katta sug’urta kompaniyalaridan biri Berkshire Hathaway kompaniyasi 817.73 (mlrd) dollar bilan birinchi o’rinda turibdi. Bu ko’rsatkich bizning mamlakatimizning sug’urta bozoridagi barcha sug’urta kompaniyalarida 2021-yil holatiga 15 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Ko’rinib turibdiki AQSHning Berkshire Hathaway sug’urta kompaniyasining jami ustav kapitali bizning jami sug’urta kompaniyalarimiz ustav kapitalidan sezilarli darajada yuqori. Bu ko’rsatkich o’z navbatida kompaniyalarning to’lovga layoqatlilik darajasi ham ancha yuqori ekanligini ko’rsatib turibdi. Endi AQSH sug’urta kompaniyalarining to’lov qobiliyati qanchalik ekanligini bilib olgan bo’lsak, u yerda sug’urta hodisalari qancha sodir bo’lishi va sug’urta kompaniyalari qancha sug’urta qoplamalar to’lab berganiga to’xtaladigan bo’lsak. Albatta AQSH kata mamlakat, u yerda sug’urta risklari ancha yuqori. Aholining asosiy qatlami sug’urtaga kata ehtiyoj sezadilar. Ford Motor Company Amerika korxonasining asoschisi Genri Ford ta’kidlaganidek- «Nyu-York odamlar emas, balki sugʼurtachilar tomonidan yaratilgan... Sugʼurtasiz osmon ostidagi osmonoʼpar binolar boʼlmas edi, chunki hech bir ishchi balanlikda ishlashga, hayotni xavf ostiga qoʼyib, oilasini ovqatsiz qoldirishga rozi boʼlmasdi; sugʼurtasiz birorta kapitalist bu binolarda millionlab sarmoya qilmasdi,chunki zararlantirilmagan bitta sigareta tutqichi bilan bino kulga aylanib ketishi hech gap emas, sugʼurtasiz avtomobillar yoʼllarda harakatlanmaydi, hatto "ford" bilan yaxshi haydovchi piyodaning xohlagan vaqtda harakatlanishi mumkinligini anglaydi!» Bundan kelib chiqadiki, AQSHda har bir fuqaro sug’urtaga ehtiyoj sezadi. 2021-yil yakunlariga ko’ra AQSH sug’urta bozorida 1,351.6 mlrd AQSh dollari miqdorida sug’urta mukofotlari ishlab topilgan bo’lsa, bundan 53% ya’ni 715.9 mlrd AQSh dollari umumiy sug’urta tarmog’iga tog’ri keladi, Hayot sug’urtasiga esa o’z navbatida 47%, ya’ni 635.7 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. 1 Umuman olganda AQSh sug’urta bozorida sug’urta da’volari eng ko’p kelib tushishi uy-joyning yo’qolishi va shikastlanishi bo’yichadir. 2020 yilda shamol va doʻl orqali mol-mulkga yetkazilgan zarar eng koʻp tarqalgan boʻlib, undan keyin yongʻin va chaqmoq tufayli zararlar qayd etilgan. O'g'irlik doimiy ravishda mulkka etkazilgan zararning eng kam uchraydigan turi hisoblanadi. Biroq, mulkni yo'qotishning asosiy sabablari so'nggi bir necha yil ichida o'zgarib turadi. Quyidagi jadvalda siz 2018-2020 yillar oralig'ida turli mulkiy da'volar foizini ko'rishingiz mumkin. Download 75.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling