Malakaviy amalyot hisoboti rejasi kirish 2 Konning qisqacha geologik tavsifi
Shaxtada qo’llaniladigan qazib olish tizimi
Download 326 Kb.
|
shaxta
5. Shaxtada qo’llaniladigan qazib olish tizimiKo`chbuloq konida ruda tanalarini qazib olish uchun qavatchani skvajina zaryadlari bilan qulatib, ro’paradan chiqarish tizimi qo’llaniladi. Bu tizim “Kiruna” (Shvetsiya), “Mufulira” (Zambiya), “Stobi” (Kanada) kabi xorijiy shaxtalarda keng qo’llaniladi. Ushbu shaxtalarda qavatcha balandligi 10-15 m qabul qilingan. Skvajinalar yelpig’ichsimon ko’rinishda burg’ilanadi. Ularni burg’ilash uchun o’ziyurar burg’ilash karetalaridan foydalaniladi. Qulatilgan ruda yuklash-eltish mashinalari (ПДМ) yoki kovshli yuklash-tashish mashinalari (ПТ) yordamida yuklanadi. Kavjoyda ishchilar uchun mehnat unumdorligi bir kishi uchun 300 t/smenagacha, yer osti ishchilari uchun esa 60 t/smenagacha yetadi. Ko`chbuloq koni sharoitida ruda yetarlicha turg’un bo’lmaganligi uchun qavatcha balandligini 10 m dan oshirmaslik kerak. Sharqiy ruda tanasidagi qavatchalarda qazish shtreki, g’arbiy ruda tanasidagi qadimgi kon ishlari olib borilgan uchastkada atrof tog’ jinslaridan tashish shtreki va undan har 7 m da ort-zayezd o’tiladi. Tayyorlashning bunday tartibi rudani chiqarishni nazorat qilish hamda minimal nobudgarchilik va sifatsizlanishni ta`minlash imkonini beradi. Qavatchada tozalash ishlari burg’ilash-eltish lahimlaridan yoki ort-zayezddan yuoridagi jinslar qulash zonasi hosil qilinganidan so’ng boshlanadi. Rudani qulatish siqilgan muhitda parallel joylashgan yelpig’ichsimon skvajinalarni qatlamlab portlatish orqali olib boriladi. Yelpig’ichlarning qiyalik burchagi 70-90°, yelpig’ichlar orasidagi masofa 1.2-1.8 m atrofida olinadi. Rudani ikki tomondan(yuqori va yon tarafdan) puch tog’ jinslariga kontakt holatida chiqarib olinadi. Ushbu qazish tizimida rudani sifatli maydalashga katta e`tibor berish lozim. Chunki, nafaqat yuklash va eltish unumdorligi, balki rudani ajratib olish ko’rsatkichlari ham shunga bog’liq. Puch tog’ jinslarining rydaga aralashishiga qarshilik qiluvchi ruda qipiqlarini ko’paytirish uchun uzoqlashuvchi skvajinalar oxirini yuqori brizantli portlovchi moddalar bilan zaryadlash tavsiya etiladi Qavatcha shtreklari arkasimon metall mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi. Bu turdagi mustahkamlagich yelpig’ichsimon skvajinalarni ramalar oralig’ida burg’ilash imkonini beradi. Tavsiya etilayotgan qazib olish tizimi sanoat darajasida metall miqdoriga ega ruda bilan to’ldirilgan qadimgi kon lahimlarini ham muvaffaqiyatli qazib olish umkonini beradi. Qadimgi kon ishlari olib borilgan uchastkalarni qazib olishda xavfsizlikni oshirish maqsadida tayyorlovchi v aqirquvchi lahimlar qazish ishlaridan ilgarilagan bo’lishi kerak. Bunda oldin o’tilgan razvedka lahimlaridan qazib olish davomida maksimal foydalanish zarur. Rudani qazib olish uchun mazsus brigadani tuzish maqsadga muvofiq. Bu brigadada portlatuvchilar, yuklash va burg’ilash mashinalari mashinistlari va ta`mirlovchilar bo’lishi kerak. Brigada burg’ilash, portlatish, yuklash rudani rudotushirgichgacha eltish, mustahkamlash va lahimlarni saqlab turish kabi ishlarni bajaradi. Download 326 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling