3
Malakaviy O’quv amalyotining asosiy parametrlari
I. Malaka amaliyotining maqsad va vazifalari
Malakaviy o’quv amaliyotining maqsadi - bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy
faoliyatga
tayyorlash, o'quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab
ko‘rish,
chuqurlashtirish, o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish,
shuningdek, tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganishdan iborat. Faoliyat
ko'rsatish ko'nikmalarini, bilimlarni amaliyotda
rivojlantirish.
Malakaviy o’quv amaliyotining vazifasi – o‘quv
jarayonida kasb mahoratini
takomillashtirish bilan birga, tarbiyaviy ishlar va tashkilotchilik
mahoratlarini
o‘zlashtirish; o‘quv jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini
qo‘llash, tadbiq etish, o‘rganishdir.
II. Malakaviy o’quv amaliyotining mazmuni:
Ushbu uslubiy tavsiya O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Qonun talablaridan
kelib chiqqan holda,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi
“Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim
muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-289-sonli qarorida belgilanga vazifalarga asosan «Oliy ta’lim muassasalari
talabalarining malakaviy amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi
namunaviy
nizom»ga (OO‘MTVining 2022 yil 13 iyundagi 202-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan) muvofiq mutaxassisliklarning Davlat ta’lim standarti asosida tuzildi.