Malakaviy O’quv amalyotining asosiy parametrlari


Download 253.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana08.02.2023
Hajmi253.58 Kb.
#1178164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMALIYOT dasturi 3 KURSLAR 1.12.22

6 
58. Amaliyot davrida qilingan ishlar yuzasidan ilmiy
publisistik maqolalar chop ettirish. 
6 
59. Amaliyot davrida tayyorlanadigan barcha hujjatlarni 
tayyorlash: kundalik, hisobot, ishlanma, tavsifnoma. 
6 
60. Pedagogik amaliyot davrida bajarilgan ishlar yuzasidan 
taqdimot tayyorlash. 
6 
 
IV. Malakaviy O’quv amaliyotini baholash mezoni 
 
Baho 
Bilim darajasi 

Amaliyotchi talaba olgan nazariy bilimlari orqali mustaqil xulosa va 
qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, 
olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini 
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda malaka talablari 
asosida mukammal tarzda darslarni tashkil qila olganda 

Amaliyotchi talaba olgan nazariy bilimlari orqali mustaqil mushohada 
yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) 
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan 
(mavzu) bo‘yicha malaka talablari asosida darslarni tashkil qila 
olganda 

Amaliyotchi talaba talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, 
fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, 
aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha darslarni tashkil qila 
olganda 

Amaliyotchi 
talaba 
fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning 
(mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha 
darslarni tashkil qila olmaganda 
V. Malakaviy o’quv amaliyoti bo’yicha hisobotga talablar va hisobotni 
himoya qilish tartibi. 
Amaliyot davri yakunida talaba ushbu dasturga muvofiq ravishda bajargan ishlari 
haqida yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot uchun kerakli materiallarni to‘plash va 
uning matnini bayon etish butun amaliyotni o‘tash muddati davomida amalga 



oshiriladi. Hisobot ikki qismdan: matn qismi va ilovalardan iborat bo‘lishi kerak. 
Matn qismi titul varaqasi bilan boshlanadi. Hisobotda amaliyotning barcha asosiy 
bosqichlari va ish turlari bayon etilishi lozim. Ish turlarining mazmuni 
kundalikdagi yozuvlarga muvofiq bayon etiladi. Ushbu hisobotda talaba kelajakda 
amaliyot o‘tash va tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o‘z mulohazalarini ham 
bayon etadi. Hisobotni asta-sekin butun amaliyotni o‘tash davri davomida 
bosqichma-bosqich yozish talab etiladi. Malakaviy amaliyot kundaligi belgilangan 
shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Amaliyotchi talaba oliy ta’lim muassasasi va qabul qiluvchi tashkilotdan 
tayinlangan malaka amaliyoti rahbarlarining dasturda ko‘zda tutilgan ishlarga oid 
barcha topshiriqlarini bajarib boradi. Hisobotga tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida 
rasmiylashtiradi. Amaliyot hisoboti barcha ilovalar bilan birgalikda mutaxassislik 
kafedrasiga amaliyotdan qaytgandan so‘ng bir kun davomida topshiriladi. Kafedra 
tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari hisobotlarni tekshiradi, o‘z 
mulohazalarini bayon etadi va taqriz yozadi.
Mutaxassislik kafedra tomonidan tashkil etilgan malaka amaliyotining 
yakuniy konferensiyasida amaliyotchi talabalar tomonidan bajarilgan ishlar 
taqdimot tarzida himoya qilinadi.
Amaliyot dasturini to‘liq bajarmagan, salbiy tavsifnoma olgan talabalar 
fakultet dekanati roziligiga ko‘ra qaytadan amaliyot o‘tashga yuborilishi mumkin. 
Agar talaba amaliyotga ma’suliyatsizlik bilan yondashsa, korxona, tashkilot va 
institutning ichki mehnat intizomini buzsa, hisobot topshirishga tayyor bo‘lmasa 
yoki himoya paytida “2” qoniqarsiz baho olgan bo‘lsa, uni keyingi yilga o‘qish 
uchun qoldiriladi.

Download 253.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling