Malakaviy (O‘quv yoki pedagogik) amaliyot oʻtashi toʻG‘risida sonli shartnoma


Qabul qiluvchi muassasaning majburiyatlari


Download 63 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi63 Kb.
#1239966
1   2   3   4
Bog'liq
Sirtqi bo\'limga AMALIYOT Shartnoma 2022.2023

2.2. Qabul qiluvchi muassasaning majburiyatlari:
2.2.1. Institut oʻquv rejasiga muvofiq ______________________________________ ta’lim yoʻnalishi talabasining malakaviy (o‘quv yoki pedagogik) amaliyotini oʻtkazishga sharoit yaratish;
2.2.2. Amaliyotchi talabaning mutaxassisligi bo‘yicha fan o‘qituvchisini metodik yordam koʻrsatish yuzasidan mas’ul xodim biriktirish.
2.2.3. Qabul qiluvchi muassasaning ilg‘or pedagog-хodimi va muassasa psixologidan iborat tarkib boʻyicha oʻquv, ilmiy hamda metodik yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
2.2.4. Amaliyotchi talabani Qabul qiluvchi muassasa oʻquv fanlari dasturlari hamda darsliklari bilan tanishtirish;
2.2.5. Amaliyotchi talabani tarbiyaviy ishlarni olib borishga tayyorlash va oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashish;
2.2.6. Amaliyotchi talaba(lar)ning amaliyot dasturida belgilangan vazifalarini toʻliq bajarish va amaliyot rahbariga kunlik hisobot taqdim etib borishini nazorat qilish.
2.2.7. Amaliyotchi talabaning malakaviy (o‘quv yoki pedagogik) amaliyotga qatnashishini nazorat qilish va oʻrnatilgan tartibda baholash.
2.3. Amaliyotchi-talabaning majburiyatlari:
2.3.1. Oʻz mutaxassisligi boʻyicha malaka tavsifnomasida nazarda tutilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlashga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar talablari asosida mustaqil faoliyat olib borish uchun bilim va malakaga ega boʻlishi;
2.3.2. Taʼlim yoʻnalishi oʻquv rejasida belgilangan malakaviy (o‘quv yoki pedagogik) amaliyotni Qabul qiluvchi muassasada oʻtash;
2.3.3. Malakaviy o‘quv amaliyot davrida “amaliyotchi portfoliosi”ni muntazam yuritib borish;
2.3.4. Malakaviy o‘quv amaliyot davrida amaliyot dasturida belgilangan vazifalarni toʻliq bajarish;
2.3.5. Qabul qiluvchi muassasaning ichki tartib qoidalariga rioya qilish;
2.3.6. Malakaviy o‘quv amaliyot yakunida amaliyot dasturida belgilangan vazifalarni mas’ul kafedraga oʻrnatilgan tartibda hisobot topshirishi lozim.




  1. Download 63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling