TOMONLARNING HUQUQLARI
3.1. Institutning huquqlari:
3.1.1. Ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha ehtiyoj koʻp boʻlgan taqdirda Qabul qiluvchi muassasalarni tender asosida tanlash;
3.1.2. Amaliyotchi talabaning malakaviy (o‘quv yoki pedagogik) amaliyotni oʻtashi va OTMni bitirgandan soʻng ish bilan taʼminlanishi uchun Qabul qiluvchi muassasaning moddiy-texnik bazasini oʻrganish va shu asosida tegishli takliflar kiritish;
3.1.3. Qabul qiluvchi muassasadan amaliyotchi talabalarning malakaviy amaliyot jarayoni haqida ma’lumotlar olish;
3.2. Qabul qiluvchi muassasaning huquqlari:
3.2.1. Institut oʻquv reja va dasturlari bilan tanishish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan oʻz takliflarini berish;
3.2.2. Amaliyotchi talabaning Davlat imtihonlarida attestatsiya komissiyasi aʼzosi sifatida qatnashish;
3.2.3. Amaliyotchi talabaning malakaviy (o‘quv yoki pedagogik) amaliyoti davrida muassasaga kelmaslik, amaliyot dasturida belgilangan vazifalarni bajarmaslik va muassasaning ichki tartib qoidalariga amal qilmaslik holatlari kuzatilganda talabalarning amaliyotini bekor qilish hamda institutga taqdimnoma kiritish;
3.3. Amaliyotchi talabaning huquqlari:
3.3.1. Amaliyotchi talabaning malakaviy (o‘quv yoki pedagogik) amaliyoti obyektini o’zi mustaqil tanlash;
3.3.2. Institutning axborot resurs markazi fondidan foydalanish;
3.3.3. Amaliyot obyekti moddiy texnik bazasidan foydalanish.
SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA UNI BЕKOR QILISH TARTIBI
4.1. Taraflardan birining talabi bilan shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
4.1.1. Malakaviy (o‘quv yoki pedagogik) amaliyot o‘tkazish bo‘yicha tomonlarning ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda;
4.1.2. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zaruriyati tug‘ilganda.
4.1.3. Taʼlim muassasasi tegishli hujjatlar asosida tugatilganda;
4.2. Ushbu shartnoma tomonlarga masofaviy yetkaziladi, tomonlarning barchasi imzolaganidan soʻng kuchga kiradi, hamda shartnoma toʻliq bajarilishiga qadar amalda boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |