Malakaviy texnoligik amaliyot


Download 455 Kb.
bet2/21
Sana27.07.2023
Hajmi455 Kb.
#1663063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Услубий кулланма АМАЛИЁТ 2023y (3)

Tuzuvchilar: Safarov Ibodulla Urokboyevich - SamDAQI “Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” kafedrasi o’qituvchisi
Kushakov Mardiboy Mamirovich - SamDAQI “Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
Kondrat’ev Vladimir Anatolevich- SamDAQI “Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish”
kafedrasi dotsenti.t.f.n
Yusupov Xamid Vaxabovich- SamDAQI “ Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarni ishlab chiqarish” kafedrasi dotsenti.t.f.n

Mazkur uslubiy qo‘llanma “Qurilish” fakulteti ilmiy uslubiy kengashining yig’ilishi (08.07.2020 y №12 son) qarori bilan maqullangan va foydalanishga tavsiya etilgan. Fakultet ilmiy kengashida 09.07.2020 yil , №12 sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan


Chiqish belgilari: SamDAQI. Shakli A4. Buyurtma № ___. Adadi___. Hajmi __




Mundarija

Kirish 5
I. Texnologik amaliyot maqsadi va vazifalari 7


II.1. Kafedradan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari 8
II.2. Tashkilotdan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari 10
II.3. Amaliyot o’tuvchi talabaning vazifalari 12
III. Texnologik amaliyotning mazmuni va tashkil etilishi 14
IV. Texnologik amaliyot paytida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik 16
V. Amaliyot davomida ekskursiya 18
VI. Amaliyota hisobotni mazmuni, himoya qilish va rasmiylashtirish tartiblari 19
VII. Amaliyot hisobotini baholash mezonlari va uni himoya qilish 22
VIII. Moddiy yordam 27
Adabiyotlar 29
1-ilova . Malakaviy texnologik amaliyotni o’tish bo'yicha shartnoma 31
2-ilova. Malakaviy texnologik amaliyotga yo’llanma 33
3-ilova. Malakaviy texnologik amaliyotni o’tish kalendar rejasi va mazmuni 34
4-ilova. Talabalar uchun individual topshiriqlarning mavzulari tasnifi 43


Kirish

Mazkur uslubiy qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim qarori talablari № 305 30.10. 1998y “Oliy ta’lim maktablarida me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash haqida”, O’zbekiston Respublikasi qonunlari bajarilishi “ Ta’lim haqida”,”Mutaxasisslarni tayyorlash milliy dasturi” O’zbekiston Respublikasi Vazirlik Mahkamasi (№ 07/108-83 20.10.1998 y), bilan kelishilgan holda birinchi etap tadbirlarini me’yoriy ta’minlanishi maqsadida “ O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim myassasalarida talabalarni texnologik amaliyotni o’tish dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan № 600 18.07. 2014y qarori bilan tasdiqlangan.


III- kurs talabalari texnologik amaliyoti ta’lim yo’nalishi 5111000 – “Kasbiy ta’lim”, (5340200 – “Bino va inshootlarni barpo etish”),5610100 – “Xizmatlar soxasi” bo’yicha ta’limi tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq № ТД-4008 va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim qarori 18.06.2014y.
O’quv rejasiga muvofiq talabalar uchun texnologik amaliyot davomiyligi ta’lim yo’nalishi 5340200 – “Bino va inshootlar qurilishi” – 5 hafta , 5111000 – “Kasbiy ta’lim”, (5340200 – “Bino va inshootlarni qurilishi”),5610100 – “Xizmatlar soxasi” – 2 hafta belgilangan bo’lib, amaliyot pedagogic qismi tugagandan keyin davom etadi.
Talabalarning texnologik amaliyoti qurilish maydonchasida qurilish- montaj ishlarini bajarilish texnologiyasini o’zlashtirishdan boshlanib,yuqori texnologiyalarni qo’llanilishi, yangi texnika va kichik mexanizatsiya vositalarini ishlatilishi, ishlarni tashkil etilish ilmiy usullari bilan tanishib,amaliyot o’tishi qurilish ishlab chiqarish tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaxasisslarni sifat darajasini oshirish uchun muhim hisoblanadi.
Talabalar texnologik amaliyotni o’tish jarayoni davrida qurilish montaj ishlarini turli xil ko’rinishdagi ishlarni bajarishda, ishchi chizmalarni o’qish va tadbiq qilish ko’nikmalarini o’zlashtirib olishi kerak va bundan tashqari qurilish tashkiloti to’g’risida to’liq ma’lumotlarni (tashkilot strukturaviy sxemasi,bajaradigan turli ish ko’rinishlari, hodimlar funksional vazifalari,ishchi va me’yoriy hujjatlari, boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi, material texnik ishlab chiqarish bazasi,resurslari ) hisobot hujjatida yoritish kerak bo’ladi va bularning barchasi amaliyot to'g'risidagi hisobotda aks ettiriladi. (1-bo'limda).
Talabalarni amaliyotni o’tish joylari taqsimlanishi oldindan qurilish tashkilotlari bilan shartnomalar tuzib,kelishilgandan keyin institut buyrug’i bilan dekanat tomonidan tasdiqlanadi. Shartnomalar (1-ilovaga qarang) dekanat bilan kelishilganidan keyin institut buyrug'i bilan tasdiqlanadi.
Talaba texnologik amaliyotni o’tish jarayonida ob’ekt loyihaviy hujjatlari va konstruktiv echimlarini keng o’rganishi kerak .
Asosiy diqqatni QMIni tashkil etishda ishlarni bajarilish texnologiyasi ketma-ketligi, usullari ,qo’llaniladigan mexanizatsiya vositalari, ish fronti, ishchi resurslarni taqsimlanishi va ish joylarini tashkil etish va boshqalarni o’rganis kerak bo’ladi.
Bundan tashqari ,qurilish maydonida loyiha chizmalariga mos QMIni bajarishdagi real jarayonlar foto rasmga olinib, hujjatlashtirilib,o’rganilib бажаришдаги real jarayonlar foto rasmga olinib va hujjatlashtirilib,o’rganilib amaliyot hisobotida rasmiylashtiriladi.
Talaba amaliyot hisobotida meyoriy hujjatlar formalari, akt, ishchilarga ish haqi to’lanishi kalkulyatsiyasi smetalarini rasmiylashtiradi.
Loyihaning texnologik va tashkiliy qismini o'rganishga (shu jumladan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va tashkil etishning qabul qilingan usullari, ularning ketma-ketligi, ishlatiladigan mexanizatsiyalash vositalari, ishchi va mehnat resurslarining old qismini taqsimlash, ish joylarini tashkil etish va boshqalar)ga alohida e'tibor berilishi kerak.
Bundan tashqari, qurilish-montaj ishlarining ayrim turlarini to'g'ridan-to'g'ri uchastkada amalga oshirishning haqiqiy jarayonlari, ularning loyihaga muvofiqligi, yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar va boshqalar o'rganilishi va hujjatlashtirilishi kerak (fotosurat).
Talaba ob'ektda turli xil texnik va hisobot hujjatlarini (aktlar, buyruqlar, hisobot shakllari va boshqalar) saqlash mazmuni, tabiati va qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi kerak va buni amaliyot hisobotida aks ettirishi kerak (2-bo'limda).
Texnologiyani chuqur o'rganish va muayyan QMI turlarini tashkil qilish uchun har bir talaba individual topshiriqni bajaradi (individual topshiriqlar uchun tavsiya etilgan mavzular ro'yxati 8-ilovada keltirilgan).Talaba amaliyot rahbari topshirig'iga muvofiq qurilish ob’ektida QMIni zamonaviy mexanizatsiyalash vositalaridan foydalanilishi va zamonaviy ilg'or texnologiyalarni hisobotda aks ettirishi mumkin. Talabalar individual topshiriq materiallaridan kurs loyiha va diplom ishlarida foydalanishi mumkin. Shaxsiy topshiriq bo'yicha materiallar tegishli ravishda ishlab chiqilgan va amaliy hisobotning bir qismi sifatida taqdim etilishi kerak (№ 3 bo'limda).



Download 455 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling