Mavzu: Loyihaviy moliyalashtirishda loyihaga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi risklarni baholash va boshqarish Reja: Kirish
Download 0.56 Mb.
|
kurs ishi tayyor Aziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Mavzu: Loyihaviy moliyalashtirishda loyihaga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi risklarni baholash va boshqarish Reja: Kirish………………………………………………………………………………….. 1. Loyihaviy moliyalashtirishda loyihaga ta’sir qiluvchi risklar, ularning tasniflanishi.…………..................................................................................................... 2. Loyihaviy moliyalashtirishda loyihaga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi risklarni baholash ………………………………………………………………………………... 3. Loyihaviy moliyalashtirishda risklarni boshqarishning zarurligi……………………. Xulosa………………………………………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………...………….. Kirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya loyihalarini amalga oshirish turli xil risklar bilan bog'liq bo'ladi-ki, bu ularning oldini olishning optimal variantlarini ishlab chiqishni hamda risklarni samarali boshqarishni taqozo etadi. Lekin, har qanday sharoitda ham, eng avvalo, loyihalarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo'lgan risklarni tahlil qilish va baholash, eng dastlabki qadam bo'lib qolaveradi. Investitsiya faoliyati ma'lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma'lum daromad, foyda olishni ko'zlaydi. Mazkur foyda investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo, amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan va rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Investitsiya loyihalarini samarali boshqaruvi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin”, - deya ta’kidlab o’tdilar1. Darhaqiqat, Prezident to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi. Investitsiyalarning asosiy qismini o’zlashtirishni yilning oxirgi oylariga surish amaliyotiga chek qo’yib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda kamida 35 foizga, to’qqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi. 2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. (Yangi statistikadan qo’ying) Xususan, mamlakatimiz mintaqalarida investitsiya faoliyatini tashkil qilish xususiyatlari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mintaqaviy venchurli fondlar faoliyatini tashkil etish, investitsiya loyihalarini kreditlashda sindikatlangan kreditlarni ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, investitsiya faoliyatini tashkil etishda ichki resurslar, jumladan, aholi jamg’armalaridan foydalanish samaradorligini oshirish kabi masalalarga muhim ahamiyat qaratish lozim. Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash usulini takomillashtirish banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashni talab etadi. Buning uchun Markaziy bankning tijorat banklari uzoq muddatli depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini pasaytirish hamda davlatga tegishli pul mablag’larini iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida sindikatli kreditlashni amalga oshirayotgan tijorat banklariga uzoq muddatli depozit sifatida joylashtirish hamda yuqori samarali loyihalarga berilgan kreditlarni sekyuritizatsiyalash orqali mablag’larni jalb etish banklarning investitsion loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek, ushbu fanning(kurs ishining) asosiy maqsadi kelajakda investitsiya sohasidagi mutaxassislarga investitsiya loyihalarini boshqarishning nazariy asoslarini tushunib yetish, uni chuqur o’rganish omillariga asosiy e’tibor qaratish hamda baholashning samarali usullarini tanlash, muqobil variantlarini to’g’ri taqqoslash va to’g’ri moliyaviy qarorlar qabul qilishda mustahkam nazariy va amaliy bilim berish, tajribalarni o’rgatish, korxona iqtisodiyotini boshqarish va oqilona investitsion siyosat olib borishni o’rgatishdir. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling