Malakaviy va bitiruv oldi amaliyotini о‘tkazish


  1. AMALIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 383.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana16.06.2023
Hajmi383.17 Kb.
#1494407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Дастур 2022 йил

 



1. AMALIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
Malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti о‘quv jarayonining asosiy qismlaridan biri 
hisoblanadi. U “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boyicha)” bakalavr ta’lim 
yо‘nalishi talabalari uchun о‘quv rejaga muvofiq belgilangan.
Amaliyotga talaba о‘quv rejasiga binoan ishlab chiqarish korxonalari va 
tashkilotlarga yuboriladi. Amaliyot natijalari hisobot shaklida bajarilib, kafedrada 
himoya qilinadi.
Ushbu kurs talabalariga ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi – talabaning 
mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash 
va ishlab chiqarishda yangi bilimlarni shakllantirish hisobiga kelgusi mutaxassislik 
fanlarini о‘rganishning mohiyatiga yetib borish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib ishlab chiqarish amaliyoti quyidagi vazifalarni 
bajaradi: 

Talabaning 
mutaxassislik 
fanlaridan 
olgan 
nazariy 
bilimlarini 
mustahkamlash. 

Korxona va uning tashkiliy tuzilmalari bilan tanishish. 

Korxonadagi mehnatni tashkil etish jarayonlari va mehnat muhitini о‘rganish. 

Korxonada mehnat jamoasi va komandani shakllantirishning amaliy 
kо‘rinishlarini о‘rganish. 

Korxona faoliyatini rejalashtirish hamda prognozlashtirish jarayonini 
kuzatish. 

Korxonaning maydoni, binolari, ularning joylashuvi, korxonadagi resurslar 
xarakati, ishlab chiqarish tsexlarining ketma-ketligini о‘rganish. 

Korxonada boshqaruvni tashkil etilganlik darajasini о‘rganish va unga baho 
berish. 

Korxonada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kо‘rsatkichlarini kelib chiqishi va 
yuritilishini о‘rganish tahlil qilish. 

Korxonada ishlab chiqarish strukturasini boshqarish jarayonlarini tahlil qilish. 

Korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini baholash. 

Korxonaning kadrlar siyosati va mehnatga haq tо‘lash jarayonlarini tashkil 
etilishini о‘rganish. 
Iqtisodiyot ta’lim yо‘nalishi boyicha talabalarining malakaviy va bitiruv oldi 
amaliyoti davrida talabalarni korxona va tashkilotlar amaliy faoliyati bilangina 
emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq. 
Talaba amaliyot davrida korxona faoliyati, tarixi, tashkiliy masalalarini qoshimcha 
ravishda о‘rganadi.

Download 383.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling