Malakaviy va bitiruv oldi amaliyotini о‘tkazish


Amaliyot mobaynida talabaning amal qilishi lozim bо‘lgan qoidalar


Download 383.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana16.06.2023
Hajmi383.17 Kb.
#1494407
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Дастур 2022 йил

Amaliyot mobaynida talabaning amal qilishi lozim bо‘lgan qoidalar 
 
Talaba amaliyotni о‘tash chog‘idagi quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim: 

korxonada joriy etilgan kun tartibi va ichki mehnat intizomiga doir qoidalarni 
о‘rganib, ularga rioya qilish; 

korxonada uskunalardan foydalanish, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza 
qilish va boshqa mehnat faoliyatiga tegishli qoidalarni о‘rganib, ularga qat’iy rioya 
qilish; 

о‘z kundaligida kunlik bajarilgan ishlarini aks ettirib borish va kun oxiriga 
kelib korxonadan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish 
hamda haftada bir marotaba institut tomonidan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish 
va imzolash uchun taqdim etish (haftaning shanba kuni tanlansa maqsadga muvofiq 
bо‘ladi); 

hisobot uchun materiallarni yig‘ish va о‘rganish bilan doimiy ravishda 
shug‘ullanish; 

korxona jamoasining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish; 

har bir amaliyot о‘tilgan bо‘lim boyicha alohida hisobot yuritish; 

malakaviy amaliyot tugashi bilan amaliyot boyicha hisobotni kafedraga 
taqdim etish. 
Amaliyot dasturi boyicha topshiriqlarni bajarmagan, salbiy taqriz olgan yoki 
amaliyot hisobotini himoya qilish chog‘ida qoniqarsiz baho olgan talaba talabalik 
safidan chiqariladi. 
Korxona va tashkilotlarning ichki qoidalarini buzgan talaba haqida institut 
rektoriga xabar jо‘natiladi. 
Amaliyotni о‘tash va hisobot tayyorlash 
Amaliyot davri yakunida talaba ushbu dasturga muvofiq ravishda bajargan 
ishlari haqida yozma hisobot tayyorlaydi. 
Hisobot uchun kerakli materiallarni tо‘plash va uning matnini bayon etish 
butun amaliyotni о‘tash muddati davomida amalga oshiriladi.
Hisobot quyidagi qismlardan iborat: 
1. Titul varaqasi 
2. Mundarija
3. Kirish. 
4. Asosiy matn. 
5. Xulosa. 


15 
6. Foydalanilgan adabiyotlar royxati. 
7. Ilovalar, izohlar va qо‘shimcha hisob-kitob. 
Kirishda yig‘ilgan malumotlarni umumlashtirish va amaliyot davrida 
shug‘ullangan asosiy masala va yо‘nalishlarini yoritish kerak. Kirish quyidagi 
tarkibiy qismlardan iborat bо‘ladi: amaliyotning dolzarbligi, ob’ekt va ob’ekt 
haqidagi qisqacha ma’lumotlar, amaliyot davrida olib borilgan ishlarning umumiy 
tartibdagi holati. 
Hisobotning asosiy matn qismida korxona faoliyatiga oid va amaliyot dasturida 
kо‘rsatilgan hisob-kitoblar, tahlillar, о‘rganish natijalari tahlili, statistik ma’lumotlar 
bо‘lishi shart. Hisobotda bunday ma’lumotlar bо‘lmagan taqdirda, hisob qismi 
tо‘ldirilmaganda hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Hisobotda amaliyotning barcha asosiy bosqichlari va ish turlari bayon etilishi 
lozim. Matn qismidagi ish turlarining mazmuni amaliyot turining kalendar rejasiga 
va amaliyotning mazmuniga, kundalikdagi yozuvlarga muvofiq bayon etiladi. 
Ushbu dasturning ilova qismida har bir amaliyot turi uchun alohida reja shakliga ega 
bо‘lgan mundarijalar keltirililgan bо‘lib, amaliyot hisobotini yozishda mazkur 
ilovalarga qat’iy amal qilinadi. Aks holda, hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Xulosada umumiy xulosa va takliflar keltiriladi, amalga oshirilgan ishlarning 
qisqacha malumoti asosida amaliy tavsiyalar beriladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar barcha foydalanilgan statistik xujjatlar va operativ 
hisobotlar, adabiyotlar manbasini о‘z ichiga oladi. 
Ilovalarda hisobotga talabalar tayyorlagan jadvallar, rasmlar (sxema, grafik, 
diagramma va x.k), anketalar, turli xil xujjatlar nusxasi, shuningdek, amaliyotdagi 
talabaga taqriz-tavsiyanomalar jamlanadi (1-9 ilovalar). 
Ushbu hisobotda talaba kelajakda amaliyot о‘tash va tashkil etish ishlarini 
yaxshilashga oid о‘z mulohazalarini ham bayon etadi. Hisobotni asta-sekin butun 
amaliyotni о‘tash davri davomida bosqichma-bosqich yozish talab etiladi. 
Amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning 
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi (9-ilova). Amaliyot kundaligi talaba tomonidan: 

ehtiyotkorlik bilan, о‘z vaqtida va imlo xatolarisiz tо‘ldirilishi; 

о‘z qо‘li bilan yozilishi; 

amaliyot davrida tasdiqlanishi kerak.
Amaliyot kundaligini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilmagan 
taqdirda hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi. 
Hisobot Microsoft Word dasturi orqali tayyorlanadi. Qо‘lda yozilgan qо‘l 
yozma hisobotlar qabul qilinmaydi. Ba’zi bir ilovalar Microsoft Excel dasturida ham 
tayyorlanishiga yо‘l qoyiladi. Matn oralig‘i 1,5 intervalda, Times New Roman 14 
kegelda, imlo xatolarsiz yozilishi shart. Qog‘ozning shakli A4 format о‘lchamida, 
chapdan 3 sm, о‘ngdan 1,5 sm, yuqori va quyidan 2 smdan joy qoldirib asosiy matn 
yoziladi. Xat boshi 1 sm kenglikda olinadi.
Matndagi formulalar dasturning aniq formulaga mо‘ljallangan dasturchasi 
yordamida bajarilishi shart. 
Matnda standartga mos kelmagan qisqartirishlar, bо‘sh joylar qoldirish 
mumkin emas. Faqat mumkin bо‘lgan qisqartirishlardan foydalanish kerak. 


16 
Sarlavxadan keyin nuqta qoyilmaydi. Sarlavxalarni ostiga chizish va ularni 
bо‘g‘inlariga bо‘lishi mumkin emas.
Yozilayotgan belgilarning kattaligi mashinka shriftlaridan kichik bо‘lmasligi, 
qator usti va osti belgilari, indekslar, kichikroq о‘lchovda lekin о‘qila olishi kerak 
(matini 2 marotaba kichiraytirilishi mumkin). 
Matn nomi va matnlar о‘rtasida 2 interval bо‘lishi matnni asosiy nomi va 
qо‘shimcha nomi о‘rtasida 1 yoki 1,5 interval (masofa) bо‘ladi. Matnni nomi ostiga 
chizilmaydi “Bosh” qо‘shimcha nomli bosh xarf yoki yarim yо‘g‘on xarf bilan 
yozilish mumkin, qolgan qо‘shimcha nomlar oddiy xarflarda yoziladi.
Matn nomidagi sо‘zlar bо‘g‘inlarga bо‘linmaydi va kо‘chirilmaydi. Qatorni 
bog‘lovchi kо‘makchi, ravish bilan tugallash mumkin, ular yangi qatorga 
yozilishlari shart. Matn nomlari qatorlari о‘rtasidagi masofa 1,5 interval, matn 
nomlari о‘rtaga yoziladi.
Jadval yoki rasmlar abzatsdan keyin ular xaqidagi ma’lumotlardan keyin 
yoziladi. Agar ma’lumotlardan sо‘ng jadvalga joy bо‘lmasa, rasm yoki jadval yangi 
betga yoziladi. Matnda keltiriladigan har qanday grafiklar “rasm” yoki “jadval” deb 
nomlanadi. Rasm va jadvallarni rasmiylashtirish qoidalari ilovada keltiriladi. Rasm, 
jadval va formulalar alohida tartibda birdan boshlab raqamlanadi.
Har bir bet 3-betdan boshlab yuqori yoki past tomondan chiziqlarsiz 
raqamlanadi. Literlar bilan raqamlash (masalan 15 a) mumkin emas, qoldirib 
ketilgan raqamlarni takrorlash ham mumkin emas. 
Foydalanilgan adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga havolalar keltirilishi 
shart.
Hisobot yakunida foydalanilgan adabiyotlar royxati yoziladi. Foydalanilgan 
adabiyotlarni mualliflarining ismi sharifi, kitobni nomi, nashr yili va joyi yoziladi. 
Kitoblar, mualliflari, gazeta va jurnal maqolalari mualliflarini ismi sharifi alfavit 
tartibida yoziladi.
Amaliyot haqidagi hisobot har bir talabaning shaxsan о‘zi tomonidan yoziladi 
va amaliyot davridagi uning faoliyati aks etadi. Undagi ma’lumotlarning 
tо‘g‘riligiga talaba shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hisobot korxona rahbariyati tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari 
tomonidan imzo qoyiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Amaliyot tugagandan sо‘ng 
talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tayinlangan komissiya a’zolari oldida 
ximoya qiladi. Komissiya tarkibiga mutaxassislik kafedrasi о‘qituvchilari, 
institutdan belgilangan amaliyot rahbari va korxonadan tayinlangan rahbar kiritilishi 
mumkin.

Download 383.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling