Malayziya iqtisodiyoti va moliya tizimi


O‘zbekiston davlat iqtisodiyoti boshqaruviga Malayziya tajribasini qo‘llash mumkinmi?


Download 49 Kb.
bet4/4
Sana14.03.2023
Hajmi49 Kb.
#1266534
1   2   3   4
Bog'liq
Malayziya iqtisodiyoti va moliya tizimi

O‘zbekiston davlat iqtisodiyoti boshqaruviga Malayziya tajribasini qo‘llash mumkinmi?
Malayziya ­ bir paytlari [o‘tgan asrning 60 yillarida] xomashyo resurslarining eksportiga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlardan biri bo‘lib, u davlat va biznes o‘rtasidagi sherikchilikni instititutsializatsiya qilish orqali iqtisodiyotni sanoatlashtirish va xususiy sektorni rivojlantirish uchun maqbul siyosiy va iqtisodiy sharoitlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan. 
Buni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv tizimini butkul o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. Mamlakatda davlat boshqaruvi, davlat xizmatlari isloh etilib, davlat organlari funksional, tashkiliy va moliyaviy jihatdan optimallashtirilgan. Ana shu tajribani O‘zbekiston o‘z misolida qo‘llay oladimi? Malayziyaning davlat boshqaruvidagi ish usuli O‘zbekiston uchun maqbulmi?
14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsiya va boshqaruv yechimlari laboratoriyasida «Malayziyaning ma'muriy islohotlar sohasidagi tajribasini o‘rganish: O‘zbekiston uchun xulosalar» mavzusida ma'ruza muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ma'ruzani BMT Taraqqiyot dasturining «Davlat boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga ko‘maklashish» loyihasining milliy konsultanti Kamoliddin Hamidov taqdim etdi. Ma'ruzachi yuqoridagi savollarga qisman javob berishga harakat qildi. 
«Bugungi kunda Malayziya hukumatining faoliyati tarkibiy islohotlarni mustahkamlash, aholi daromadini oshirish va global muammolarni hal qilishga qaratilgan. Mamlakatda «raqamli iqtisodiyot»ni keng joriy qilish ishlari amalga oshirilmoqdaki, bu nainki jug‘rofiy nuqtai nazardan, balki jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishga qaratilgan. 
Malayziya tajribasi yurtimizda keng islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda O‘zbekiston davlat boshqaruviga qo‘llash imkoniyatlari nuqtai nazaridan qimmatli tajriba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Malayziya 1957 yilda mustaqillikka erishgan bo‘lib, 70-yillarga qadar hukumat faoliyati davlatning istalgandek rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatmadi. Shu munosabat bilan davlat boshqaruvi tizimidagi muammolar o‘rganilib, tahlil qilindi, va shuning asosida uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlandi. 
O‘sha davrda islohotlar davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga, davlat xizmatlarini mukammallashtirishga, jamoat ishtirokini kuchaytirishga, mahalliy hukumat organlarining mustaqilligini oshirishga qaratilgandi. Shu bilan bir qatorda 1966 yili davlat rivojlanishining 5 yillik rejasi qabul qilinib, u import mahsulotlarining o‘rnini bosuvchi siyosatni yurituvchi yagona iqtisodiy dasturga aylandi. 80-yillarda davlatning iqtisodiyotdagi ulushi kamaytirilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarilishiga barham berish asosiy vazifalardan biriga aylandi. Davlat korxonalari xususiylashtirildi, sanoat tovarlarini eksport qilish esa strategiya darajasiga ko‘tarildi», — deydi Kamoliddin Hamidov.
Ma'ruzachining aytishicha, makroiqtisodiy boshqaruvning asosiy vositasi fiskal siyosat bo‘ldi. Bunda soliq tizimi anchayin sodda bo‘lib, unda boshqa davlatlarda keng qo‘llaniladigan ko‘plab soliqlar bo‘lmagan. 
«Budjet-soliq siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirilishiga xizmat qildi, dunyo bozorida raqobat kuchaygan bir paytda ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini o‘sishiga olib keldi.
1990 yillardayoq Malayziya hukumati kelajak iqtisodiyotining katalizatori sifatida AKTning muhimligini anglab yetgandi. Shu bois ham mazkur yo‘nalish so‘nggi 20 yil davomida hukumat ahamiyatiga molik sohaga aylandi. Malayziya bugunda raqamli iqtisodiyot va raqamli hukumat dasturlarini amalga oshirmoqda. Ular AKT va IT-sanoatni, elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, biznes jarayonlariga innovatsiyalarni tatbiq etish orqali raqamli iqtisodiyotga xususiy biznesni jalb qilishdan iborat», — deydi u.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling