Malayziya iqtisodiyoti va moliya tizimi


Moliyaviy Institutlar ko’lami


Download 49 Kb.
bet3/4
Sana14.03.2023
Hajmi49 Kb.
#1266534
1   2   3   4
Bog'liq
Malayziya iqtisodiyoti va moliya tizimi

Moliyaviy Institutlar ko’lami
Moliyaviy chuqurlik-bu mamlakatning moliyaviy rivojlanish ko'lamini baholash uchun mo'ljallangan ko'rsatkich. Bu moliyaviy vositachilar va bozorlar orqali moliyalashtirish faoliyati darajasini aks ettiradi.
Malayziyada to‘liq Shariat talablari bo‘yicha faoliyat yuritadigan birinchi Kraudfanding platformasi o‘z ishini boshladi.
IslamicMarkets nashrining xabar berishicha, Malayziyaning Ethis Group kompaniyasi mamlakatda birinchi bo‘lib Shariat talablariga to‘liq javob beradigan kraudfanding platformasini ishga tushirdi. Malayziya Qimmatli qog‘ozlar komissiyasi (The Securities Commission Malaysia) ruxsati asosida faoliyat boshlagan Ethis Group Malayziya kompaniyalari uchun raqamli fond birjasi sifatida xizmat ko‘rsatadi. Bunda Ethis Group mamlakatdagi kompaniyalar uchun aksiyalar chiqarish orqali mablag‘ yig‘ish, investorlarga esa mazkur platformada aksiyalar savdosi bilan shug‘ullanish imkonini beradi.
“Crowdfunding” – ingliz tilida crowd – «omma”, funding – «moliyalashtirish”, yaʼni biror bir ijtimoiy yoki biznes loyihani omma/xalq/ko‘pchilik sarmoyadorlar tomonidan –ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilishi. Bunday moliyalashtirish bugungi kunda asosan internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladi.
Ethis kompaniyasining bosh ijrochi direktori Muhammad Shehzad platformaning ochilish marosimida bergan bayonotida, Ethis Group kompaniyasi investitsiya imkoniyatlarini pul mablag‘lari va aktivlar harakatini yangi texnologiyalar yordamida real iqtisodiyot doirasida harakatlanishini kuchaytirishga xizmat qilishini taʼkidlab o‘tdi.
Ethis kompaniyasi faoliyatining dastlabki yilidayoq qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishni rejalashtirmoqda, dedi Muhammad Shehzad. Shuningdek, kompaniya 2021 yilda platformada ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk va vaqf aktivlariga ham investitsiya qilish rejalarini eʼlon qildi.
Muhammad Shehzad Ethis Groupning real iqtisodiyotga samarador va barqaror investitsiyalar jalb qilishga ko‘maklashish maqsadlari doirasida, Ethis Malaysia islom moliyasi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan finteklar uchun yangi imkoniyatlar ochishi mumkinligini ham aytib o‘tdi.
Fintech – moliya sohasidagi yangi yo‘nalish bo‘lib, bunda moliyaviy amaliyotlarni yangi yondashuv, yangi dasturlar, muqobil innovatsion yechimlar orqali amalga oshiriladi. Umuman olganda, Fintechni qaysidir maʼnoda anʼanaviy moliyaga muqobil tizim deyish ham mumkin.
Kraudfanding kabi muqobil moliyaviy yechimlarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash va rivojlantirish ham juda yaxshi natijalar berishi mumkin, chunki bizda aholi turli sabablar, shu jumladan diniy qarashlar, bank tizimiga bo‘lgan ishonchsizlik, tijorat banklarining aholi omonatlarini asosan anʼanaviy tarzda qabul qilishi, yaʼni yangi takliflarning deyarli yo‘qligi tufayli o‘z jamg‘armalaridan unumli foydalanishmaydi, turli loyihalarga sarmoya kiritishni bilishmaydi va bu borada moliyaviy muassasalar tomonidan takliflar ham deyarli yo‘q. Fintechlar dunyoda shiddat bilan rivojlanayotgan yo‘nalish bo‘lib, ushbu yo‘nalish doirasida islom moliyasini ham rivojlantirish imkoniyatlari katta.

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling