- Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor.
- Har necha dardimni desam, dog‘i bor.
- Qilcha tanga bori ishqing yor edi.
- Bir sori bo‘ldi firoqing, dog‘i bor.
- *
- Ushbu tuyuqning qofiyalarida quyidagi ma’nolar yashirin:
- – dog‘i bor - dog‘i bor,
- – dog‘i bor - otashi bor,
- – dog‘i bor - yana (tag‘in) bor.
Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen. - Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen.
- Vah, qachon yetkaymen ut dilbanda men
- Bevafolarga meni qilding asir.
- Sen menga sultonsen, ey dil, banda men.
- *
- Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so‘zlar qofiya bo‘lib kelgan va ular quyidagi ma’nolarni anglatadi:
- - dil, bandamen - yurak, (men) bandaman (bog‘lanib qolganman);
- - dilbanda men - dilbandga men;
- - dil, banda men - yurak, banda men(man).
Charxi kajraftor elidin yozamen, - Charxi kajraftor elidin yozamen,
- Chiqmadim hijron qishidin yoza men,
- Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
- Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen.
- *
- Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
- - yozamen - yozg‘iraman (shikoyat qilaman);
- - yoza men - yozga men;
- - yozamen - yozaman (bitaman).
- Tuyuqlar, xuddi ruboiy kabi, a-a-a-a tarzida ham, a-a-b-a tarzida ham qofiyalanish tizimiga, ya'ni taj-nisga ega bo'lishi mumkin. Navoiyning siz o'qib, o'rga-nadigan tuyuqlari a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Bu eng ko'p uchraydi. Biroq Navoiyning ayrim tuyuqlari hatto a-b-d-b tarzida ham keladi. Buni mana bu tuyuqda ko'ramiz:
- Tuyuqda qofiyaga olingan so'zlar, albatta, tajnisli bo'lishi, ya'ni omonim so'zlardan yoki shakldosh so'zlar turkumidan tashkil topishi darkor.
- Ilgari tuyuqlar janming ana shu talablaridan dastlabki uchtasiga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik jamming to'rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni taj-nissiz tasawur qilib bo'lmay qolgan.
- Navoiyning mana bu tuyug'ida tajnisdagi so'z (yoki so'zlar) uch alohida-alohida ma'noda kelgan:
- Kechti umr-u, tushmadi ul yor ila, Qo'rqaram ko'nglum bu g'amdin yorila. Bu vafosizliqki, sendin ko'rmisham, E'tiqodim qolmadi hech yor ila.
- Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
- yor ila - yor (sevgili) bilan;
- yorila - yoriladi;
- yor ila — do'st bilan.
- Tuyuqning yana bir o'ziga xosligi bor. Bu shundan iboratki, uning ikki, uch yoki to'rt misrasi oxirida taj-nis san'atini hosil qiladigan so'zlar yoki so'zlar turkumi qo'llangani uchun shuning o'zi qofiya o'rniga o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |