«BANDAMEN» TAJNISLI TUYUQ - Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men. Bevafolarg'a meni qilding asir, Sen menga sultonsen, ey dil, banda - men.
- Ushbu tuyuqda, odatdagidek, tajnisli so'zlar qofiya bo'lib kelgan va ular quyidagi ma'nolarni anglatadi:
- dil, bandamen - yurak, (men) banddaman (bog'lanib qolganman);
- dilbanda men - dilbandga men;
- -dil, banda - men - yurak, banda (qui) - men. Misralar talqin etilsa, quyidagicha mazmun kelib chiqadi:
- -Men sening dastingdan, ey dil, banddaman (bog'lanib qolganman), evoh, men qachon u dilbandga yetgayman? Ey dil, meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, banda (qui) - men.
- «YOZAMEN» TAJNISLI TUYUQ
- Charxi kajraftor elidin yozamen,
- Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
- Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
- Har necha ul shahg'a qulluq yozamen.
- Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:
- yozamen — yozg'iraman (shikoyat qilaman);
- yoza men - yozga men;
- yozamen - yozaman (bitaman).
- Satrlar ketma-ketligi asosida talqin etilganda quyida-gicha fikrlar ilgari surilgani ma'lum bo'ladi:
- Charxi kajraftor (egri aylanuvchi charx, zamon) dasti-dan noroziman (birinchi misra). (Chunki) hijron (ayri-liq) qishidan yozga chiqa olmadim (ikkinchi misra). Har qancha u shohga qulluq (iltifotli maktub) yozganim bilan (to'rtinchi misra), meni bir yorliq (maktub) bilan u yod et-maydi (uchinchi misra).
Do'stlaringiz bilan baham: |