Ma’lumki, dunyoda individual uglevodorodlar ichida ishlatilishi hajmi bo’yicha etilen birinchi o’rinda turadi


Download 1.78 Mb.
bet3/7
Sana18.02.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1209652
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’rta bosimda polietilen ishlab chiqarish texnologiyasidagi reaktorlarni

II.TEXNOLOGIK QISM.
2.1. Plyonka olish uchun o’rta bosimda polietilen ishlab chiqarish texnologiyalari.

Sclairtech texnologiyasida reaktorning 3 xil rejimi mavjud bо‘lib, ular quvur va avtoklav reaktorlarning turli kombinatsiyalarda qо‘llanilishida katta moslashuvchanlikka erishishni ta’minlaydi. Bu yakuniy maxsulotda turlicha molekulyar massa bо‘yicha taksimlanishni olish imkonini beradi. Vodorod va uni suyultiruvchisi siklogeksan HX-121 quvur reaktorining tо‘rta quyish uchastkasidan, DC-2101 avtoklav reaktorning ta’minlovchi quvuridagi uchastkadan quyilishi mumkin. Avtoklav reaktordagi ikkita yonlama ta’minlovchi quvurlar turli balandlikda va bir-biriga qarama-qarshi 1800 burchakda ulangan. Reaktor qurilmasi EA-2103 ta’minotni yumshatish qurilmasidan HX-121 quvur reaktordan, ta’minlash tizimlari bilan DC-2101 avtoklav reaktoridan va trimmer reaktoridan tashkil topgan. Katalizator/xamkor katalizator (sokatalizator) quvurreaktorning (reaktor № 3) quyilish uchastkalari orqali va/yoki avtoklav reaktorning (reaktor №1) tub qismiga berish yо‘li bilan quyilishi mumkin. Katalizator/xamkor katalizatorning sarfi va nisbatlari etilenni maksimal darajada konversiyalanishiga erishish uchun rostlanadi.


Reaktor №3 qо‘shilgan reaktor №1
Reaktor ta’minotini yumshatuvchi oqim bilan reaktorlarni ta’minlovchi oqim reaktor №1 ning yonaki ta’minlovchisiga va reaktor №3 ning kirish tuynigiga turli nisbatlarda beriladi. TIC-21088 orqali reaktorni ta’minlovchi isitgichdan kelayotgan issiq oqimni rostlash bilan reaktor №1 da о‘rtacha xaroratni nazorat qiladi. Texnologik jarayonning oqimining xaroratini Reaktor №3 ga kiraverishda TIC-21084 nazoratchi rostlab, u reaktorni ta’minlovchi isitgichga kelayotgan issiqlik tashuvchining TV-1084 bug‘ klapanini boshqaradi.
Ilova – Rejim reaktor №3 qо‘shilgan reaktor №1 rejimiga о‘tkazilishidan oldin reaksiya tо‘xtatiladi va reaktor qurilmasi kamida 30 daqiqa reaktorni ta’minlovchi nasosdan kelgan erituvchi oqimi bilan yuviladi. Reaktorni ishlash rejimini о‘zgartirayotganingizda reaktor №1 ning yonaki ta’minlovchi quyilish uchastkalarini yuving. Reaktorni ishlash rejimini о‘zgartirish davomida LOS chiroq uchirgich xolat о‘zgartirgichi yoqib quyiladi. Bu reaktorni ta’minlovchi nasosning rostlovchi klapanlarini yopiq xolatga о‘tib qolish oldini oladi.
Qо‘lda boshqarish II kanali surilma va yonaki ta’minotning ikkita kanali ochiladi. HV-21110 100%ga ochiqligini tekshirish kerak. HS-21089, HS-21091 va HS-21110 uchun reaktor №3 ga reaktor №1 orqali ishlash rejimi tanlanadi. Qо‘lda boshqarish III ponali surilma yopiladi. Bunday rejim uchun YEA-2103 reaktorni ta’minlovchi isitgichning chiqishidagi texnologik jarayonning xaroratini rostlash kerak. Bu belgilangan uchastkalar ekspluatatsiya bо‘yicha yо‘riqnomada kо‘rsatiladi. Katalizator/xamkor katalizator oqimini reaktor №3 ning quyilish tuynigiga va reaktor №1 ning quyilish uchastkasiga ulash kerak. Bu rejim oraliq molekulyar massa bо‘yicha taqsimlanishga ega polimerlar ishlab chiqarish uchun qо‘llaniladi.
Etilenni o’rta bosimda polimerlash 130-1700C haroratda va 30-40 atm bosimda katalizator ishtirokida eritmada amalga oshiriladi. Katalizator natijada sifatida metall oksidlarini inert to’ldiruvchini yuzasiga shimdirish orqali qo’llaniladi (ion oksidi alyumonilinat) bu texnologiya bilan olingan polietilen o’zining xonalari bilan past bosimda olingan polietilenga o’xshash bo’ladi.
O’rta bosimda etilenni polimerlash xususiyatlari, jarayonni effektivligi katalizator sifatida va uning aktivligiga boglikdir. Katalizator xrom angidridini suvdagi eritmasini alyumorilinat yuzasiga yuttirish orqali olingan tayyor katalizator, xrom angidrid 3-6 % tashkil etadi, undan sung katalizator kuritiladi va kizdiriladi. (475-5500 C) bunda qolgan suv ajralishi bilan bir katorda 6 valentli xrom uch valentligiga o’tadi.
4CrO32Cr2O3+3O2
O’rta bosimda polietilen ishlab chiqarish quyidagi sxema orqali amalga oshiriladi.

2.1-rasm. O'rta bosimda polietilen ishlab chiqaradigan texnologik liniyani sxemasi.

Bu jarayon uzlukli va uzluksiz bo’lishi mumkin. Sxemadan ko’rinib turibdiki, katalizatorning benzindagi suspenziyasi maxsus jixozda tayyorlanib u yiguvchi moslamaga uzatiladi va undan uzluksiz birinchi polimerizatorga nasos orqali yuboriladi. Bu polimerizatorga bir paytda etilen va benzin oldindan 1200C da eritilib berilib turadi. Polimerlanish jarayonida 8 % polietilen xosil buladi. Bu xosil bulgan aralashma (etilen benzin-polietilen) truba va isitish mikdori 14 % gacha kutariladi. Xuddi shunday aralashma uchunchi reaktorga uzatiladi va undan polietilen konsentraksiyasi 20% gacha yetadi. Reaktorlar bir xil konstruksiyaga ega buladi. Ularning xajmi 16m3 ni tashkil etadi va ular aralashtiruvchi moslama va issiklik o’tkazuvchi ikki pardali devordan iborat.
Yuqoridagi chizmada o’rta bosimda polietilen uzluksiz ishlab chiqarish texnologik jarayoni sxemasi.
Bunda
1-katalizator suspenziyasini tayyorlovchi apparat;
2-suspenziyani yig’uvchi moslama;
3,4,5- polimerizatorlar;
6,7,8- qizdirgichlar;
9-sovitgich;
10,12- degazator separatorlari;
11-pollietilen eritmasini kuyuklovchi moslama;
13-polietilenni ajratib granulaga aylantiruvchi agregat.
O’rta bosimda olingan polietilen past bosimda sintez kilingan polietilenga nisbatan makro-molekulalarni tartibli joylashishi bilan yukori kursatgichga ega.
Eritma kondensatorga uzatilib, unda 600 gacha sovutiladi va undan sung separatorga tushib, katalizatorni ajratib olinadi. Separatorda polietilen va benzin reaksiyaga kirishmagan etilendan xam ajraladi. Olingan polietilen maxsus moslamada granulaga aylantiriladi. Benzin va etilen siklga kaytariladi.
Sintez kilib olingan polietilenni kursatgichlari:
Zichligi - 0,950-0,970gr/sm3
Malekulyar massasi -10000-30000
Yumshalish temperaturasi - 125-1320C
Kristallik darajasi - 80-90 %
O’rta bosimda olingan polietilen past bosimda sintez kilingan polietilenga nisbatan makro molekulalarni tartibli joylashishi bilan yukori kursatgichga ega.
Polietilenning texnologik xossalari
Polimer va ular asosida tayyorlangan materiallarni kayta ishlash usullarini va texnologik jarayonlarni parametrlarini belgilashda materialning texnologik xossalari xisobga olinishi lozim. Bularga quyidagilar kiradi: oquvchanlik, namlik, qotish vaqti, disperslik, kirishish, tabletkalanish, hajmning xarakteristikalari va boshqalar kiradi.
Texnologik xarakteristikalar ulchamiga karab kayta ishlashning yangi usullari, texnologik jixoz yoki ostnastika ishlab chikish mumkin.
Solishtirma hajmni aniqlash.
Material egallagan xajm uning massasiga nisbatan solishtirma xajm deb ataladi. Bu kursatgich kukunsimon materiallar uchun xarakterli, o’lchov birligi sm3/g bilan ifodalanadi.

bu yerda: m - 200 ml xajmdagi kukunsimon moddaning massasi, g; 200 - maxsus silindirning xajmi.
Materialning solishtirma xajmi kanchalik kichik bulsa, uni kayta ishlash shunchalik kulay buladi (xavo mikdori nam buladi va sifati buyum olish uchun kulay sharoit yaratadi).
Hajmiy massani anikdash.
Hajm birligiga tugri kelgan massa xajmiy massa deb ataladi. Bu kursatgich ko’pik va ko’pikchalar uchun aniqlanadi. Hajmiy massa kuyidagi formula yordamida topiladi.

bu yerda: m-namuna massasi, g; v- namuna xajmi.
Polimer materiallarning disperslik darajasi va bir jinsliligini aniqlash.
Polimer materiallarning granulometrik tarkibi, ya’ni disperslik darajasi turli ulchamdagi zarrachalarning bo’inishi bilan xarakterlanadi. Disperslik darajasi % bilan ifodalanadi va u sinash uchun olingan materialda ma’lum ulchamdagi zarrachalardan kancha borligini kursatadi. Material dispersligi kancha nam bulsa u shunchalik bir jinsli xisoblanadi va uni kayta ishlab buyuumga aylantirish oson buladi.
Kirishishni aniqlash.
Ma’lumki xar kanday buyum kizdirilganda kengayib, sovutilganda esa torayish xususiyatiga ega. Termoplastik va termoreaktiv plastmassalardan buyum yaralganda doimo kirishish ruy beradi; namuna ulchamlari kolipning mos ulchamlaridan doim kichik buladi. Bu kursatgich plasmassalardan mashinasozlikda foydalaniladigan detallarni ishlab chikarishda xamda plastmassalarni kayta ishlashda xisobga olinadigan muxim xarakteristika xisoblanadi. Kirishish texnologik jarayonda xaroratning pasayishida (koliplanib bulishi bilan) sodir buladi va shu bilan buyumni kolipdan olish osonlashadi.
Kirishishga kuyidagilar sabab bulishi mumkin: sovutish, makromolekulalarni orientatsiyalanishi, reaktorlastlarning kotishi, uchuvchan moddalar bulishi va boshkalar.
Bular ichida eng asosiysi termoplastlar uchun sovutish jarayonidir. Demak, kirishish eng asosiy texnologik va eksplatatsion xarakteristikalardan biridir. Odatda, kirishish deganda xajmning kamayishi tushuniladi. Kirishish kuyidagi formula bilan topiladi.

bu yerda l-namuna o’lchami mm;
qolip o’lchami, mm;
Suv shimuvchanligini aniklash.
Suv shimuvchanlik-ma’lum haroratda va vaqt mobaynida suv ichida turgan biror namunaga shimdirilgan suv mikdoridir. U mg yoki % xisobida ifodalanadi va tekshirilayotgan namunaning kanchalik g’ovakligini bilishga imkon beradi.
Xuddi shunga uxshash moy, benzin va boshkalarga chidamliligini xam aniklash mumkin.
Oquvchanlik materialning ma’lum xaroratda va bosim ostida okib kolipni tuldirish kobilyatidir. Uni aniklash uchun turli usullardan foydalaniladi.
Polimerlarning okuvchanlik darajasiga kura buyumlarni presslash yoki kuyish uchun kerakli solishtirma bosim topiladi. Solishtirma bosim okuvchanlikka teskari proporsional bulgan mikdordir. Okuvchanligi yukori bulgan materiallar murakkab shakli va armaturali buyumlar olishda juda kulay xisoblanadi.
Plasmassalardagi okuvchanlik polimerlarning tabiatiga, tuldiruvchining turiga va mikdoriga xamda plasfikatorlar, moylovchi modda va boshka kushimchalarning borligiga xam boFlik.
Termoreaktiv pressmateriallarning okuvchanligi, Rossiya standarti buyicha “Rashig” press-kolipda olingan sterjenning uzunligini (mm) topishga asoslangan.
Termoreaktiv materiallarning sovishsots okuvchan xonalari va kotish vaktini kanavsa-setlin metodi bilan xam aniklash mumkin. Bu usullar bilan kovishkok okuvchan xolatdagi materailning siljish kuchlanishi, kovishkoklik okuvchanlik xolati davomatligi, kotish vakti, shuningdek ularni xarorati siljish va siljish tezligiga boFlikdigini urganishga asoslangan.
Termoplastik materiallarning oquvchanlik kursatgichi siyuklanma indeksi (RTR, m1) degan tushuncha bilan ifodalanadi.
Suyuqlanma oqishi ko’rsatgichi sifatida berilgan xarorat va tegishli yuk bosimi 10 minut davomida sopladan utgan massa mikdori kabul kabul kilingan va kuyidagi formula orqali aniklanadi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling