Ma’lumki, dunyoda individual uglevodorodlar ichida ishlatilishi hajmi bo’yicha etilen birinchi o’rinda turadi


Download 1.78 Mb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1209652
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’rta bosimda polietilen ishlab chiqarish texnologiyasidagi reaktorlarni


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, dunyoda individual uglevodorodlar ichida ishlatilishi hajmi bo’yicha etilen birinchi o’rinda turadi. Buning sababi etilen asosida katta hajmda va keng ishlatiladigan polimerlar va oddiy organik birikmalar sintez qilinadi. Bular qatoriga polietilen, polivinilxlorid, polistirol va boshqalar kiradi. Etilendan oksidlash orqali etilen oksidi, etilenglikol va bir qancha kerakli bo’lgan organik moddalar sintez qilinadi.
Etilen neft va gaz mahsulotlaridagi etanning truba shaklidagi pechlarda pirolizi orqali olinishi aytib o’tilgan. Dunyoda neft qazib chiqarish bo’yicha Saudiya Arabistoni 1-o’rinda turadi. Ya’ni, dunyoda qazib chiqariladigan neftning 25% ini tashkil etadi. Takkoslash uchun: Irok-10%, Quvayt-9,4% Eron-9,3%.
Hozirgi paytda respublika boy gaz, gaz kondensat va neft zahiralariga ega. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyati respublikada bu soha bo’yicha birinchi o’rinda turadi.
Sho’rtangaz kimyo majmuasi (ShGKM) 2001 yildan boshlab bir yiliga:
125 ming tonna polietilen xom ashyosi;
102 ming tonna gaz kondensati;
142 ming tonna suyultirilgan gaz maxsulotlarini ishlab chiqara boshladi.
Bundan tashqari Qoraqalpog’iston Respublikasi Surgili gaz konida qurilayotgan “Uz-Kor G az” kimyo majmuasini misol qilsak bo’ladi. 2006-yil mart oyida prezidentimiz I.A.Karimov Koreya prezidenti bilan loyihani amalga oshirish to’g’risidagi shartnomaga qo’l qo’ydilar. Hozirda bu majmua ishga tushgan. Majmua 2016-yilda o’z maxsulotlarini ishlab chiqara boshlaydi. Majmua ishga tushganidan keyin yiliga 4.5 mlrd kuba metr tabiiy gazni qayta ishlab 387 ming tonna har xil markali polietilen va 83 ming tonna polipropilen sintez qiladi.
Mamlakatimizda eksport qiluvchi korxonalarning raqobatbardoshlik ustunliklarini ro‘yobga chiqarish, eksport tarkibini diversifikatsiyalash va mahsulotlarni sotishning yangi tashqi bozorlarini faol o‘zlashtirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
Respublikamizda kimyo sanoatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan biri ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahalliy xom ashyolar asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratishni ta’minlashdan iborat.
Hozirgi vaqtda turli sohalarda ishlatiluvchi polimer materiallar sanoatini intensiv rivojlanishi har xil yordamchi moddalarni ishlab chiqarishga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu moddalarsiz polimerlarni mahsulotga qayta ishlab bo‘lmaydi.
Xom ashyo va materiallarni, asosan, kimyoviy usullar yordamida qayta ishlanadi. Kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish va tayyorlashda turli usullardan foydalaniladi. Jahon moliya-iqtisodiy inqiroz sharoitlarida birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, korxonalarning texnikaviy va texnologik qayta qurollanishi va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish ishlarini amalga oshirish lozim.
Polimerlarni qayta ishlab, sifatli maxsulot ishlab chiqarish hozirgi kun talabi xisoblanadi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling