Ma’lumki, jamiyat ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, individlar, tabaqalar, sinflar birlashuvidan, jipslashuvidan tarkib topar ekan, uni boshqarish uchun ma’lum siyosatni olib borishni taqozo etadi


Download 42.55 Kb.
bet4/5
Sana22.03.2023
Hajmi42.55 Kb.
#1286670
1   2   3   4   5
Bog'liq
ijtimoiy siyosat

Ikkinchi turga - siyosatning turli subyektlari o’rtasidagi munosabatlar kiradi. Bu munosabatlar davlatlar, siyosiy partiyalar, halqaro siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy hamda ommaviy jamoa tashkilotlari o’rtasidagi o’zaro aloqalar shaklida namoyon bo’ladi. Bu aloqalar qanday shaklda olib borilmasin, unda tomonlarning maqsad va manfaatlari asosiy o’rinni egallaydi. Siyosatning har bir subyekti u davlatni, siyosiy partiyami yoki halqaro tashkilotmi o’zaro munosabatda bo’lar ekan, bu munosabat teng huquqiylik tamoyiliga asoslanishi lozim, o’zaro hurmat va ishonch ustun bo’lmog’i kerak.
Uchinchi turga - subyekt bilan obyekt o’rtasidagi munosabat kiradi. Bu munosabatlar siyosat subyektlarining jamiyatga qiladigan ta’siri va aks ta’siri tarzida namoyon bo’ladi. Jamiyat fuqarolardan tashkil topganligi uchun ham bunda fuqarolar siyosat obyekti sifatida namoyon bo’ladi va bu obyekt bilan siyosatning boshqa subyektlari o’rtasida turli xildagi munosabatlar olib boriladi. Agar huquqiy davlat shakllangan bo’lsa, bunday sharoitda siyosiy munosabatlar samarali rivojlanadi. Chunki huquqiy davlat o’rnatilgan mamlakatda fuqarolar bilan siyosat subyektlari o’rtasida obyektiv harakterdagi qarama-qarshiliklarning kelib chiqishiga yo’l qo’yilmaydi. Bunday sharoitda siyosat subyektlarining huquq va burchlari qonun yo’li bilan mustahkamlanib, ularning harakatlari qonun doirasida amalga oshiriladi.
Siyosiy munosabatlar ham siyosiy jarayonlar kabi o’ziga hos hususiyatlarga egadir. Ushbu o’ziga hos hususiyatlar siyosiy munosabatlarni siyosiy hayotdagi boshqa munosabatlardan farq qildiradi.
Siyosiy munosabatlarning o’ziga hos hususiyatlaridan biri - obyektivlik va subyektivlik dialektikasining siyosiy munosabatlarda amal qilishidir. Siyosiy munosabatlar siyosiy jarayonlar ifodasi sifatida obyektiv qonunlarga bo’ysunadi va uning talablari ta’sirida rivojlanadi. Siyosiy munosabatlarni ham biron-bir siyosiy ko’ch to’xtatib quyaolmaydi. Obyektiv qonunlarga amal qilmaslik siyosiy munosabatlarda ziddiyatlarga, ba’zan to’qnashuvlarga olib keladi. Bunday holatlarni biz Iroq, Kuba, Yugoslaviya, Afg’oniston, Tojikiston davlatlari misolida ko’rishimiz mumkin. Ammo siyosiy munosabatlar obyektiv hodisa bo’lishi bilan birga uning rivojlanishi subyektiv faoliyatga ham bog’liqdir. Subyektiv omillar siyosiy munosabatlarda yoki ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu borada siyosiy munosabatlar subyekti bo’lgan davlatning roli juda yuqoridir. davlat bu munosabatlarni tartibga solib turishi, ma’lum maqsadga yo’naltirishi borasida boshqa subyektlarga qaraganda katta imkoniyatlarga egadir.
Siyosiy munosabatlarning o’ziga hos hususiyatlaridan yana biri 
Download 42.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling