Ma’lumotlar bazasi tt 11-20 s ravshanov Javohir Reja: Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda texnologiyalar perspektivalari


Download 448.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana04.04.2023
Hajmi448.65 Kb.
#1323225
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mustaqil ish



 
Ma’lumotlar bazasi 
TT 11-20 S 
Ravshanov Javohir 
Reja: 
1. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda texnologiyalar 
perspektivalari 
2. Amaliyotda ma’lumotlar bazasini qurishda ma’lumotlarning 
relyatsion modeli 
Javoblar: 
1. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda texnologiyalar 
perspektivalari 
Reja: 
1. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. 
2. Ma’lumotlar bazasining modellari turlari. 
3. Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi
4. MBBT funksional imkoniyatlari. 
Kirish 
Hozirgi kunda inson xayotida MBda kеrakli axborotlarni saqlash va
undan oqilona foydalanish juda muxim rol o’ynaydi. Sababi jamiyat 
taraqqiyotining qaysi jabxasiga nazar solmaylik o`zimizga kеrakli ma'lumotlarni 
olish uchun albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MB ni
tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan 
muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Ma'lumki, MB
tushunchasi fanga kirib kеlgunga qadar, ma'lumotlardan turli ko’rinnshda 
fondalanish juda qiyin edi. Dastur tzuvchilar ma'lumotlarni shunday tashkil qilar 
edilarki u faqat karalayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi.


Har bir yangi masalani xal qilishda Ma'lumotlar qaytadan tashkil qilinar va 
bu xol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Biz foydalanadigan
axborot hajmi kattalashib borgan sari uni boshqarish murakkablashib boraveradi. 
Savol kelib chiqishi tabiiyki, qanday qilib internet tarmog’idagi qidiruv
saytlari biz qidirgan axborotni sekundlar ichida minglab muqobillari bilan
birga topib beradi? Qanday qilib normativ-huquqiy hujjatlar to`plamidan
iborat elektron axborot tizimlari bizning so`rovga mos hujjatlarni bir lahzada 
topib beradi? Javob oddiy, bularning hammasi berilganlar bazasini boshqarish
tizimlari (keyingi o`rinlarda BBBT) orqali amalga oshiriladi. BBBT uchun ko`p 
dasturiy ta‟minotlar ishlab chiqilgan, misol uchun SQL Server, Oracle, MySQL, 
MS Access va h.k. 
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi 
Baza bu – ishlov berilmagan elementlar bo`lib, ularning ichiga matn, son, 
tasvir, audio va videolar kirishi mumkin. Masalan, matn klaviaturada
kiritiladi, ovoz kompyuter mikrofoni orqali, fototasvirlar raqamli kamera,
video va uning ovozi esa raqamli videokamera orqali yoziladi hamda
kompyuterning xotirasiga saqlanadi.
Ma’lumotlar deb, ma’lum bir shaklda qayd qilingan, qayta ishlash,
saklash va uzatish uchun yaroqli xabarga aytiladi.
Ma’lumotlar bazasi deb, kompyuter xotirasida saqlanadigan bir-biriga
bog’liq bo’lgan bir predmet sohadagi ma’lumotlarning to’plamidir. Ushbu 
ta’rifdan quyidagi xulosalar kelib chikadi.
Kompyuterlar axborotlarni ma’lumotlar bazasi asosida ishlov beradi. 
Masalan, universitetning ma’lumotlar bazasi deganda, o`quv xonalari, o`quv
fanlari, o`quv soatlari, o`qituvchilar va talabalar haqidagi ma’lumotlarni o`z
ichiga oluvchi baza tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi
maxsus xodim. Kompyuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsga
kirishiga ruxsat beradi. Maxsus xodim undan tashqari talabaning fototasvirini 
Kompyuterga kiritish uchun raqamli kameradan ham foydalanadi. Kompyuterning
asosiy xotira qurimasi qattiq disk (HHD) da saqlanadi. Keyin esa kompyuter 


yangi ishlov berilgan talaba haqidagi ma’lumotni chop etish uchun printerga
yuboradi. Talabaning ID raqami shaxsini tasdiqlovchi hujjati yakunlangandan
keyin ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturiy ta’minoti yordamida diskning 
magnit yo`lagida kodirovka qilinadi. Ushbu dastur ma’lumotlar bazasini
boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi. Ushbu dasturda ma’lumotlarni qo`shish,
modifikatsiya qilish, bazadan ularni o`chirish, ma’lumotlar bazasi bo`yicha
shakl (forma) va hisobot (otchet) tayyorlash mumkin bo`ladi. Bu dasturning 
yangi versiyalari va ularning afzallik jihatlarini quyida keltirib o`tilgan.
O’zaro bog’langan to’plamni tushunamizki, u mashina xotirasida
saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi to’ldirilishi,
o’zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin. 
Ma’lumotlar bazasining modellari turlari 
MB bitta yoki bir necha modellarga asoslangan bulishi mumkin. Har
qanday modelga o’zining xossalari (parametrlari) bilan tavsiflanuvchi ob’ekt 
sifatida karash mumkin. Shunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo’ladi. 
MB modellarining uchta asosiy turlari mavjud:

Relyatsion model; 

Ierarxik model; 

Semantik model.
Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda 
ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi kismlari orasidagi munosabatlarga 
asoslangan. Eng sodda holda u ikki o’lchovli massiv yoki jadvaldan iborat 
bo’ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro
bog’langan to`plamidan iborat.
MB ning ierarxik modeli pastki pog’onadagi yuqori pog’onadagiga
bo’ysunish tartibida joylashgan elementlar to’plamidan iborat bo’ladi va
ag’darilgan daraxt (graf) ni tashkil etadi. Ushbu model satx, tugun, bog’lanish kabi 
parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi satxdagi
bir necha tugunlar bog’lanish yordamida yuqoriroq satxdagi bitta tugun bilan


bog’langan bo’ladi. Tugun - bu ierarxiyaning berilgan satxida joylashgan
elementning axborot modelidir.
MB ning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga o’xshashdir. U ham
tugun, satx, bog’lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq
modelida turli satxdagi elementlar orqali “erkin”, ya’ni “har biri hamma
bilan” ma’noli bog’lanish qabul qilingan.
Ko`pchilik MB lar jadval tuzilmasiga ega. Unda ma’lumotlar adresi satr
va ustunlar kesishmasi bilan aniklanadi. MB da ustunlar - maydonlar, satrlar
esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MB ning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda 
joylashgan ma’lumotlarni tashkil etadi.
Ma’lumotlar bazasining arxitekturasi 
MB alohida olingan modullardan tashkil topgan. MB boshqarish bloki
disklardagi ma'lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va tizimning so`rovi (guery) 
orasidagi intеrfеysni aniqlaydi. Modullar quyidagicha: 
Fayl mеnеdjеri - ma'lumotlar to`zilmasi bilan disklar o`rtasidagi 
bog`lanishni boshqaradi.
Guery - prosеssor ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MB ni
boshqarish bloki tushunadigan tilga o`tkazadi.
Prеkompilyator DML (Data Manipulation Language) ma'lumotlar bilan
manipulyatsiya qiladigan til bo`lib, u quyidagi opеratsiyalarga javob bеradi:
1) MB dan ma'lumotlarni ajratib olish,
2) MB ga ma'lumotlarni kiritish,
3) MB dan ma'lumotlarni olib tashlash,
4) MB ni modifikatsiya (o`zgartirishlar) qilish.
Kompilyator DDL (Dala Definition Language)- MB tilini, uning
tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. MB ning tuzilmasi 
ko`pincha jadval shaklida bo`ladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi vaqtda dеyarli barcha MB lar asosan 
rеlyatsion modеllar asosida tashkil qilinmoqda. Shuni nazarda tutgan Microsoft
Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dastur vositalarga ega, bu dastur


vositalari ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi profеssional xujjatlar tayyorlash 
imkonini bеradi. Shulardan biri MB lar bilan ishlashga mo`ljallangan
Microsoft Access dasturi bo`lib, bu dastur Visual Basic for Application dasturlash 
muhitida makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki. bu 
foydalanuvchiga xar tomonlama mukammal bo`lgan xujjatlar tayyorlashga yordam 
beradi. 

Download 448.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling