Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish


Download 385.57 Kb.
bet5/9
Sana04.01.2023
Hajmi385.57 Kb.
#1077169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.3 mavzu

Maʼlumotlar bazasi nima?
Maʼlumotlar bazasi (MB) bu – maʼlumotlarni saqlash, oʻqish, qayta ishlash va qidirish uchun moʻljallangan markaziy maʼlumotlar ombori. Turli dasturlar yaratar ekanmiz, dastur ishlashiga oid boʻlgan maʼlumotlarni u yoki bu koʻrinishda saqlashimiz kerak. Misol uchun dastur foydalanuvchilari va ularning shaxsiy maʼlumotlari, rasmlari, postlar, mahsulotlar va hokazo.
Bu maʼlumotlarni qay koʻrinishda saqlash, turli maʼlumotlar oʻrtasidagi munosabatlar (foydalanuvchi-post, mijoz-mahsulot), bu maʼlumotlarga murojaat qilish va unumli foydalanish uchun MBni toʻgʻri loyihalash juda muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda maʼlumotlar bazasini boshqarish uchun turli tizimlar mavjud. Bulardan eng mashhurlari: MySQL, Oracle DB, PostgreSQL, MongoDB, SQLite Microsoft SQL server, IBM DB2.
Ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayoni
Yaxshi tuzilgan ma’lumotlar bazasi:

  • Ortiqcha (takrorlanuvchi) ma’lumotlarni bartaraf qilish orqali xotirani tejaydi.

  • Ma’lumotlarning aniqligi va yaxlitligini saqlaydi.

  • Ma’lumotlarga turli usullar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi.

Samarali va foydali MBni loyihalashtirish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:

  1. Talablarni tahlil qilish yoki ma’lumotlar bazasining maqsadini aniqlash

  2. Ma’lumotlarni jadvallarga ajratish

  3. Asosiy kalitlarni (primary key) ko’rsatish va munosabatlarni tahlil qilish

  4. Jadvallarni standartlashtirish uchun normallashtirish

Keling, har bir qadamni batafsil ko’rib chiqaylik. Maʼlumotlar bazasining turli modellari juda ham koʻp, biz esa ushbu qo’llanmada eng koʻp ishlatiladigan relyatsion ma’lumotlar bazasi modelidan (relational model) foydalanamiz.
Yuqoridagi jarayonlarni koʻrishdan avval Relational Model bilan tanishaylik.
Relational Database Model
Eng keng tarqalgan model, relyatsion model, ma’lumotlarni jadvallarga ajratadi. Har bir jadval ustunlar va qatorlardan iborat. Har bir ustunda biror obyektga oid atributlar keltirilgan, masalan mahsulot narx, foydalanuvchi ismi yoki tug’ilgan sanasi, pochta indeksi va hokazo. Bu atributlar birgalikda domen deb ataladi. Jadvalning qatorlari esa aynan bitta obyekt (buyum, shaxs, joy) haqidagi maʼlumotlarni saqlaydi.
Quyida biz Foydalanuvchilar haqida maʼlumot saqlash uchun Foydalanuvchilar jadvalini yaratdik. Jadvaladagi ID, Ism, Familiya, Telefon foydalanuvchining attributlari hisoblanadi. Birgalikda esa attributlar domen deb ataladi.

MB bir nechta jadvallardan iborat boʻlishi tabiiy. Misol uchun Mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarni saqlash uchun alohida jadval, Xaridlar uchun alohida jadval, Mijozlar uchun alhoida jadval va hokazo. Biror jadvalni boshqa jadvlaga bogʻlash uchun jadval attributlaridan biri (yoki attriburtlar birikmasi) primary (asosiy) kalit etib tayinlanadi. Boshqa jadvallar esa bu attributga foreign key deb murojaat qiladi.
Relational Model jadvallar oʻrtasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Masalan mijozlar va ular sotib olgan mahsulotlar jadvali, yoki talabalar va ular o’qiyotgan fanlar alohida jadvallarda saqlansada, ular o’rtasidagi munosabat relational model yordamida ko’rsatiladi. Bunday munosabatlar one-to-one (birga-bir), one-to-many (birga-koʻp) yoki many-to-many (koʻpga-koʻp) koʻrinishida boʻlishi mumkin. Munosabatlar haqida birozdan keyin alohida toʻxtalamiz.
Demak yuqoridagilarning barchasi Relational Maʼlumotlar bazasining sifatlari ekan.
Keling endi bevostia loyihalash jarayoniga toʻxtalamiz.

Download 385.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling