Ma’lumotlar majmuasi va ularning atributlari Grafikli ma’lumotlar


Ma’lumotlar ko‘rinishini klassifikatsiya qilish


Download 54.51 Kb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi54.51 Kb.
#1018496
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DATA MINING 01

Ma’lumotlar ko‘rinishini klassifikatsiya qilish


Ma’lumotlar qanday bo‘lishi mumkin? Quyida bir necha klassifikatsiyalar keltirib o‘tilgan.
Relyasion ma’lumotlar – bu relyasion bazadagi (jadvaldagi) ma’lumotlar.
Ko‘p o‘lchovli ma’lumotlar – bu OLAP kubida tasvirlangan ma’lumotlar.
O‘lchov (dimension) yoki o‘q – ko‘p o‘lchovli ma’lumotlarda v mnogomernыx dannыx – ko‘p o‘lchovli ma’lumotlar bazasini strukturalashtirish imkoniyatini yaratib berish uchun faqatgina bir turdagi ma’lumotlarni to‘plashdir.
Masalalar hal qilinayotgan vaqtda o‘z qiymatlarini o‘zgarmaslik mezoni bo‘yicha ma’lumotlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • o‘zgaruvchi;

  • o‘zgarmas;

  • shartli-o‘zgarmas.

O‘zgaruvchili ma’lumotlar – masalalarni hal qilish jarayonida o‘z qiymatlarini o‘zgartirib turuvchi ma’lumotlar.
O‘zgarmas ma’lumotlar - masalalarni hal qilish jarayonida o‘z qiymatlarini o‘zgartirmaydigan (matematik konstantalar, qo‘zg‘almas ob’ektlarning koordinatalari) va tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar.
SHartli-o‘zgarmas ma’lumotlar – shunday ma’lumotlarki, ular ba’zan o‘z qiymatlarini o‘zgartirib turadi, lekin bu o‘zgarishlar masalani echish jarayoniga bog‘liq bo‘lmasdan, tashqi omillar orqali aniqlanadi.
Ma’lumotlar bajarayotgan vazifasiga (funksiyasiga) bog‘liq holda quyidagicha bo‘lishi mumkin: ma’lumotli (справочными), tezkor (оперативными), arxiv.
Aniq vaqt birligida qaralayotgan ma’lumot bilan biror bir vaqt oralig‘ida qaralayotgan ma’lumotni farqini tushunishimiz kerak. Ushbu farqni anglashimiz axborotni yig‘ish tizimini loyihalashtirish hamda o‘lchash jarayonlarida katta ahamiyatga ega.
Biror bir vaqt oralig‘idagi ma’lumotlar o‘z nomidan ko‘rinib turibdiki, ma’lum bir vaqt oralig‘idagi ma’lumotlarni tavsiflab beradi. Bunday ma’lumotlarga misol sifatida korxonaning oylik foydasini yoki oy mobaynidagi o‘rtacha haroratni qarash mumkin.
Aniq vaqt birligidagi ma’lumotlar esa biror bir o‘zgaruvchini tayin (konkret) bir vaqtdagi qiymatini ifodalab beradi. Bunday ma’lumot sifatida, masalan, ertalabki soat 8 dagi havo haroratini olish mumkin.
Ma’lumotlar birlamchi hamda ikkilamchi bo‘ladi. Ikkilamchi ma’lumot deb birlamchi ma’lumotlarga ma’lum bir xisoblashlarni tadbiq etish natijasida olingan ma’lumotlarga aytiladi. Ikkilamchi ma’lumotlar, odatda, saqlanayotgan axborotni xajmi ortishi xisobiga foydalanuvchi so‘roviga javob olishini tezlashtiradi.



Download 54.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling