Ma’ruza 2. Berilganlarni tahlil qilish masalalari klassifikatsiyasi.
REJA:
Grafikli ma’lumotlar
Ma’lumotlar. Ma’lumotlar tushunchasi, shakllari, tanlanma, o‘quv tanlanma, etalon tanlanma, nazorat tanlanma, belgilar, belgilar majmuasi, belgilar bog‘liqligi va bog‘liksizligi, turlari (sonli, sonsiz, raznotipnost, shkala ko‘rinishidagi).
Leksiyada ma’lumotlar haqida tushunchalar to‘la taqdim etilgan. Ob’ekt, parametrlar qiymati tushunchalari, tanlanma hamda belgilar bog‘liqligi va bog‘liksizliklari haqida tushuntirishlar keltirilgan. SHkalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar batafsil keltirib o‘tilgan.
Ma’lumot nima?
Agar ma’lumot tushunchasiga keng qamrovli qaraladigan bo‘lsa, u holda ma’lumot deganda dalillar, matnlar, grafiklar, rasmlar, tovushlar, analogli yoki raqamli video-segmentlar tushuniladi. Demak, ma’lumot axborotning bir qismi bo‘lib ko‘rish va eshitish orqali qabul qilinadigan bo‘lakdir.
Ma’lumotlar o‘lchashlar, tajribalar, arifmetik va mantiqiy amallar natijasida olinishi mumkin.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun yaroqli bo‘lgan shaklda ifodalash zarur.
Boshqacha qilib aytganda, ma’lumot – bu ma’lumotlarni taqdim etuvchilar tomonidan berilgan va iste’molchilar tomonida mazkur ma’lumotlar asosida axborot shakllantiriladigan qayta ishlanmagan materialdir.
Ma’lumotlar majmuasi va ularning atributlari
2.1. jadvalda ma’lumotlar majmuasini ifodalovchi ikki o‘lchovli jadval keltirilgan.
2.1. jadval. "Ob’ekt-atribut" ikki o‘lchovli jadval
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |