Oraliqli shkala (interval scale) – qiymatlar orasidagi tafovutni hisoblash mumkin, ammo ularning nisbatlari ma’noga ega bo‘lmaydigan shkala.
Ushbu shkala ikkita kattalik orasidagi tafovutni topish imkoniyatini beradi, nominal va tartibli shkalalarning xossalariga ega hamda belgini miqdoriy o‘zgarishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Masalan: Dengizda suv harorati ertalab - 19 gradus, kechqurun esa - 24, ya’ni kechki harorat 5 gradusga yuqori, lekin 1, 26 marta yuqori deb aytib bo‘lmaydi.
Nominal va tartibli shkalalar – diskret, oraliqli shkala esa – uzliksiz bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur shkala uchun quyidagi amallar o‘rinli: teng (=), teng emas (≠), katta (>), kichik (<), qo‘shish (+) va ayrish (-).
Nisbiy shkala (ratio scale) – bu shkalada ma’lum bir sanoq boshi mavjud bo‘lib, shkala qiymatlari orasidasi nisbatlarni aniqlash mumkin.
Masalan: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar og‘irligi (4 kg va 3 kg). Birinchisi 1,33 marta og‘ir.
Supermarketda kartoshkani narxi bozordagiga nisabatn 1,2 marta ortiq..
Nisbiy va oraliqli shkalalar sonli hisoblanadi.
Mazkur shkala uchun quyidagi amallar o‘rinli: teng (=), teng emas (≠), katta (>), kichik (<), qo‘shish (+) va ayrish (-), ko‘paytirish (*) va bo‘lish (/).
Dixotomik shkala (dichotomous scale) – faqatgina ikki toifani o‘z ichiga oluvchi shkala.
Masalan: jins (erkak va ayol).
Turli xil ob’ekt xossalarini o‘lchashda turli shkalalardan foydalanishga doir misol ko‘rib chiqamiz.
Jadval 2.2. Turli hil ob’ekt xossalarini o‘lchami to‘plami
|
Ob’ekt raqami
|
Kasb-hunar (nominal shkala)
|
O‘rtacha bal (oraliqli shkala)
|
Ta’lim (tartibli shkala)
|
1
|
CHilangar
|
22
|
O‘rta
|
2
|
Olim
|
55
|
Oliy
|
3
|
o‘qituvchi
|
47
|
oliy
|
Quyidagi jadvalda temperatura sharoitini o‘lchash keltirib o‘tilgan.
Jadval 2.3. Bir tizim xossalari o‘lchami to‘plami
|
O‘lchash sanasi
|
Oblachnost (nominal shkala)
|
Ertalabki soat 8 dagi harorat (oraliqli shkala)
|
SHamol kuchi (tartibli shkala)
|
1 sentyabr
|
Bulutli
|
22 Sº
|
SHamol kuchli
|
2 sentyabr
|
aynigan
|
17 Sº
|
SHamol kuchsiz
|
3 sentyabr
|
Ochiq(tiniq)
|
23 Sº
|
SHamol o‘ta kuchli
|
Xulosa. Ma’ruzaning bu qismida biz ma’lumot, ob’ekt va atribut tushunchasi bilan tanishdik va ularni tavsiflarini keltirib o‘tdik. SHu bilan birga shkala turlari muhokama qilindi. Nominal shkala ob’ektlarni sifat belgilar atamasi orqali tasniflaydi. Unday keyin keluvchi tartibli shkalada esa ob’ektlar ma’lum bir tavsif orqali tartiblanadi. Oraliqli va nisbiy shaklalar murakkabroq bo‘lib, ushbu shkalalarda belgini miqdoriy qiymatlarini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |