Ma’lumotlar majmuasi va ularning atributlari Grafikli ma’lumotlar


Download 54.51 Kb.
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi54.51 Kb.
#1018496
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DATA MINING 01

Ma’lumotlar majmuasi turlari

YOzuvlardan tashkil topgan ma’lumotlar


Xozirgi kunda juda ko‘p duch kelinadigan ma’lumotlar – bu yozuvlardan tashkil topgan ma’lumotlardir (record data). Bunday ko‘rinishdagi ma’lumotlar majmuasiga quyidagilar misol bo‘ladi: jadvalli ma’lumotlar, matritsali ma’lumotlar, xujjatli ma’lumotlar, tranzaksion yoki operatsion ma’lumotlar.
Jadvalli ma’lumotlar - bu yozuvlardan tashkil topgan shunday ma’lumotki, ularning har biri fiksirlangan sondagi atributlar majmuasidan tashkil topgan bo‘ladi.
Tranzaksion ma’lumotlar – ma’lumotlarni maxsus (alohida) turini ifodalab, bunda tranzaksiya bo‘lib hisoblanuvchi har bir yozuv o‘z ichiga qiymatlar majmuasini oladi.
Quyida do‘konda mizojlarning xaridlari ro‘yxatidan tashkil topgan tranzaksion ma’lumotlar bazasiga misol keltirib o‘tilgan (rasm 2.1.).
Rasm 2.1. Tranzaksion ma’lumotlarga misollar

Grafikli ma’lumotlar


Grafikli ma’lumotlarga misollar: WWW-ma’lumotlar; molekulyar tuzilmalar; graflar (chizma 2.2.); xaritalar.

CHizma 2.2. Graf
Xarita yordamida, masalan, ob’ektni vaqt va fazo bo‘yicha o‘zgarishlarini kuzatish mumkin, fazo yoki tekislikda ularni taqsimganligi tavsiflarini aniqlash mumkin. Grafikli ko‘rinishda taqdim etilgan ma’lumotlarning afzalligi ularni qabul qilish, anglash ancha sodda, oson (boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarga nisbatan).

Kimyoviy ma’lumotlar


Kimyoviy ma’lumotlar ham ma’lumotlarning maxsus turini ifodalab beradi. Masalan: Benzene Molecule: C6H6 (chizma 2.4.)

CHizma 2.4. Kimyoviy ma’lumotga misol (Benzin tuzilmasi)

Ma’lumotlarni saqlash formatlari


Zamonaviy olam ma’lumotining eng asosiy xususiyatlaridan biri bu uning keskin ortib borishidir. Ma’lumotlar bilan ishlashning to‘rt aspekti mavjud: ma’lumotlarni aniqlash, hisoblash, boshqarish (manipulirovanie) va qayta ishlash (ma’lumotni yig‘ish, uzatish va boshqalar).
Ma’lumotlar boshqarilayotgan vaqtda “fayl” turidagi ma’lumotlar tuzilmasidan foydalaniladi. Fayllar turli hil formatga ega bo‘lishi mumkin.
YUqorida aytib o‘tilganidek, Data Miningning ko‘plab instrumentlari ma’lumotlarni turli hil manbalardan import qilish hamda natijaviy ma’lumotlarni turli hil formatlarga eksport qilish imkoniyatiga ega.
Tajriba uchun mo‘ljallangan ma’lumotlarni biror bir yagona formatda saqlash qulay bo‘ladi.
Data Miningning ba’zi bir instrumentlarida bunday jarayonlar ma’lumotlarni import/eksporti deb atalib, boshqalari ma’lumotlarni turli manbalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochish va Data Mining natijalarini taklif etilayotgan formatlarning biror bir turida saqlash imkoniyatini beradi.
Quyidagi chizmada eng ko‘p tarqalgan formatlar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar natijasi keltirib o‘tilgan “Ma’lumotlarni saqlash formatlari”(chizma 2.5.)

CHizma 2.5. Ma’lumotlarni saqlashning eng ko‘p tarqalgan formatlari
So‘rov o‘tkazilganlarning eng ko‘p qismi (23%) ma’lumotlarni o‘zlari foydalanayotgan ma’lumotlar bazasi formatida saqlashni afzal deb bilishadi, Text, CSV formatda - 18%, Text, space or tab separated va SAS formatda - 14%, Excel formatda - 9%, SPSS - 8%, S-Plus/R - 4%, Weka ARFF - 6%, Data Mining instrumentining boshqa formatlarida - 2%.
So‘rovlar natijasidan ko‘rinib turibdiki, Data Mining uchun ma’lumotlarni saqlashning eng keng tarqalgan formati bu ma’lumotlar bazasi formati ekan

Download 54.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling