Ma’lumotlar majmuasi va ularning atributlari Grafikli ma’lumotlar


Download 54.51 Kb.
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi54.51 Kb.
#1018496
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DATA MINING 01

Diskret ma’lumotlar umumiy soni chekli yoki cheksiz, lekin natural sonlar yordamida sanash mumkin bo‘lgan belgilarning qiymatlari bo‘lib xisoblanadi.
Diskret ma’lumotlarga misol. Inson yoshi (davomiylik variantlari soni chekli): 1, 2, 3 ... yosh.
Uzliksiz ma’lumotlar – bu shunday ma’lumotlarki, ularning qiymati biror bir oraliqdagi ixtiyoriy qiymatni qabul qiladi. Uzliksiz ma’lumotlarni o‘lchash katta aniqlikni talab qiladi.
Uzliksiz ma’lumotlarga misollar: harorat, balandlik, og‘irlik, uzunlik va boshqalar.

SHkalalar


O‘lchashning besh turdagi shkalasi mavjud: nominal, tartibli, oraliqli, nisbiy va dixotomik.
Nominal shkala (nominal scale) – faqatgina toifalarni o‘z ichiga oluvchi shkala; mazkur shkalada ma’lumotlarni tartiblash mumkin, lekin ular ustida hech qanday arifmetik amallarni bajarib bo‘lmaydi.
Nominal shkala nomlardan, toifalardan, ob’ektlarni klassifikatsiya va saralash uchun yoki biror bir belgi bo‘yicha kuzatish nomlaridan tashkil topadi.
Bunday shkalalarga misollar: kasblar, yashash shahri, oilaviy ahvoli.
Mazkur shkala uchun quyidagi amallar o‘rinli: teng (=), teng emas ( ).
Tartibli shkala (ordinal scale) – bu shkalada ob’ektlarga sonlar ularning bir-biridan farqiga nisbatan emas, balki joylashgan o‘rinlariga (pozitsiyalariga) nisbatan o‘zlashtiriladi.
O‘lchash shkalasi o‘zgaruvchilarni qiymatlarini tartiblash (ranjirovka) qilish imkoniyatini beradi. Tartibli shkalada o‘lchash natijasi faqatgina kattaliklarni kelish tartibi haqidagi axborotga ega bo‘lib, bir kattalik ikkinchisidan qanchaga katta yoki kichik ekanligini aniqlash imkoniyatini bermaydi.
Misol: faraz qilaylik, jamoalar musobaqalarda qatnashib (1, 2, 3-chi) o‘rinlarni egalashdi yoki talabalarni o‘zlashtirish reytingida (1-chi, 23-chi va boshqa) raqamli talabalar, bu holat bir jamoa ikkinchi jamoadan qanchaga kuchli yoki biror bir talaba boshqasidan qanchaga o‘zlashtirishi yaxshiligini aniqlab bo‘lmaydi, bu erda faqatgina ularning reytingdagi o‘rinlari haqida axborot mavjud.
Mazkur shkala uchun faqatgina quyidagi amallar o‘rinli: teng (=), teng emas (≠), katta (>), kichik (<).

Download 54.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling