“Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” Ma’ruzachi: O. Begulov


Download 18.78 Kb.
bet1/4
Sana25.10.2023
Hajmi18.78 Kb.
#1719369
  1   2   3   4
Bog'liq
MT1

“Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar”

Ma’ruzachi: O.Begulov

“Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanining maqsadi va vazifasi

Maqsadi - turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.

Vazifasi – talabalarni turli xil ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o‘quv jarayonlariga tadbiq etish usullarini o‘rgatishdan iboratdir.

Asosiy adabiyotlar ro‘yxati

  • Alfred V. Axo., Djon E. Xopkroft, Djefri D. Ulman. Struktura dannыx i algoritmы//Ucheb.pos., M. : Izd.dom: "Vilyams", 2000, — 384 s.
  • Baknell Djulian M. Fundamentalnыe algoritmы i strukturы dannыx v Delphi//SPb: OOO «DiaSoftYUP», 2003. 560s.
  • Robert Sedjvik. Fundamentalnыe algoritmы na C++. Analiz, Strukturы dannыx, Sortirovka, Poisk//K.: Izd. «DiaSoft», 2001.- 688 s.
  • Dinman M.I. S++. Osvoy na primerax//SPB.:BXV-Peterburg, 2006, 384.
  • SHildt, Gerbert. Polnыy spravochnik po S#//M. : Izd. dom "Vilyamc", 2004, 752 s.
  • Virt N. Algoritmы i strukturы programmы//M., Mir, 1985.

1-Mavzu: Ma’lumotlar turlari.Abstraktsiya. Ma’lumotlar abstraktsiyasi va ma’lumotlarning abstrakt tuzilmasi (2 soat)

  • Reja:
  • Asosiy tushunchalar va ta’riflar.
  • Ma’lumotlarni tasvirlash bosqichlari.
  • Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish.
  • Ma’lumotlarni standart turlari:
  • Foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan turlar
  • Abstraktsiya
  • Kalitli so‘zlar: ma’lumotlar tuzilmasi, ma’lumotlar turlari, abstrakt bosqich, mantiqiy bosqich, fizik bosqich, to‘plam, ketma-ketlik, matritsa, daraxt, graf, so‘z, butun tur, haqiqiy tur, mantiqiy tur, belgili tur, ko‘rsatkichli tur, sanaladigan tur, diapazonli tur.

Ma’lumot nima? Ma’lumotlar tuzilmasi deganda nima tushuniladi?

  • Ma’lumot - bu biror bir ob’ekt, jarayon, xodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir. Berilgan ma’lumot (belgi)lar qanday qiymat qabul qilishiga qarab ma’lumotlarning bir qancha turlari mavjud.
  • Ma’lumotlar tuzilmasi (MT) - bu tuzilmani tashkil qiluvchi elementlar(ma’lumotlar) va ular orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib beruvchi munosabatlar majmuasidir. MT o‘zining quyidagi xossalari bilan tasniflanadi:
    • qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlari to‘plami;
    • mumkin bo‘lgan amallar (operatsiyalar) majmuasi;
    • tashkil etilganlik tasnifi.

    • Download 18.78 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling