Ma`lumotlarni import va eksport qilish


§ MS Excelda import qilinadigan varoqqa o’tiladi


Download 0.66 Mb.
bet5/7
Sana14.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1001580
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-mavzu


§ MS Excelda import qilinadigan varoqqa o’tiladi;
§ import qilinadigan yacheykalar oralig’i belgilab olinadi;
§ belgilangan yacheykalar oralig’i ustiga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelinib, o’ng tugmasi bosiladi va kontekst menyudan “Prisvoit imya...” (“Nom berish...”) qismi tanlab olinadi;
§ oraliq qism nomi yozilib, “OK” tugmasi bosiladi.

§ elektron jadval saqlanib, MS Excel yopiladi;
§ MS Accessda MB ochiladi;
§ “Vneshniye dannye” (“Tashqi ma`lumotlar”) ilovasidagi   - MS Excel elektron jadvalini import qilish tugmasi bosiladi;

§ “OK”tugmasi bosiladi. Keyingi oynada “imenovannye diapazon” (“nomlangan oraliq”) tanlab olinadi va oraliq nomi ko’rsatiladi;

§ Keyingi qadamlarni to’liq varoqni import qilishdagi kabi bajaramiz.
2. “Dobavit kopiyu zapisey v konets tablits” (“Jadvalning oxiriga yozuvlar nusxasini qo’yish”) - MS Exseldan import qilingan ma`lumotlarni tanlangan jadval oxiriga qo’shadi. Agar jadval mavjud bo’lmasa, MS Acces yangi jadvalni hosil qiladi. Import qilinayotgan elektron jadval ustunlaridagi ma`lumotlar turi mos ravishda MBdagi maydonlar turi bilan bir hil bo’lishi kerak.

3. “Sozdat svyazannuyu tablitsu dlya svyazi s istochnikom dannx” (“Manba bilan bog’langan jadvalni hosil qilish”) – MBda MS Excel elektron jadvali bilan bog’langan yangi jadvalni hosil qilish. MS Excel elektron jadvalidagi ma`lumotlarni o’zgartirish, u bilan bog’langan MBdagi jadvalidagi ma`lumotlarni o’zgarishiga olib keladi. Demak, manbadagi biror o’zgarish har safar uni import qilishdan xalos qiladi. Lekin, MBdagi bog’langan jadval ma`lumotini o’zgartirish, MS Excel elektron jadvalidagi ma`lumotlarni o’zgarishiga olib kelmaydi. Bu holda bog’liqlik bir tomonlama. MBda bir necha bog’langan jadvallar bo’lishi mumkin. Yacheykalar oralig’i uchun ham bog’langan jadvalni hosil qila olamiz. Bog’liqlik yuqorida keltirilgan usul bilan hosil qilinadi.


Boshqa MS Access MBdagi ma`lumotlarni import qilish.
- boshqa MS Access MBdagi ob`ektlar va ma`lumotlarni import qilish. Obe`ektlar va ma`lumotlar quyidagi usullar bilan import qilinadi:
1.Ob`ektlari va ma`lumotlari import qilinadigan MB ochilib, ulardan nusxa olinadi (Ctrl+C). Ob`ektlar va ma`lumotlar qo’yiladigan MBga o’tib, ular qo’yiladi (Ctrl+V).
2.Joriy va boshqa MBlar ochilib, yonma-yon joylashtiriladi. Ob`ektlar belgilanib, sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda boshqasiga o’tkaziladi.
3. “Vneshniye dannye” (“Tashqi ma`lumotlar”) ilovasidan  tugmasini bosish orqali ma`lumotlarni import qilish yoki manbaa bilan bog’langan jadval hosil qilamiz.

Import tablits, zaprosov, form, otchetov, makrosov i moduley v tekuщuyu bazu dannx” (“Joriy MBga jadvallar, so’rovlar, formalar, hisobotlar, makroslar va modullarni import qilish”)- Boshqa MBdan joriy MBga ob`ektlarni import qilish. Bir vaqtda bir necha ob`ektlarni import qila olamiz.

Sozdat svyazannuyu tablitsu dlya svyazi s istochnikom dannx” (“Manbaa bilan bog’langan jadval hosil qilish”) –joriy MBda boshqa MB jadvali bilan bog’langan jadvalni hosil qilish. Joriy va bog’langan jadvaldagi ma`lumotlarni o’zgarishi ikkala tomonda ham uning o’zgarishiga olib keladi.

Faqatgina jadvallar bilan bog’lanish hosil qilinadi. Jadvallarni belgilab olib, “OK” tugmasini bosamiz.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling