1.Tavsifnoma, tavsiyanoma 3.Tushuntirish xati 4. E’lon, hisobot Tavsifnoma - Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.
- Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari : - Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar :
- a) ismi, otaismi va familiyasi;
- b) tug‘ilgan yili;
- v) millati;
- g) partiyaviyligi;
- d) ma’lumoti;
- ye) lavozimi;
- yo) ilmiy darajasi va unvoni.
- Hujjat nomi (Tavsifnoma ).
- Matn.
- Imzolar.
- Sana.
- Muhr.
- Qoidaga ko‘ra tavsifnomaga ikki shaxs: muassasa (yoki bo‘linma) boshlig‘i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
- Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo‘natiladi
O‘zMU fizika fakultetining 4-bosqich talabasi, 1997 yilda tug‘ilgan, o‘zbek, Nazar Shukurovga TAVSIFNOMA Nazar Shukurov o‘rta maktabni tugatgach, 2016 yilda Fizika fakultetining 1-bosqichiga o‘qishga kirdi. Universitetda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi. Fizika fanlariga alohida qiziqadi. U 2017 yilning aprel oyida talabalarning Xalqaro ilmiy konferensiyasida ma’ruza bilan qatnashdi. Ma’ruzasi konferensiyaning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. N.Shukurov fakultetning jamoat ishlarida faol qatnashadi, fakultetning «Yosh fiziklar» devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi. U kamtarin va to‘g‘riso‘zligi, mehribonligi tufayli hamkurslari hurmatiga sazovor bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |