Tavsifnoma Olmazor tuman hokimligiga taqdim qilish uchun berildi. Dekan (imzo) O.R.Azizov Kasaba uyushmasi raisi (imzo) A.R.Mirvalieva ( sana ) ( muhr ) Tavsiyanoma - Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat.
- Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari – mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki tashkilotga a’zo bo‘lishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi.
- tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi.
- Turli mukofotlarga taqdim etish – taqdimnoma ham tavsiyanoma shaklida bo‘ladi.
Tavsiyanomaning asosiy zaruriy qismlari: TAVSIYaNOMA Men Hakim Nasriddinovni 1974 yildan beri yaqindan taniyman. 1984 yildan boshlab O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida birga ishlaymiz. Bu davr ichida u atamashunoslik sohasida yetuk mutaxassis sifatida tanildi, filologiya fanlari nomzodi bo‘ldi. Uning dissertatsiya ishi, bir qancha maqolalari ilmiy puxtaligi bilan ajralib turadi. H.Nasriddinov intizom va qat’iyatliligi bilan jamoada obro‘ qozongan, totuv oilaning boshlig‘i. Institut ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu sababli men Hakim Nasriddinovni «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyotida ilmiy muharrir sifatida ishlash uchun tavsiya qilaman. filologiya fanlari nomzodi (imzo) A.Madvaliev
Do'stlaringiz bilan baham: |