Bir necha jamoat ishlarida ham qatnashaman, jumladan, 166qurilish tresti kasaba qo‘mitasining a’zosiman. 2001 yildan XDP a’zosiman. Uylanganman. Xotinim Rasulova Muhabbat, 1982 yilda tug‘ilgan. 2shahar kasalxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi. O‘g‘lim – Salimov Nodir, 1996 yilda tug‘ilgan, O‘zMU talabasi. Qizim – Salimova Lola, 2001 yilda tug‘ilgan, 261maktabda o‘qiydi. Mening turarjoyim: 100210, Toshkent, Shota Rustaveli ko‘chasi, 5uy, 27xonadon. Tel.: 71 2722861. (imzo) K. Salimov 2020.15.01. TILXAT - Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
- Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
- Hujjatning nomi (Tilxat ). - Matn : a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otaismi, familiyasi. b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otaismi, familiyasi (zarurat bo‘lganda muassasa nomi); v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zarurat bo‘lganda bahosi); g) olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina, apparatlar va sh.k. bo‘lsa). - Tilxat berilgan sana. - Tilxat muallifining imzosi. - Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart.
- Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi.
- Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
TILXAT Men, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining xo‘jalik ishlari bo‘limi mudiri Bahodir Olimov, Toshkent milliy cholg‘u asboblari zavodining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 6813500 (olti million sakkiz yuz o‘n uch ming besh yuz) so‘m bo‘lgan 30 (o‘ttiz) dona rubobni qabul qilib oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |