2018.21.02 (imzo) B.N.Olimov TILXAT TILXAT Men, Boysun tumanidagi «Fayz Ramz» fermer xo‘jaligi bosh lig‘i Karim Salimovich Rahimov, fermer xo‘jaligi kassiri Dilbar Salimovadan xo‘jalik a’zolarining iyun oyiga tegishli 7164500 (yetti millon bir yuz oltmish to‘rt ming besh yuz) so‘m miqdoridagi ish haqini tarqatish uchun oldim. 2019.16.09 (imzo) K.S.Rahimov TUShUNTIRISh XATI - Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir.
Tushuntirish xati 2 xil bo’ladi - Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, fermer xo‘jaligi a’zosi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti harakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartibqoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi.
- Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va ularning to‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbar yoki xodimning to‘liq nomi deyilganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan) bo‘linmaning nomi, shaxs lavozimi, ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi.
tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi: - Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi.
- Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi.
- Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati ).
- Hujjat matni (mazmuni ).
- Imzo.
- Sana (hujjat yozilgan vaqt ).
Toshkent qishloq xo‘jaligi
Do'stlaringiz bilan baham: |