Mamadiyorov Sirojiddinning " Umumiy Psixologiya"


Download 27.3 Kb.
bet1/7
Sana22.03.2023
Hajmi27.3 Kb.
#1286342
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
referat




Nizomiy nomidagi TDPU
Sirtqi bo’lim” 101-P.S talabasi
Mamadiyorov Sirojiddinning
Umumiy Psixologiya” fanidan
Mustaqil ishi

Zoopsixologiyaga va qiyosiy psixologiyaga kirish
Reja:
1. Qiyosiy psixologiya va zoopsixologiyani vazifasi ?
2. Zopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning qanday usullari mavjud?
3.Hayvonlar xatti-harakatini psixologik bilimlar tizimidagi o'rni
4. Zoopsixologiyani tadqiq qilishni besh usuli.

Hayvonlarning psixologik jihatdan o'rganish bilan birga, hozirgi kunda hayvonlarni biologik tarzda o'rganish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu etologiya soxasining tarkibiga kirib ular shu soha bilan shug'illanishadi. Etologlar birinchi navbatda hayvonlarning xattiharakatini ekologik omil asosida o'rganishadi, bunda hayvonlarni ma'lum bir sharoitlariga moslashish holatlari o'rganiladi. Bir vaqtning o'zida etologiya filogenezdagi hayvonlarning xatti-harakatini o'zgarish holatlarini ham tadqiq etadi. etologik o'ziga xoslik asosida albatta hayvonlarning instinktiv xulq-atvorlari yotadi. Dala sharoitida kuzatishlar natijasida etologlar hatti-xarakat biologiyasi nazariyasini yaratdilar. Bunda asosiy o'rinda instinktiv xulq atvor birlamchi o'ringa chiqadi. Ular evolyusion bilimlarga, funktsional morfologiyaga, ommaviy ekologiyaga, hayvonlar tizimiga, googeografiyaga va boshqa sohalarga qimmatli foyda keltirdilar.
Zoopsixologiya o'zining xatti-harakatlarini hayvonlar xulq-atvorini o'rganishga qaratadi, etologlar esa biologik holatlarga. Biroq psixik omillarsiz xayvonlarning biologik holatlarini o'rganish mumkin emas, va aksincha6.
Zoopsixologiyani fiziologiya bilan aloqasi ham uzviylik holati mavjud. Ayniqsa neyrofiziologiya oliy nerv fiziologiyasi bilan, zoopsixologdan farqli ravishda fiziolog psixik aks ettirish holatlarini o'rganadi. Fiziologik tadqiqotlar xuddi zoopsixologiya kabi o'tkaziladi, unda xatti-harakatlar tahlil qilinadi, bunda albatta fiziolog oliy nerv faoliyatiga o'z e'tiborini qaratadi. Uning birlamchi vazifasi faoliyat tizimlari va a'zolarini o'rganishdan iborat. Sodir bo'layotgan holatlarni o'rganayotgan vaqtda albatta psixik aks ettirishlarni ham kuzatish mumkin, biz organizmni bir butun sifatida idrok qilishimiz zarur bo'ladi. Biroq fiziologik jarayotnlarda xatti-harakat shakli, fiziologik mexanizmlarni anglashga yordam beradi, demak fiziologik mexanizmlar va alohida jarayonlar orasidagi chegaralarni yo'qotadi. Shuning uchun ham fiziologiyani o'rganayotgan vaqtda etologik yoki zoopsixologik nuqtai nazarlar bilan yondoshish mumkin emas. Fiziologlarni vazifasi zoopsixolog va etologlarnikidan farqlidir. Yuqoridagi xech bir fan boshqasining o'rnini bosa olmaydi, ular faqatgina xamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Bu yo'nalishlar orqali hayvonlarni to'liq tahlil qilish imkoniyatini yaratishimiz mumkin. Hayvonlarni tadqiq qilish asosan laborotoriya sharoitida amalga oshiriladi. Zoopsixologiya fanida hayvonlarni atrof muhit bilan munosabatlarini o'rganish holatalari ham mavjud. Hayvonlar o'zlarini oldingi tajribalaridan kelib chiqqan holda ularni nazorat qilish oson bo'ladi.
Qiyosiy psixologiya yuqori darajada rivojlangan umurtqalilarni atropogenetik holatlarini o'rganuvchi sohalardan biri xisoblanadi. Uning asosiy holati hayvonlarni intellektini o'rganishdan iboratdir. Ba'zi holatlarda qiyosiy psixologiya fan sifatida emas balki usul sifatida talqin etilishi mumkin. Ba'zi bir olimlar esa aksincha tasavvur qiladilar, masalan Vladimir Aleksandrovich Vagner zoopsixologiyani qiyosiy psixologiyani bir qismi sifatida e'tirof etgan.

Download 27.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling