Mamadiyorov Sirojiddinning " Umumiy Psixologiya"


Qiyosiy psixologiya hozirgi kunda hayvonlar va insonlarning kelib chiqish qonuniyati va ularning rivojlanish holatlarini o'rganadigan fanlar qatoriga kiritiladi


Download 27.3 Kb.
bet2/7
Sana22.03.2023
Hajmi27.3 Kb.
#1286342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
referat

Qiyosiy psixologiya hozirgi kunda hayvonlar va insonlarning kelib chiqish qonuniyati va ularning rivojlanish holatlarini o'rganadigan fanlar qatoriga kiritiladi.
Qiyosiy psixologiyani predmeti sifatida inson va hayvonlarning holatlarini solishtirishdan iboratdir. Shuning uchun ham qiyosiy psixologiya zoopsixologik ma'lumotlar asosida tahlil qilinadi, inson va hayvonlarning ontogenez va filogenezidagi o'zgarishlarni tahlil qilishga yo'naltirilgan bo'ladi.
Qiyosiy psixologiya va zoopsixologiyani vazifasi sifatida quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Zoopsixologiya fanga nisbatan an'anaviy ishonchsizlik holatlarining mavjudligi. Hayvonlarning psixikasini o'rganish mumkin emas degan g'oyalarning mavjudligi. Ilmiy zoopsixologiya hayvonlarning xissiyotlarini o'rganishdan iborat emas, balki uning vujudga kelishi va evolyusiya natijasida o'zgarishini o'rganadi.
Amaliy vazifalari sifatida hayvonlar psixikasi haqidagi bilimlarni kerakli bo'lgan sohalarda ishlatishdan iborat, bunda uchta sohani keltirib o'tishimiz mumkin:
Inson faoliyatining hayotiy va xo'jalik sohasida;
Insonni tabiatni himoya qilish sohasida
Rivojlanayotgan psixoterapevtik maqsadlarda.
Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani muammolari:
Psixik aks ettirishni vujudga kelishi va uning rivojlanishi;
Hayvonlarda tug'ma va orttirilgan xatti-harakatlar tavsifi;
Ontogenezdagi xatti-harakatlar qonuniyati, turli xil guruhdagi hayvonlarning psixikasi
Hayvonlarning intellektini o'ziga xosligi;
Hayvonlarning psixikasi va xatti-harakatlarini antropogenetik ahamiyatlari.
Qiyosiy psixologiya — psixologiya sohasi. Psixikaning filogenetik (kelib chiqish), ontogenetik (inson umriga oid) holatlar va ularning shakllarini tadqiq qiladi. Qiyosiy psixologiyada hayvonlar psixologiyasi odamlarniki bilan qiyoslanadi, ularning xulq-atvoridagi oʻxshashliklar va tafovutlarning sabablari tekshiriladi, harakatlantiruvchi biologik va tabiiy kuchlar, ijtimoiy muhitdagi taʼsir oʻtkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi. Zoopsixologiya Qiyosiy psixologiyaning asosiy boʻlimi (tarkibiy qismi)dan iborat boʻlib, u turli guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xattiharakatlarini oʻrganadi. Etologiya — biologik va psixologik jabhalar qorishmasidan iborat boʻlib, hayvonlarning xattiharakatidagi tugʻma (irsiy) alomatlar, mexanizmlar insonniki bilan umumiy negizga ega ekanligini oʻrganuvchi soha. Qiyosiy psixologiya insonda ongning vujudga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan psixologik muammolarni qamrab oladi. Shuningdek, u inson xattiharakatining biologik, ijtimoiy, turmushda orttirilgan jabhalarini tadqiq etuvchi psixologiya tarmogʻi. Insonda mehnat faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvi, kishilik jamiyatining rivojlanishi, odamlar orasida oʻzaro munosabat vositasi sifatida nutqning paydo boʻlishi ijtimoiypsixologik omillar, shartsharoitlar turkumini tashkil qiladi. Insonda ongning paydo boʻlishi, rivojlanishi va oʻzini oʻzi anglashini aniqlovchi psixologik omillarni hisobga olish, bola kamoloti toʻgʻrisidagi qonuniyatlarga asoslanish qiyosiy tahlilning mahsulidir.
Empirik ma'lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar bu faktik materiallarni tadqiqot predmeti va holatlari orqali olingan xisoblanadi. Shuning uchun ham bu metodlar fanning ma'lum bir sohasiga va tadqiqotni ma'lum bir tadqiqiga aloqador hisoblanadi. Zoopsixologiyada bu hayvonlarning xatti xarakatlari xisoblansa, qiyosiy psixologiyada inson va hayvonlarning xatti-harakatlarni solishtirish xisoblanadi. Bir biriga uyqash bo'lgan fanlar bir biriga o'xshash ba'zi bir holatlarda bir xil usullardan foydalanishlari mumkin5. Bu zoopsixologiyaga bilan bog'liq bo'lgan fanlarga ham aloqador, fiziologiya va etologiya. Empirik ma'lumotlar va faktlarni tahlil qilish asosidagi metodlar bu fanlar metodologiyasi xisoblanadi. Bunda fanlarning nazariy holatlari, kelib chiqish vaqtlari nazariy va amaliy ahamiyatlarini o'rganish mumkin. Tadqiqotning predmeti haqidagi ma'lumotlar albatta nazariy asoslar orqali tahlil qilinadi. Shu tariqa hayvonlarning xatti-g'arakatlarini o'rganib zoopsixologiya, etologiya va fiziologiya fanlari bir xil predmetni o'rganib, biroq ularni turlicha talqin etishlari kerak bo'ladi. Psixologiya sub'ekt psixikasining ichki holati bo'lib, psixik jarayonlarni tuzilishi, funktsiyasi; etologiya hayvonlarning turlarini vujudga kelishi va moslashish ahamiyatini, fiziologiya insonlar va hayvonlarning psixikasini ichki mexanizmlarini o'rganishdan iborat.
Ilmiy tahlil nazariyalari metodlari o'rganiladi, ular tafakkurning mexanimzlari asosida shakllanadi. Buning uchun albatta fanning metodologiyasi bo'lishi shart. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya psixologik yondoshuvlardan foylanadi, bunda psixikani evolyusion jabhada tahlil qilish mumkin. Evolyusion yondoshuvda:evolyusion tizimli yondoshuv, faoliyatli yondoshuv, madaniy tarixiy, qiyosiy psixologik. Bularning nazariy tahlili keyingi bo'limlarda ko'riladi.
Empirik ma'lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya fanida ikki asosiy guruhga bo'linadi. Kuzatish usuli eksperiment metodi. Har bir sulning qo'llanish holatlari

Download 27.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling