Mamatmusayeva Xurshida Ismoil qizi
Download 32.11 Kb.
|
Asosnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning obekti
- Tatqiqotning predmeti.
Tadqiqotning maqsadi. Maktab o‘quvchilari, ayniqsa, 2-3-sinf o‘quvchilari ma’lum darajada o‘qish ko‘nikmasini egallaganliklari uchun ularni matn ustida mustaqil ishlashga ko‘proq e’tibor berish lozim.
O‘quvchilarning topshiriqni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay usullarni tanlay bilishi, ishga ijodiy yondashishi muhimdir. O‘quvchilarni ishni bunday o‘ylab, izchil bajarish ko‘nikmalari o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi, albatta. Bunday ko‘nikmalarni bolalar o‘qituvchining alohida o‘tkaziladigan mashqlari orqali egallaydilar. Faqatgina o‘qituvchi rahbarligida ishlagandagina, ular fikrlashga, amaliy mashg‘ulotlarni ijodiy bajarishga, yo‘l qo‘yilgan xatolarni topish va uni tuzatishga o‘rganadilar. Biz ushbu mavzuni yoritishda , pedagogik amaliyotda o‘tagan tajribamizga suyanib, 2-4-sinf maktab o‘quvchilarida o‘tkazilgan dars jarayoni va darsdan tashqari o‘tkazilgan mustaqil ishlarni tashkil etishga oid fikrlarimizni bayon qilamiz. Tadqiqotning obekti sifatida boshlangʼich sinf o‘quvchilarining mustaqil ishlarini shakllantirish jarayoni belgilanib, sinov-tajriba ishlariga Namangan, Toshkent va Navoiy viloyatlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 251 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jalb etildi. Tatqiqotning predmeti. O‘quvchilarning mustaqil ishlarni PIRLS baholash dasturlari talablari asosida shakllantirishning mazmuni shakl, vosita va metodlari tashkil qiladi. Tadqiqotning vazifalari. - Boshlang‘ich taʼlim uchun tavsiya etilgan taʼlimning asosiy, yordamchi va didaktik vositalar tizimini PIRLS xalqaro baholash dasturi talablaridan kelib chiqib takomillashtirish; - PIRLS baholash dasturi talablari asosida boshlangʼich sinf oʼquvchilarning mustaqil ishlarini shakllantirishda mustaqil ishlar jarayonini loyihalashtirish hamda oʼqitishni individuallashtirish, intensivlashtirish va optimallashtirish; - bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarida Boshlang‘ich sinf o`quvchilarini shakllantirishda sharq mutafakkirlarining fikrlarini o‘rganish; - auditoriyadan tashqari o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlar orqali bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirish yo‘llarini ishlab chiqish; - Boshlang‘ich sinf o`quvchilarini mustaqil fikrlashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning samaradorlik darajasini aniqlash. Download 32.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling