Mamatmusayeva Xurshida Ismoil qizi


Tadiqotningning metodologik asoslari


Download 32.11 Kb.
bet3/5
Sana18.11.2023
Hajmi32.11 Kb.
#1784849
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosnoma

Tadiqotningning metodologik asoslari. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmonlari, 2019 yil 16 yanvardagi PQ-4119-son “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi 213-son “Toshkent viloyati CHirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda mazkur faoliyat bilan bog’liq boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning usullari: Tadqiqotda adevkat holatda o‘rganishni ta’minlashga qaratilgan nazariy (qiyosiy-taqqoslash, modellashtirish, tahliliy-sintetik), diagnostik (so‘rovlar, test, kuzatish, suhbat), prognostik (ekspert baholash, mustaqil baholarni umumlashtirish), pedagogik eksperiment va matematik (ma’lumotlarni statistik qayta ishlash, natijalarni grafik tasvirlash) metodlar majmuidan foydalanildi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni, jumladan, boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash muammosi ularda axloqiy madaniyatni shaklantirish bilan bog’liq. Sababi, hozirgi davrda o‘zida yuksak axloqiysifatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchigina shogirdarida (o‘quvchilarda, talabalarda) ma’naviy xislatlarni shakllantira oladi.
O‘zbekistonda o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish muammosi pedagogikaning asosiy tadqiqot obyektlaridan biri sifatida mahalliy olimlar tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Xususan, o‘quvchilarda bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari R.A.Mavlonova, B.R.Adizov, M.G.Davletshin, R.Safarova, R.Ibragimov, T.N.Najmitdinova, X.P.Nazarova; mustaqil ta’limning xususiyatlari, o‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etishning pedagogik asoslari Z.Nishonova, E.I.Zakinov, J.Tolipova, O‘.K.Tolipov, N.Xalilov, Sh.Yunusova, O,A.Qo‘ysinov, S.R.Abdalovalarning ilmiy tadqiqotlarida yoritilgan.
Xorijlik olimlardan J.Valijarvi, M.Uljens, S.T.Hopman, G.Brinek, M.Retzl, J.Sachs, P.Sahlberg, H.Niemi, A.Toom, A.Kallioniemi, Jakku-Sixvonen, G.TSukermanlarlarning ilmiy izlanishlarida ta’lim sifatiga qo’yilayotgan zamonaviy talablar, ta’lim jarayonini PIRLS xalqaro baholash dasturi talablari asosida tashkil qilish masalalari o’z ifodasini topgan.

Download 32.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling