Mamatov Zafar


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#216157
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
afina quldorlik demokratiyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

30 


3. Afinaning madaniy ravnaqi masalalarini tarix darslarida qiyosiy  

o’rganishning ahamiyati. 

 

      Tarix  fani  o’qituvchisi  zamonaviy  dars  elementlari  asosida  darsga 



tayyorlanar  ekan,  u  avvalo  tarix  darslarida  qo’llanidaligan  usul  va  vositalarni 

aniqlab  oladi.  SHuningdek  o’z  oldiga  Jahon  tarixini  Vatan  tarixi  bilan 

uyg’unlashtirib o’tish, buning barobarida esa yosh avlod o’zligini anglab, ajdodlar 

merosini  qadrlashni  o’rganadi,  komil  insonga  xos  fazilatlar  shakllantirish,  kasbga 

yo’naltirish,  vatanga  muhabbat,  el-yurtga  sadoqat,  bajarilayotgan  ishga  nisbatan 

maqsadni  aniq  va  to’g’ri  yo’naltirish    masalalarini  qo’yadiki,  bu  zamonaviy  tarix 

darsi va zamonaviy o’qituvchi oldidagi vazifalar sirasiga kiradi. 

Afinaning  madaniy  ravnaqi  haqida  gapira  turib  albatta  madaniyatning  eng 

rivojlangan nuqtasi, aynan o’sha davrda O’rta Osiyo mamlakatlarida madaniyat va 

san’at, ulardagi o’xshashlik va farqli jihatlar xususida gapirib o’tish mumkin.

 

Afinaliklarni  shahari  savdo  bilan  mashg’ul  bo’lishi  qanday  imtiyoz  va  foyda 



berishini hikoya qilib, eng avvalo u kemalar uchun eng yaxshi va eng mustahkam 

gavanlarga  ega  ekanligi,  ularda  yashirinish  va  bo’ronli  ob-havoni  tinch  o’tkazish 

mumkin  ekanligi,  kumush  konlariga  tegishli  tarzda  ishlov  berilsa  birgina  ularni 

o’zlaridan, boshqa daromadlarsiz katta miqdorda pul tushumi haqida qiyosiy tahlil 

qilinadi. 

“Jahon  tarixi”  fanini  o’qitishda  uning  davrlarini  O’zbekistonning  davrlari 

bilan  birga  taqqoslagan  holda  bog’lab  yoritish  hamda  Jahon  tarixida  O’zbekiston 

tarixining  tutgan  o’rni  aniq  va  ravshan  ifoda  etilishiga  erishmoq  zarur.  Tarixiy 

voqealarni  bosqichma  –  bosqich,  ya’ni  izchillikka  rioya  qilgan  holda  ochish, 

xususan, davr va zamon ruhini berish hamda mustaqil O’zbekistonning istiqboldagi 

taraqqiyotini  ko’zda  tutgan  holda  bayon  etilishiga  erishmoq  kerak.  “Jahon  tarixi” 

fanini  insonparvarlashtirish  masalasiga  jiddiy  e’tibor  berish,  ya’ni  tarix  faqat 

qarama  –  qarshi  sinflar  kurashidangina  iborat  deb  insoniyatni  ikkiga  bo’lib,  bir  – 

biriga  qarshi  qo’ymasdan,  balki  ularni  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida  o’zaro 

totuvlikka,  bir  –  birlariga  yordam  berishga,  tinch  va  osoyishta  yashash 

taraqqiyotning garovi ekanligiga ishontirish zarur. 




 

31 


 

Xullas,  “Jahon  tarixi”  fani  yoshlarni  milliy  tiklanish  mafkurasi  ruhida, 

vatanparvar, baynalmilalchi, mehnatsevar qilib tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. 

Jahon  tarixini  o’qitish  va  o’rganishning  metodologik  asosini  umumbashariy  va 

milliy  qadriyatlar  ustivorligi,  tarixiylik,  xolisonalik,  insonparvarlik  va  hozirgi 

davrning  eng  ilg’or  ilmiy  –  nazariy  xulosalari  tashkil  etadi.  “Jahon  tarixi”  fani 

materiallari kishilarda yuksak axloqiy fazilatlar: o’zligini anglash, mehnatsevarlik, 

vatanparvarlik,  halollik,  poklik,  insof,  diyonat,  iymon,  intizomlilik,  o’z  qadrini 

bilish, go’zallikni sevish kabi xislatlarni  kamol toptirish vositasidir.  

        Tarix  darsini  tashkil  etish  jarayonida  o’qituvchi  Afina  demokratiyasi 

mavzusini  o’tishning  samarali  usullarini  tanlash  bilan  birgalikda  darsda 

foydalaniladigan ko’rsatmali vositalani ham aniq va zarurlarini tanlash lozim. Biz 

yuqorida  ta’kidlab 

o’tganimizdek,  jahon  tarixi  mavzulari  mavzulararo 

aloqadorlikka  asoslanishi  uchun  O’zbekiston  tarixi  faniga  oid  tarixiy  jarayonlarni 

yoritib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.      

          YUqorida zikr etilganidek, tarix darslarini boy va samarali tashkil etishning 

yana  bir  yo’li  muammoli  vaziyatlar  vujudga  keltira  olish  va  aynan  ana  shu 

jarayonda  didaktik  o’yinlardan  foydalanishdan  iborat.  Tarix  darslarida  o’qituvchi 

har  bir  mavzuga  oid  ko’rgazma,  xarita  va  turli  o’yillar  usullaridan  foydalanishi 

mumkin  ekan,  avvalo  har  bir  darsda  mavzuning  xarakteridan  kelib  chiqib, 

halqimizning  boy  pedagogik  tajribasiga  murojaat  qiladi,  undan  foydalanish 

imkoniyatini izlaydi. 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling