Mamatov Zafar


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#216157
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
afina quldorlik demokratiyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2. Afina quldorlik demokratiyasida madaniy hayot va siyosiy 

qarashlar. 



 

15 


 

Biz  ushbu  mavzuda  Afinada  quldorlik  demokratiyasining  rivojlanish 

bosqichlari,  madaniy  hayot  xususida  gapirishga  harakat  qilamiz,  shuningdek,   

rejamizni  yoritishda  Afina  quldorlik  demokratiyasining  cheklanganligi,  madaniy 

hayotda  iz  qoldirgan  jihatlar,  mamlakatla  o’tkazilgan  islohitlar,    siyosiy 

qarashlarning o’rni xususida him gapirib o’tmoqchimiz. 

Yunoniston-Eron  urushlari  va  Afina  dengiz  ittifoqining  tashkil  topishi 

vaqtida Afinaning dengizchilnk qudratiga asos solinib,  rivojlana boshlagan. Solon 

islohotlariga  ko’ra  Afinaning  barcha  fuqarolari  o’zlari  mansub  bo’lgan  mulkiy 

darajaga  qarab  ma’lum  harbiy  majburiyatlarni  ado  etganlar  va  tegishli  siyosiy 

huquqlarga ega bo’lganlar. SHu islohotlardan keyin Afina kambag’allaridan iborat 

bo’lgan fetlar Afina siyosiy strukturasining eng quyi bosqichiga tushib qolganlar. 

Og’ir  qurol  sotib  olish  uchun  ularning  mablag’i  bo’lmagan  va  shuning  uchun 

yordamchi  otryadlarda  xizmat  qilishga  majbur  bo’lganlar.  Matroslarga 

qimmatbaho  qurollar  kerak  bo’lmaganligi  sababli,  fetlar  quruqlikdagi  yordamchi 

otryadlarga xizmat qilishdan tashqari, kemalarda xizmat qilish uchun borganlar.  

Afina dengiz ittifoqining tayanchi bo’lib qolganligi uchun fetlar o’z siyosiy 

ahamiyati  jihatidan  asta  sekin  Afina  demosining  boshqa,  davlatmandroq  va 

imtiyozli  darajalari—zevgitlar  va  hatto,  qisman  suvoriylar  bilan  tenglasha 

boshlaganlar.  Fetlar eramizdan  avvalgi  V  asrda  Afina qudratining  tayanchi bo’lib 

qolgan. 

Yunoniston  Eron  urushlarida  Afina  armiyasini  tashkil  etuvchi  afinalik 

demos  g’alaba  qozongan.  Binobarin,  tabiiyki,  demos  Yunoniston  Eron  urushlari 

davridayoq  yuqori  ko’tarilib,  hokimiyatga  intilganlar.  Bundan  tashqari,  xuddi 

demos 

o’sha  vaqtdagi  ishlab  chiqarishning  tashkilotchisi  bo’lgan,  u 



hunarmandchilik  va  savdo  sotiq  bylan  shug’ullangan.  Demos  tufayli  xo’jalik 

haqiqatan ravnaq topgan. 

Eramizdan  avvalgi  V  asrda  qishloq  joylarida  asosan  qishloq  demosining 

vakillari  bo’lmish  mayda  va  o’rta  dehqonlar  yashaganlar    yirik  yer  egaligi  oz 

bo’lgan.  Eramizdan  avvalgi  IV  asrda  yirik  yer  egaligi  rivojlanadi,  ammo  endi  u 



 

16 


aristokratiyaning  hukmronligi  asosida  emas,  balki  oligarxiyaning  o’sishi  tufayli 

rivojlanadi.    Afina  aristokratlari  asta  sekin  o’z  rahbarlik  pozitsiyalarini  yo’qota 

borib,  qarshilik  ko’rsatishni  davom  ettirganlar.  Yunoniston  Eron  urushlari 

oxiridayoq aristokratik va demokratik guruhlar o’rtasida siyosiy kurash boshlanadi, 

bu guruhlarii biz noaniq ravishda partiyalar deb ataymiz. 

Aristokratlar  partiyasi  harbiy  muvaffakiyatlari  tufayli  Afinada  birinchi  rol 

o’ynashga intilgan  va  bu partiyaga  mashhur sarkarda  Miltiadning’  o’g’li    talantli 

kema  darg’asi  Kimon      boshchilik      qilgan  Lekin      aristokratlar  partiyasining’ 

kuchlari  qaqshab  qolgan.  Aristokratlar  o’sha  vaqtdagi  ishlab  chiqarishda  endi 

ko’zga ko’riparli rol o’ynamaganlar, ularning’ yermulklary esa kamayib borgan. 

Aristokratlar va ularga qo’rilgan boy fuqarolarning guruhi areopagga tayapib 

va  aholining  urushda  band  bo’lgan  ko’pchilik  demokratik  qatlamlarining  Afinada 

yo’qligidan  foydalanib,  vaqtincha  o’z  hokimiyatshsh  kuchaytirgan.  Ammo  urush 

harakatlari  tugallanib,  jangchilar  va  matroslar  uylariga  qaytib  kelgan  sari  keng 

demos  ommasiiing  aktivligi  kuchaya  borgan.  Demokratik  partiyaning  muhim 

vazifasi — areopagning siyosiy funksiyalarini zaiflashtirish bo’lgan.  

Eramizdan  avvalgi  462  yilda  dsmokratik  partiyaning  yo’lboshchisi  Efial 

islohoti o’tkazilgan. U areopagni siyosiy muassasa sifatida yo’q qilishni o’z oldiga 

maqsad    qilib      qo’ygan      edi.      Lekin      bu    orgashshng  obro’e’tibori  juda  zo’r 

bo’lgailigi  sababli  Efialt  to’g’ridan  to’g’ri  harakat  qilolmagan.  U  areopagning’ 

ayrim a’zolarini sud ishlari uchun pora olishda ayblaydigan materiallarni to’plagan 

(areopag  u  vaqtda  Afinaiing  oliy  sudi  bo’lgan).  Ochib  tashlangan      faktlar   

areopagning      obro’siga      putur      yetkazgan.      Shuning  uchun  Efialt  quyidagi 

islohotni  o’tkazishga    muvaffaq  bo’lgan.  Bundan  buyon  areopag  siyosiy  nazorat 

hokimiyatidan  mahrum  qilingan,  endi  u  qasddan  o’ldirishda  va  kufroniylikda 

ayblashlardan bo’lak hech qanday sud ishlarini hal qilolmagan. Qolgan ishlarning   

hammasi      hakamlar      sudiga—gelieyaga      topshirildi.  Areopag  o’zining  ilgarigi 

ahamiyatini yo’qotdi. To’g’ri, Efialt bu  islohotii   o’tkazgani uchun  o’z   hayotini  

qurbon qilgan.  Bu aristokratlarnipg o’ch olishi edi,  albatta. 

Efialtning  halok  bo’lishiga  qaramay,  Afina  demokratik  partiyasi  va  Afina 




 

17 


demosi o’z siyosiy  mavqeini mustahkamlab oldi. Lekin aristokratik va demokratik 

partiyalar o’rtasidagi kurash keskinlashdi. 

Perikl  quldorlik  demokratiyasi  ideyalariga  astoydil  sodiq  bo’lgan.  U  Afina 

demrsining  turmushini  yaxshilash  to’g’risida  g’amxo’rlik  qilgan  va  demosning 

manfaati  yo’lida  siyosiy  faoliyat  ko’rsatishni  o’zining  butun  hayotining  maqsadi 

qilib  qo’ygan.  Bu  to’g’rida  u  Peloponnes  urushida  dastlab  halok  bo’lgan 

jangchilarni dafn etish marosimida so’zlagan nutqida gapirgan. Bu nutqni tarixchi 

Fukidid  yozib olgan.  Perikl  Afina demokratiyasiga va  eramizdan  avvalgi  V  asrda 

ishlangan  san’at  asarlariga  katta  ahamiyat  bergan.  Uning  «Biz  qisqa  muddatda 

yaratgan narsamiz qisqa muddat yashamasligi kerak»—degan so’zlari mashhurdir. 

Perikl,  qadimgilarning  fikricha,  yuqumli  kasal—vabodan  o’lgan.  Ammo 

aftidan,  u  tepkili  terlatmaning  og’ir  formalaridan  biridan  o’lgan  bo’lishi  mumkin. 

O’limi oldidan u, o’z hayotingizda nimani eng muhim hisoblaysiz, degan savolga: 

«Bitta ham afinalik fuqaro mening uchun qora libos kiymasin» deb javob bergan 

Perikl  demosning  o’rta  tabaqalariga  tayangan  va  Afina  fuqarolarining 

kambag’al  tabaqalarini  ish  bilan  band  qilish  to’g’risida  harakat  qilgan,    buning 

uchun  u  shahar  devorlarini  Afinaliklarning  qora  libosi—yaqin  kishilari    o’lganda 

kiyiladigan  motam  kiyimi,  xamda  Afina  bilan  Pireyni  bog’laydigan  devorlarni 

qurish  va  mustahkamlash  ishini  tashkil  qilgan.  Perikl  Afina  xalq  yig’inida 

mustahkam qo’pchilikka tayangan holda 15 yil hokimiyat tepasida turgan. 

Afina  davlat  hokimiyatining  asosiy  organi  xalq  yig’ini—ekklesiya  bo’lgan. 

Xalq yig’ini Akropol yaqinida joylashgan yassi tepalik Pniks ustida odatda kamida 

o’n  kunda  bir  marta  yig’ilgan.  Keyinchalik  majlislar  Afina  teatriga  ko’chirilgan. 

Xalq  yig’inida  20  yoshga  yetgan  barcha  afinalik  fuqarolar  qatnashgan.  Boshqa 

shaharlardan  kelgan  va  lekin  Afinada  istiqomat  qiladigan  yunonlar—meteklar 

hamda qullar xalq yiginiga qo’yilmagan. 

Afina  xalq  yig’ini  Afina  siyosatining  hamma  asosiy  masalalarini  qarab 

chiqqan  va  hal  qilgan,  moliya  masalalarini  qarab  chiqqan,    urush  va  sulh 

masalalarini  hal  qilgan,  o’zga  mamlakatlardan  kelgan  diplomatlarnipg 

ma’ruzalarini  tinglagan,  shuningdek,  juda  ko’p  kundalik  masalalarni  ko’rib,  hal 




 

18 


etgan  Afinalik  har  bir  fuqaro  istagan  masalasini  xalq  yig’iniga  qo’yishga  haqli 

bo’lgan.  Qaror  ochiq  ovoz  berish  yo’li  bilan,  ya’ni  qo’l  ko’tarish  bilan  qabul 

qilingan, ba’zan yopiq ovoz berish yo’li bilan ham qabul qilingan. Ovoz berilganda 

qutiga  yo  loy,  yo  qora  va  oq  toshchalar,  yoki  xat  yozilgan  siniq  sopol  parchalari 

tashlangan. 

Xalq  yig’inidan  tashqari,  boshqa  demokratik  muassasalar  ham  bo’lgan, 

ammo o’z ahamiyati jihatidai ular xalq yig’ipiga tenglasha olmagan. 

Demokratik  muassasalardan  biri  bule,  ya’ni  besh  yuzlar  kengashi  bo’lgan. 

Bu  kengash  Klisfen  zamonidayoq  ta’sis  etilgan.  Besh  yuzlar  kengashi  xalq 

yig’inida muhokama qilinadigan kun tartibini va masalalarii tayyorlagan. Bundan 

tashqari,  kengash  Afinadag’i  mansabdor  shaxslarning  ishlarini  qarab  chiqqan. 

Gelieya—hakamlar  sudi  yirik  demokratik  muassasa  bo’lgan.  Sudyalarni  barcha 

afinalik  fuqarolar  qur’a  tashlab  saylaganlar.  Hammasi  bo’lib  6  ming  sudya 

saylanib, bulardan 5 mingi hakam va 1 mingi zapas bo’lgan. Afina sudi 10 palataga 

bo’linib,  bu  palatalar  dikasteriyalar  deb  atalgan  va  bir  qaicha  komissiyalardan 

iborat  bo’lgan.  Sudyalar  va  sud  mahkamalarining  bu  qadar  ko’p  bo’lishining 

sababi  shu  bo’lganki,  ular  faqat  Afina  fuqarolari  uchun  tuzilmagan.  Unda 

Afinaning barcha ittifoqchilari ham, ya’ni xaqiqatda Kichik Osiyo, Janubiy Frakiya 

sohillaridagi va Egey dengizi orollaridagi aholining deyarli xammasi sud qilinishi 

kerak  bo’lgan.    Afina  sudida  sud  qilinadigan  hech  bir  grajdan  uning  ishi  qaysi 

dikasteriyada ko’rilishini bilmagan. Buni u sud bo’ladigan kuni yoki undan bir kun 

oldin  bilgan,  xolos.  Da’vogar  pora  berolmasligi  uchun  shunday  qoida  joriy 

qilingan  ekan.  Qadim  zamonda      advokatlar      bo’lmagan.    Da’vogar      yoki 

ayblanuvchining  o’zi  o’zini  himoya  qilib  so’zlagan,  uning  qarindoshlari  ham  sud 

majlisida chiqib so’zlashlari mumkin bo’lgan.

4

 



 Afinadagi strateglari ya’ni jarboshilar kollegiyasi muhim muassasa bo’lgan. 

Kollegiya  10  kishidan  iborat  bo’lgan.  Bu  kollegiya  Afina  mudofaasini, 

qo’shinlarni,  harbiy  kemalarni,  qal’alar  va  harbiy  gavanlarni  boshqargan.  10 

strategdan har birining o’z vazifasi bo’lgan.                 

                                                 

4

 . Rajabov R.. Qadimgi Yunon-Rim tarixi. (yordamchi qo’llanma) Navoiy-2002 yil. -bet



.

 



 

19 


 Yunoniston-Eron  urushlari  davomida  Klisfen  tomonidan  harbiy  kollegiya 

sifatida tuzilgan strateglar kollegiyasi asta-sekin qo’shimcha davlat vazifalari bilan 

kengayib  borgan  va  eramizdan  avvalgi  V  asrning  ikkiichi  yarmiga  kelganda 

haqiqatda Afina davlatining bosh idora qiluvchi kollegiyasiga aylangan.  

Afinaning  har  bir  fuqaro  davlat  lavozimini  egallashga  qobil  hisoblangan. 

Binobarii,  strateg  va  xazinachi  lavozimlaridan  boshqa  hamma  davozimlar  qur’a 

tashlash  yo’li bilan  saylangan.  Strateglar ochiq ovoz berish  yo’li  bilan saylangan, 

chunki strateg bo’lmoq uchun ma’lum darajada maxsus tayyorgarlik kerak bo’lgan. 

Afina  quldorlik  demokratiyasi  Afina  fuqarolariga  katta  huquq  bergan. 

Afinaning  har  bir  fuqaroi  mulkiy  ahvoli  va  ma’lumotidan  qat’i  nazar  xalq. 

yig’inida aktiv ishtirok qilishi mumkin bo’lgan. 

Afina  fuqarolari  asta-sekin  davlat  lavozimlarining  juda  ko’piga  saylanish 

huquqini qo’lga kiritganlar. 

Perikl davrida biriichi marta davlat lavozimlariga maosh to’lash joriy qilina 

boshlaydi.  Bundan  maqsad  —  davlat  lavozimlariga  saylangan  kambag’al  kishilar 

o’zlarining  butun  vaqtlarini  davlat  ishlarini  bajarishga  sarflashlari  uchun  sharoit 

tug’dirish edi. Sud majlisga borganlik uchun o’rta hol afinalikning bir kunlik ish 

haqi,  ya’ni  ikki  obol  to’langan.  Bu  pulga  oddiy  hunarmandga  bir  kunga  kerak 

bo’lgan iarsalarning hammasini sotib olish mumkin bo’lgan. To’lanadigan bu haq 

diyeta deb atalardi. 

Teatrga borgan kunga  ham  haq to’langan,  afinalik  fuqaro  maxsus teatr puli 

olgan va o’sha kuni bu pulga ovqat sotib olgan. Teatr tomoshalari ongli fuqarolar 

tarbiyalab  yetishtirishi  lozim  bo’lgan.  Kambag’allarning’  teatrga  borishini 

ta’minlash uchun joriy etilgan teatr pulidan maqsad ham shu bo’lgan. 

Eramizdan avvalgi V asrning so’iggi o’n yilliklari mobaynida va eramizdan 

avvalgi  IV  asrnipg  birinchi  yarmida  Afinada  asta-sekin  davlat  lavozimlarining 

deyarli  hammasiga  va  hatto  xalq      yig’iniga      (ekklesiyaga)        borganlik    uchun   

ham   haq  to’lash joriy qilingan. 

Afinaning  har  bir  fuqaroi  xalq  yig’iniga  yangi  qonunlar  loyihasini  taqdim 

qilishga  haqli  bo’lgan.  Lekin  qonun  loyihalarini  muhokama  qilish  va  tasdiqlash 




 

20 


ishi  juda  murakkab  bo’lgan,  ularniig  avtorlarining  javobgarligi  esa  juda  qattiq 

bo’lgan:  agar  yangi  qonun  loyihasini  o’rganuvchi  komissiya  va  xalq  yig’ini  bu 

loyiha Afina davlat tuzumiga qarshi qaratilgan deb topsa, loyiha avtorlariga hatto 

o’lim  jazosi  berilgan.  Yangi  qonun  tasdiqlangandan  keyin  bir  yil  mobaynida  har 

bir afinalik fuqaro unga norozilik bildirishi mumkin bo’lgan. Afinada tarkib topgan 

davlat sistemasining barqarorligi ana shu tariqa ta’minlangan. 

Afinada yetakchi demokratik muassasalar bilan bir qatorda eski muassasalar 

— areopag va to’qqiz arxont kollegiyasi ishlab kelgan. Biroq Efial’t islohotsidan 

keyin areopag o’zining ilgarigi ahamiyatini yo’qotib qo’ygan, arxontlar kollegiyasi 

esa rahbarlik organi bo’lishdan ko’ra ko’proq faxriy davlat organi bo’lib qolgan. 

Biz  yuqorida  aytib  o’tgan  barcha  huquqlardan  faqat  afinalik  fuqarolar 

foydalanganlar,  vaholanki  haqiqatda        ular  Afina  va  Attika  aholisining  o’ndan 

birini tashkil etganlar. 

Afinada  afinalik  fuqarolardan  tashqari,  boshqa  yunon  shaharlaridan  kelgan 

meteklar  ham  istiqomat  qilgan.  Ular  Milet,  Samos  oroli  va  boshqa  joylarniig 

aholisi  bo’lgan.  Garchi  bu  kishilarning  Afinada  ustaxonalari,  ba’zan  esa  uylari 

bo’lsada,  ular  Afina  fuqarolari.  hisoblanmagaplar,  Aksar  meteklao  Afinada  ko’p 

yillardan  beri  istiqomat  qilganlar,  ba’zan  ularning  otalari  va  bobolari  Afinaga 

ko’chib kelishgan, lekin shung’a qaramay, meteknipg o’zi ham, uning bolalari ham 

siyosiy huquqqa ega bo’lmagan. Eramizdan avvalgi 451 yilda Perikl «sof fuqarolik 

haqida», ya’ni kim Afina fuqaroi bo’la olishi haqida maxsus qonun chiqargan. Bu 

qonunga ko’ra otasi va onasi to’la xuquqli afinalik  bo’lgan  kishilargina   fuqarolar   

qatoriga ko’shilgai 

Afina  aholisining’  yarmiii  tashkil  etgan  ayollar  siyosiy  huquqdan 

foydalanmaganlar.  Ularning  xalq  yig’iniga  borishlari,  davlat  lavozimlarini 

egallashlari  teatrga borishlari mumkin bo’lmagan.

5

 

Afina  davlatida  ishlab  chiqarish  qullar  mehnatidan  foydalanishga 



asoslangan.  Lekin  qullarning  hech  qanday  fuqarolik  va  siyosiy  huquqlari  

bo’lmagan. 

                                                 

5

 .



 

 Rajabov R. Qadimgi Yunon-Rim tarixi. (yordamchi qo’llanma) Navoiy-2002 yil. 71-bet

.

 



 

21 


Demokratiya  nechog’lik  cheklangan  bo’lishiga  qaramay,  Afina  davlati 

quldorlik  formatsiyasi  hukmronligi  davrida  eng  ilg’or  davlat  bo’lgan.  Afina 

quldorlik  demokratiyasini  ideallashtirish  XIX  asrdayoq  ko’ringan  edi.  Bir  vaqtlar 

YUnonistonniig  juda  mazmunli  tarixini  yozgan  mashhur  ingliz  tarixchisi  J.  Grot 

ana shunday ideallashtirishni boshlab bergan edi. U, Afina demokratiyasi dunyoda 

hozirgacha bo’lgan va bundan keyin bo’ladigan davlatlar nchida eng yaxshi davlat 

edi, deb hisoblardi. Grotning bu talqinini boshqa tarixchilar ilib olgan edilar,  uning 

muxlislari hozir ham bor. 

Afina demokratiyasining  salbiy  tomonlaridan   biri   uning   ittifoqchilariga   

munosabati   edi.   Yunoniston-Eron urushlari davrida  Afina yoki Demos   dengiz 

ittifoqi  tashkil  topgan    bo’lib,  uning  o’z    oldiga    qo’ygan    maqsadi  Eron  bilan 

urushni to’la g’alabaga yetkazish bo’lgan. 

Yunonlar  forslar  ustidan  g’alaba  qozongandan  keyin  afinaliklar  xazinani 

Delos  orolidan  Afinaga  keltirganlar.  Shunday  qilib,  bu  xazinadan  qilinadigan 

xarajatlarni  ittifoqchilar  endi  nazorat  qilolmaganlar.  Tinchlik  vaqtida  ittifoqchilar 

xazinaga  hamon  foros  to’lab  turganlar,  foros  endi  Afina  foydasiga  to’lanadigan 

xirojga aylangan. 

SHu  tariqa  Afina  dengiz  ittifoqi  asta  sekin  Afina  arxesiga  («arxe»—

«hokimiyat»,  «hukmronlik»  demakdir),  ya’ni  Afina  dengiz  davlatiga  aylana 

borgan.  Afinaliklar  ittifoqchilardan  xiroj  undirishdan  tashqari,  ularning 

hududlariga o’z kambag’al fuqarolarini ko’chira va o’sha yerda ularga ulush yerlar 

(klerlar)  taqsimlab  bera  boshlaganlar.  Afinaliklar  kleruxiyalarni  joriy  qilish  bilan 

ikki  maqsadni  ko’zlaganlar;  o’z  yurtlari  Attikada  sotsial  sharoitlar  natijasida 

vujudga  kelgan  yer  torligini  bartaraf  qilmoqchi  va  ittifoqchilar  ustida  o’z 

hukmronliklarini  o’rnatish  uchun  tayanch  bazalar  yaratmoqchi  bo’lganlar.  Afina 

ma’muriyatlariga  itoat  qilmay  qo’ygan  yoki  qo’zg’olon  ko’targan  taqdirda 

kleruxnyalar  darhol  harbiy  otryadga  aylanib  ketgan  va  bu  otryad  o’z  manzili 

tsrritoriyasini  Afinadan  kelib  tushadigan  jazo  ekspeditsiyasi  uchun  platsdarm 

sifatida ushlab turgan. 

Foros 


va 

kleruxuyalar 

ittifoqchilarnnng 

Afina 


hukmroiligidan 


 

22 


noroziliklarining manbai bo’lgan. Lekin Afina arxesiga (hukmronligiga) aylangan 

Afina dengiz ittifoqi ittifoqchi demosga ittifoqchi polislarda hukmronlik mavqeini 

ta’minlab  berib,  hunarmandchnlik  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishga  va  Egey 

dengizida  savdo-sotiq  ustunligini  qo’lga  kiritishga  ko’maklashmoqda  edi.  

Mahalliy  aristokratiya  va  oligarxiyaga  qarshi  kurashda  ittifoqchi  demos  mavqeini 

kuchaytirmoqda edn. Shu sababli Afina arxesi qariyb eramizdan avvalgi V  asrnipg 

oxirigacha mavjud bo’lib kelgan. 

Xalq,  ayniqsa  dehqonlar  Periklni  Afinaning  boshiga  tushgan  kulfatlarning 

aybdori  deb  hisoblaganlar  va  natijada  eramizdan  avvalgi  430  yilda  Perikl 

hokimiyatdan  chetlatilgan.  Lekin  oradan  ko’p  o’tmay  uni  oqladilar  va  eramizdan 

avvalgi  429  yilga  uni  yana  qaytadan  birinchi  strateg  qilib  sayladilar.    Ammo  

qartayib  qolgan  Perikl  o’zi   yuqumli  kasaldan o’ldi. 

Perikl o’lgandan keyii Afinada urushni davom ettirish tarafdorlari bilan sulh 

muzokaralari  boshlashga  harakat  qilib  yurgan  doiralar    o’rtasida  kurash 

keskinlashgan. 

Amfipol  rayonida  ahvolni  tuzatish  uchun  Kleonning  o’zi  yuborilgan.  Biroq 

unga to’satdan Brasid hujum qilib tor-mor kilib tashlagan. Qattiq jangda har ikkala 

sarkarda  Kleon  va  Brasid  halok  bo’lgan.  Lekin  Amfipol  eramizdan  avvalgi  422 

iilda Afinaning qo’lidan butunlay ketgan. 

Amfipol  yonida  Kleon  halok  bo’lgandan  va  qo’shinlari  mag’lubiyatga 

uchragandan  keyin  sulh  tuzish  tarafdorlarining  ta’siri  kuchaygan.  Sulh, 

tarafdorlariga Nikiy boshchilik qilgan. Nikiy endi Afinaning tashqi siyosati rahbari 

bo’lib  qolgan.  Har  ikki  tomon—Peloponnes  va    Afina  dengiz  ittifoqlari—  goh  u 

tomonning,  goh  bu  tomonning,  g’alabasi  bilan  o’n  yil  davom  etgap  urushdan 

toliqqan,  Sulh  muzokaralari  boshlangan  va  eramizdan  avvalgi  421  yilda  Afina 

bidan  Sparta  o’rtasida  50  yillik  sulh  tuzilgan,  bu  sulh  uning  tashabbuskori  nomi 

bilan Nikiy sulhi deb nom olgan. Nikiy sulhining shartlariga ko’ra, spartaliklar va 

afinaliklar  ularning  qo’shinlari  ishg’ol  qilgan  hududlarni  bab-baravariga 

bo’shatishlari  va  o’zaro  asirlarni  almashtirib  olishlari  lozim  bo’lgan.  Bundan 

tashqari, qullar   (ilotlar) qo’zg’olon ko’targan taqdirda  afinaliklar  spartaliklarga 




 

23 


yordam  berishga  va’da  qilganlar.  Sulh  shartlari  to’la-to’kis  bajarilmagan.   

Afinaliklar Messsniya  Pilosida, spartaliklar esa Frakiyada  (Amfkpolda) qolganlar. 

Spartaning  ittifoqchilari  bo’lmish  Korinf,  Megara  va  Fiva  Nikiy  sulhini  tan 

olmaganlar.  

Peloponnes  urushini  keltirib  chiqargan  ziddiyatlar  ilgarigicha  hal  qilinmay 

qolgan. Dushman tomonlarning kuchlari taxminan baravar bo’lgan. Bolqon yarim 

orolini  va  unga  yaqin  orollarni  bo’lib  olish  bilan  cheklangai  urush  kattaroq 

natijalarga  olib,  kelmagan.  Afina  floti  tomonidan  Peloponnesning  nomuntazam 

qamal  qilinishi  Peloponnes  ittifoqini  bo’shashtira  olmagan.  Afina  demosining 

savdo  hunarmandchilik  qatlamlari  urushning  durang  tamom  bo’lganidan  norozi 

bo’lganlar.  Rivojlanib  borayotgan  quldorlik  iqtisodiyoti  Afina  tomonidan  nazorat 

qilinadigan  hududlarni  kengaytirishni  talab  etgan,  shu  sababli  urushni  yangidan 

boshlash mayli yana paydo bo’lgan.

6

 



Ekspansiya  siyosatining tarafdorlariga  Periklniig qarindoshi  Alkiyeiad bosh 

bo’lgan.  U  Peloionnssni  g’alla  va  boshqa  tovarlar  bilan  ta’minlab  turgan  boy  va 

gavjum Sitsiliya oroliii istilo qilishni taklif etgan. Sitsiliya yunonlarining bir qismi 

aristoqratik.va  oligarxik  idora  usullarini  quvvatlagan,  ammo  demokratiya 

tarafdorlari  ham  bo’lgan.  Afina  demosi  mabodo  Sitsiliyaga  Afina  qo’shinlari 

yuborilgan taqdirda xuddi ana shu demokratiya tarafdorlariga umid bog’lagan. 

Sidiliyaga  harbiy  eqspeditsiya  yuborish  rejasi  muvaffaqiyat  qozongan 

taqdirda Spartani mag’lubiyatga olib kelishi va Afinani faqat Bolqonda emas, balki 

g’arbda ham Ulug’ YUnonistonning gegemoni (etakchisi) qilib qo’yishi lozim edi. 

Binobarin,  bu  reja  Afinada  keng  shuhrat  taratgan.  O’zining  tub  asosi  bilan  bu 

rejada  avantyurizm  elementlari bo’lgan.  Afinada va umuman,  Yunonistonda hech 

kim  Sitsiliyaiing  aniq  hajmini,  uning  aholisining  sonini  va  kayfiyatini  bilmagan. 

O’sha  zamonning  transport  imkoniyatlariga  ko’ra  Sitsiliya  YUnonistondan  juda 

uzoq  bo’lgan.  Bu  orolni  istilo  qilish  maqsadida  katta  dengiz  ekspeditsiyasi 

yuborish  xatarli  va  mushkul  ish  bo’lgan.  Afinada  ekspeditsiyaning  Nikiy  boshliq 

muxoliflari  bo’lgan.  Biroq  Alkiviad  boshliq  ekspeditsiya  yuborish  tarafdorlari 

                                                 

6

 .



 

Rajabov R.  Qadimgi Yunon-Rim tarixi. (yordamchi qo’llanma) Navoiy-2002 yil. 35-39 bet. 




 

24 


g’olib chiqqan. Afina xalq yig’ini Sitsiliyaga hujumga tayyorlanish va uni amalga 

oshirish  haqida  qaror  chiqargan.  Urushdan  xonavayron  bo’lgan  Attika  aholisi  o’z 

ishlarini Sitsiliya resurslari hisobidan to’g’rilab olishni mo’ljallagan. 

Eramizdan  avvalgi    415  yilga  kelganda  afinaliklar  260  ga  yaqin  harbiy  va 

yuk kemasini, 32 mingdan oshiq goplit, matros va eshkakchini Alkiviad va Nikiy 

qo’mondonligi  ostida  safarga  hozirlaganlar.  Bu  ekspeditsiyaga  Afinaning  barcha 

asosiy  resurslari  sarflangan  va  harbiy  majburiyati  "bo’lgan  yoshlarning  deyarli 

hammasi  safarbar  qilingan.  Foros  (xiroj)  miqdqori  oshirilgan,  bu  esa  Afina 

ittifoqchilarining noroziligiga sabab bo’lgan. Attikada va undan lashkarida siyosiy 

vaziyatning nechog’liq keskinligi Afinada yuz bergan mojarodan ko’rinib turganki, 

bu  mojaro  Peloponnes  urushiiing  undan  keyingi  borishi  uchun  katta  oqibatlarga 

olib kelgan. 

Afina floti Sitsiliyaga jo’nashidan bir kun burun kechasi noma’lum shaxslar 

juda  ko’p  germalarni  —  tosh  ustunlarni  shikastlantirganlar.  Bu  ustunlarning 

tepasida  sayoxat  va  tijorat  homiysi  bo’lmish  ma’bud  Germesning  byusti 

o’rnatilgan  edi.  Bu  xudoni  tahqirlash,  kufroniy  ish  bo’lib,  buning  uchun  o’lim 

jazosi berilardi. 

Afina  floti  Sitsiliya  sohillariga  yetib  borganda.  Afinadan  hukumat  kemasi 

Alkiviadni  olib  ketgani  kelgan.)  U  germalarni  shikastlantirishda  ayblanib  sudga 

chaqirilgan  edi.  Lekin  Alkiviad  Spartaga  qochib  ketgan,  Afina  xalq  yig’ini  uni 

sirtdan o’lim jazosiga hukm qilgan.  Shundan keyin Alkiviad  spartaliklarga Afina 

harbiy sirlarini aytib bergan va shu bilan Sitsiliya sohillari yonida jang qilayotgan 

Afina  flotiga  zarar  yetkazgan.  Alkiviad  afinaliklardan  o’ch  olishni  davom  ettirib, 

spartaliklarga  maslahat  berib,  Afinaga  qarshi  urushni  yangidan  boshlaganda 

Attikaga qisqa qisqa muddatlarda bostirib kirish kabi eski taktikani takrorlamaslik 

kerak, balki uning hududsidan mustahkamlangan aholi punktini   zabt   etib,  unda 

Sparta  qo’shinlari  uchun  doimiy  baza  vujudga  keltirish  va  shu  yerdan  turib 

mamlakatni  uzluksiz  vayron  qila  berish  kerak,  deb  aytgan.    SHunday  qilib, 

Alkiviad sotqinga va  vatan   xoiniga aylangan. 

Alkiviad qochgandan keyin Sitsiliyasohillari yonidagi Afina flotiga Nikiy va 




 

25 


Lamax  bosh  bo’lib  qolgan.  Sitsiliyadagi  yunonlarning  ko’pchiligi  afinaliklarni 

sovuq va hatto dushmanlik nazari bilai qarshi olgan. Nikiy urushning to’xtalishiga 

umid qilgan va aktiv urush harakatlari boshlashii paysalga solib turgan, shu bilan u 

Sirakuzaga  mudofaaga  yaxshilab  tayyorlanishga  imkon  bergan,  chunki  Sitsiliya 

ekspeditsiyasi  asosan  Sirakuzaga  qarshi  yuborilgan.  Ko’p  o’tmay  Lamax  halok 

bo’lgan.  Afina  floti  yakson qilingan,  sirakuzaliklar  va  spartaliklarning  birlashgan 

kuchlari tomonidan qurshab olingan quruqlikdagi qo’shin majburan taslim bo’lgan. 

Nikiy  bilan  Demosfen  Sirakuzada  qatl  etilgan,  asir  qilib  olingan  afinalik  askarlar 

esa qul qilib sotilgan.

7

 



Sitsiliyada Afina qo’shini va floti halok bo’lishi bilan deyarli ayni bir vaqtda 

spartaliklar 

Attikaga 

bostirib 

kirganlar 

va 


uning 

shimoli 


sharqidagi 

mustahkamlangan aholi punkti Dekeleyani zabt etganlar, Ular afinaliklarga qarshi 

doimiy  urush  harakatlari  olib  borish  uchun  unda  baza  qurib  olganlar  va  Evbeya 

oroli  bilan  aloqani  kesib  qo’yganlar,  chunki  Evbeyadan  Attikaga  oziq-ovqat 

mahsulotlari  yuborib  turilgan.  Spartaliklar  Afina  qullariga  murojaat  qilib, 

Dekeleyaga  qochishga  da’vat  etganlar  va  ularga  ozodlik  berishni  va’da  qilganlar. 

20  mingdan  oshiq  qullar,  asosan  hunarmandlar  spartaliklar  tomoniga  qochib 

o’tgan. Ko’p ustaxonalarda va qisman Lavrion konlarida ish to’xtab qolgan. 

Dekeleya  Afinadan  22  kilometrli  masofada  joylashgan.  Spartaliklariing 

doimo Afinaga hujum qnlishi xavfi tug’ilgan. Qurollangan aholi navbatma navbat 

tunu kun shahar devorlari ustida qorovullik qilgan. Bunday vaziyatda ittifoqchilar 

Afinadan ajralib keta boshlaganlar. 

Hamon  Spartaliklar  bilap  hamkorlik  qilayotgan  Alkiviad  ularga  kuchli 

harbiy  dengiz  floti  tuzish  uchun  Spartaga  mablag’  berish  to’g’risida  Eron  noibi 

Tissafern  bilan  so’zlashishni  maslahat  bergan.  Spartaliklar  eramizdan  avvalgi 

412—411 yillar mobaynida Tissafern orqali Eron shohi bilan maxfiy shartnomalar 

tuzganlar.  Spartaliklar  g’alaba  qilgan  taqdirda  Yunonistonning  Qichik  Osiyodagi 

hududsining  hammasini,  ya’ni  Yunoniston-Eron  urushlari  vaqtida  yunonlarning 

g’alabasi  natijasida  forslar  zulmidai  ozod  qilingan  hududlarni  Eronga  kechib 

                                                 

7

 . Rajabov R. Qadimgi Yunon-Rim tarixi. (yordamchi qo’llanma) Navoiy-2002 yil. 109-bet



.

 



 

26 


berishga va’da qilganlar. 

Tissafern  bilan  muzokaralar  vaqtida  Sparta  rahbarlari  Alkiviad,  siyosiy 

nayrang  ishlatmayotirmi,  deb  undan  shubhalana  boshlaganlar.  Uning  xizmatiga 

endi  Sparta  muhtoj  bo’lmay  qolgan  edi,  binobarin  uni  o’ldirishga  qaror  qilindi. 

Biroq Alkiviad Eronga Tissafern oldiga qochib ketdi. 

Afinaliklar  butun  kuchlarini  flotni  qayta  tiklashga  va  ittifoqchilar  bilan 

aloqani mustahkamlashga   sarf   qildilar. 

Ular  hatto  forosni  (xirojni)  bekor  qildilar  va  uning  o’rniga  5  protsentlik 

deng’iz boji belgiladilar. Flot qisman qayta tiklangan. 

Lekin  eramizdan  avvalgi  411  yilda  Afinada  oligarxlar  to’ntarishi  bo’lgan. 

Usha  vaqtda  xalq  yig’inida  demokratroq  elementlar  bo’lmagan  edi,  ular  flotda 

edilar,  SHu  sababli  boy  fuqarolarning  tazyiqi  ostida  xalq  yig’ini  hokimiyatni 

oligarxlarga  topshirishga  va  teng  huquqli  fuqarolar  sonini  kamaytirishga  rozi 

bo’ldi. Oligarxlar urushdan toliqqan Attika aholisiga Sparta oligarxlari bilan sulh 

tuzish to’g’risida  so’zlashishga  va’da  berganlar.  Ashaddiy  oligarxlardan  Antifont, 

Pisandr,  Frinix,  mo’’tadil  oligarx  Feramen  va  boshqalar  Afina  davlat 

o’zgarish.ining rahbarlari edilar. Besh yuzlar kengashi bekor qilindi. Uning o’rniga 

rasmangina  eski  to’rt  yuzlar  kengashi  qayta  tiklandi  va  unga  eng  boy  fuqarolar 

kirdi  Teng  huquqli  fuqarolar  soni  goplit  bo’lib  xizmat  qilishga  yetarli  mablag’i 

bo’lgan 5 miig fuqarodan iborat kilib qo’yilgan. 

Sparta bilan olib borilgan muzokaralar  natija bermagan, chunki spartaliklar 

Afina  arxesini  tugatishni  talab  qilganlar.  Har  qanday  obro’e’tiborini  tez  yo’qotib 

qo’ygan  oligarxlar  terror  yordamida  saqlanyb  turganlar.  Eng  avval  boshdan 

oligarxlar  mavqeining  juda  nomustahkam  ekanligining  sababi  yaia  shu  bo’lganki, 

demokratiyaning tayanchi bo’lgan, o’sha vaqtda  Samos oroli yonida turgan Afina 

floti  oligarxiyani  tan  olmagan.  Dastlab  muzokaralar  olib  borib  kelishilgandan 

keyin Samosga Alkiviad kelgan.  U Sparta  tartiblarini  bilgan va endilikda Sparta 

flotini tormor qilishni taklif etgan va Tissafern yordami bilan Afinada oligarxlarni 

ag’darib tashlashni va’da qilgan. Samosdagi Afina askarlari va matroslari Frasibul, 

Frasill  va  Alkiviaddan  iborat  yangi    strateglarni    saylaganlar.    Alkiviad 




 

27 


qo’mondonligi ostida  bo’lgan ikki  jaigda  Afina floti Abidos yonida eramizdan 

avvalgi  410  yilda  Eron  puliga  qurilg’an  Sparta  floti  ustidan  ikki  marta    porloq 

g’alaba qozongan. Afinaga g’alla keltirish qayta tiklangan. Sulh tuzish to’g’risidagi 

va’dasini  bajarmagan  ashaddiy  to’rt  yuzlar  oligarxiyasi  hokimiyatni  Feramen 

boshliq 5 minglar mo’’tadil oligarxiyasiga topshirishg’a majbur bo’lgan. Lekin bu 

hokimiyat ham eramizdan avvalgi 410 yilda ag’darib tashlangan. Xuddi o’sha yili 

Alkiviad,  Frasibul  va  Frasill  boshliq  demokratik  Afina  floti    Pireyga  kelgan  va 

aholi tomonidan tantanali kutib olingan. 

Alkiviad  Samosda  bo’lgan  chog’idayoq  afinaliklardan  o’tinib  gunohini 

kechirtirgan  edi,  g’olib  flot  bilan  va  g’alla  ortilgan  kemalar  bilan  Afinaga 

kelgandan  keyin  esa,  Afinaning  strategavtokratori  (ya’ni  urush  vaqti  munosabati 

bilan  cheksiz  hokimiyatga  zga  bo’lgan  strateg)  qilib  saylangan.  Lekin  Afina 

demosining  mahalliy  liderlari  Alkiviadning  tiraniyaga  intilishidan  havdoniy 

suratda  gumonsiradilar.  Eramizdai  avvalgi  406  yilda  Notiy  buruni  yonida  Afina 

flotining  bir  qismi  Sparta  eskadrasidan  mag’lubiyatga  uchragan.  Garchi  bu  voqea 

Alkiviadning  yo’qligida  sodir  bo’lgan  bo’lsada,  xalq  yig’inining  uni  noshudlikda 

ayblashiga  bahona  bo’lgan.  U  yangi  muddatga  qaytadan  saylanmadi  va  Frakiya 

Xersonesidagi o’z mulkiga hamishalikka ketib qoldi.  

Afina  xalq  yig’inida  demokratik  va  oligarxik  guruhlarning  keskinlashib 

ketgan kurashi natijasida bu g’alaba motamga aylangan. Arginus orollari yonidagi 

g’alabadan  bevosita  keyin  dengiz  bo’roni  boshlanib  ketgan.  Bir  necha  Afina 

kemasi  nobud  bo’lgan.  Ammo  eng  asosiy  masala  shunda  ediki,  jangda  halok 

bo’lganlarni  dafn  etish  topshirilgan  komanda  bo’ronning  kasofati  bilan  lozim 

bo’lgan  diniy  marosimni  ado  qilolmagan.  Bu  esa  o’sha  zamondagi  kishilarning 

e’tiqodicha  shakkoklik  edi.  Halok  bo’lganlarning  qarindoshlari  ko’pchiligi  dafn 

etish  komandasidagi  aybdorlardan  bo’lgan  va  jazodan  qo’rqqan  oligarxlar  ta’siri 

ostida  ko’pchiligi  demokratlardan  iborat  bo’lgan  strateglarni  jinoyatkorona 

sovuqqonlikda  ayblaganlar.  Xalq  yig’ini  ozgina  ko’p  ovoz  bilai  shoshapisha 

strateglarni o’lim jazosiga hukm qilgan. Hukm qilinganlar orasida Periklning o’g’li 

ham  bo’lgan.  Strateglar  qatl  etilgandan  keyin  afinaliklar  aql  hushlarini  yig’ib 




 

28 


oldilar  va  o’lgandan  keyin  ularni  oqladilar.  Qo’mondonlardan  mahrum  bo’lib 

qolgan flot yaqinida erishilgan g’alabadan foydalana olmadi. 

Spartaliklar  forslar  yordami  bilan  tez  muddatda  yangi  flot qurib oldilar.  Bu 

flot  talantli  navarx  Lisandr  rahbarligida  Afinani  Qora  dengiz  bo’ylaridan 

keltirilgan g’alla bilan ta’minlashga yo’l qo’ymaslik uchun Gellespontda to’rejaib 

olgan. Afina floti ham shu vaqtda Gellespontda turgan. Lisandreramizdan avvalgi 

405  yilda  unga  to’satdan  hujum  qilgan  va  Echkisoy  (yunoncha  «Egospotamos») 

yonida  bo’lgan  jangda  uni  yakson  qilib  tashlagan.  Bu  jangdagi  mag’lubiyat 

afinaliklarni  oziq-ovqat  mahsulotlari  keltirishdan  mahrum  qilgan.  Oradan  ko’p 

o’tmay, Afinani quruqlikdan Dekeleyadan kelgan Sparta qo’shinlari, dengizdan esa 

Lisandr  floti  qurshab  olgan.  Afinada  ocharchilik  boshlangan.  Mo’’tadil 

oligarxlarning  rahbari  Feramen  boy  va  davlatmand  fuqarolar  orasidagi  nufuzidan 

foydalanib,  ularga  sulh  muzokaralari  yurgizish  uchun  Spartaga  borishini  aytgan, 

lekin  u  o’z  vatandoshlarini  aldagan.  U  spartaliklar  yurtida  uch  kun  bo’lib,  hech 

qanday  muzokara  olib  bormagan,  chunki  oligarxlar  demosdan  bekitiqcha  taslim 

bo’lishga  mayl  ko’rsatmoqda  edilar.  Feramen  Afinaga  quruq  qaytib  kelgach, 

ochlikdan  tamoman  madori  qurigan  afinaliklar  eramizdan  avvalgi  404  yilning 

aprelida  taslim  bo’lganlar.  Spartaliklar  shaharga  kirganlar.  Afinani  Pirey  bilan 

bog’laydigan  va  uning  xavfsizligini  ta’minlab  kelgan  uzun  devor  Sparta 

muzikasining  sadolari  ostida  ag’darilgan.  Afina  arxesi  tarqatilgan.  Afina 

Peloponnes ittifoqi sostaviga kirytilgan. Demokratiya o’rnini oligarxiya egallagan. 

Afinaning’  sobiq  ittifoqchilarining  Sparta  «ozod  qilgan»  polislariga  Sparta 

garnizonlari joylashtirilgan va oligarxik to’ntarishlar qilingan.   

Afinada  xalq  majlisi  Sparta  tazyiqi  ostida  Feramen  taqdim  etgan  o’ttiz 

oligarxdan  iborat  komissiya  saylagan.  Bu  komissiya  yangi  davlat  tuzumining 

asoslarini  ishlab  chiqishi  kerak  bo’lgan.  Lekin  buning  o’rniga  komissiya 

spartaliklar      otryadiga  tayangan  holda  amalda  Afinaning  hukumati  bo’lib  olgan. 

Mashhur oligarxlardan Kritiy va Feramen o’ttizlarga bosh bo’ldilar. Ular terroristik 

idora  usulini  o’rnatib,  o’z  siyosiy  muxoliflarini  va  umuman  ko’zlariga  shubhali 

bo’lib  ko’ringan  kishilarniyg  hammasini  vahshiylarcha  jazolaganlar.  Ular  aholini 




 

29 


talaganlar va hatto o’z xohishlaricha tanlagan boy fuqarolarni va meteklarni o’ldira 

boshlaganlar,  ularning  mol  mulkini  o’z  foydalariga  musodara  qilganlar.  Bu 

ishlarning hammasi asosan Kritiyiing o’zboshimchaligi bilan qilingan.  

Ushbu  fikrlarga  xulosa  yasab  shuni  aytish  mukinki,  Afina  quldorlik 

demokratiyasining  salbiy  jihatlari  ham  mavjud  bo’lgan  va  bu  o’z  navbatida 

quldorlik  demokratiyasiga  ta’sir  etmay  qolmagan.  SHuningdek,  Afina  floti 

masalalari  ham  ushbu  rejadagi  asosiy  masalalar  sirasiga  kiradi.  Xalq  majlisi 

Afinada  demokratik  ko’rinishlarga  misol  bo’ladigan  narsalar  sirasiga  kiradi.  Bir 

so’z  bilan  aytganda,  Afina  quldorlik  demokratiyasining  cheklanganligi,    undagi 

madaniy  hayot  va  siyosiy  qarashlar  afina  quldorlik  demokratisi  rivojiga  va  uning 

ijobiy hamda salbiy jihatlariga o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmagan. 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling