Mamirova Munira 1907 group


Download 345.58 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi345.58 Kb.
#1469230
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qiyosiy tahlil. Mamirova M. 1907

Asar syujeti

  • Usta va Margarita” odatda fantastik satira deb ta’riflanadi. Bu asar, tarixda yozilgan buyuk tahliliy adabiyotlar kabi, real vaziyatni tushintirish uchun fantastik tasavvurdan foydalanib yozilganini eslatib o‘tishim kerak. Bunday asarlarni aniq tahlil qilish va nomukammalikka asoslangan go‘zal asarlar olamida yashayotgan qahramonlarni his etish uchun voqelik ustidan tasavvur yordamida xayoliy uchib o‘tish kerak. Fantastik voqealarga asoslangan bo‘lsa-da, o‘sha badiiy asarni boqiy va universal qiladigan narsa aynan shu tasavvurdan foydalana bilishdir.
  • Bulgakov, XX asrning boshqa ko‘plab buyuk sotsial realist yozuvchilaridan farqli o‘laroq, badiiy janrga fantaziyani qo‘shadi. Sovet jamiyatidagi ijodkorlar o‘z asarlarida nigilizm va inqilob tomonidan ilgari surilgan kommunistik g‘oyalarni birlashtirishlari kerak edi. Bulgakov dastlab g‘oyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa-da, tez orada u o‘zgarib borayotgan yirtqich hayvonga aylanayotganini angladi

Syujet tahlili

  • Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, asarda muallif o‘quvchini ko‘p narsalardan ogohlantiradi va uni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Hech narsa jazosiz qolmasligini muallif o‘quvchiga isbotlaydi.
  • Asar syujeti juda noan’anaviy bo‘laklardan tashkil topgan tuzilishga ega. “Usta va Margarita” ichidagi Ustaning Pontiy Pilat haqidagi asari ham kitobning syujetini tashkil qiladi, shuning uchun ko‘pchilik uni bir martada o‘qib tushunib olishi juda qiyin. Asarda kichik hikoyalarning bo‘laklari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, toki Iblis ularni ag‘darib tashlamagunicha... Lekin eng yaxshi qismi, shubhasiz, o‘quvchini makon va vaqt ichida Iso Masihning azoblari aks etgan tarixiy Quddus shahriga ko‘chirganida o‘qiladi. Bunda adib ayniqsa dialoglar orqali hayajonli muhitni yaratib, Pontiy Pilatning psixologik xarakterini ochib beradi. Uni Sovet jamiyatining o‘sha davrdagi holati va yozuvchining ichki mojarosi bilan taqqoslash uchun xizmat qiladigan qo‘rquv arxetipi g‘oyasining namoyishi sifatida juda mohirlik bilan tasvirlagan.

Download 345.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling