Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining barqarorligini ta`minlash yo`llari


-жадвал 2019 йил учун Давлат бюджети харажатлари таркиби


Download 90.58 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi90.58 Kb.
#1530600
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining barqarorligini ta`minlash yo`llari

2-жадвал
2019 йил учун Давлат бюджети харажатлари таркиби
млрд.сўм

Т/р

Кўрсаткичлар

Сумма

Улуши (фоизда)

1

2018 йил базавий харажатлари

58 683,2

54,8

2

Индексациялаш харажатлари

11 953,1

11,2

3

Қўшимча харажатлар

36 482,0

34,1




шундан,







3.1.

иш ҳақини табақалаштирилган тарзда ошириш

5 135,3

4,8

3.2.

қўшимча дастур ва тадбирлар

31 346,8

29,3




ЖАМИ

107 118,4

100,0

2019 йил учун Давлат бюджети харажатлари таркиби 2018 йил учун тасдиқланган 58 683,2 млрд.сўм базавий харажатларга (жами харажатларни 54,8 фоизи), Ўзбекистон Республикаси Президенти ва Ҳукуматнинг қарорлари ва топшириқларига асосан 36 482,0 млрд.сўм (жами харажатлар параметрининг 34,1 фоизи) ҳамда иш ҳақи, коммунал тўловлар, ёқилғи ва бошқа маҳсулотларни нархларини ошиши ҳисобига талаб этиладиган 11 953,1 млрд.сўм (жами харажатлар параметрининг 11,2 фоизи) қўшимча харажатларни қўшилишидан ташкил топган.


3-жадвал
Давлат бюджети қўшимча харажатлари
млрд.сўм



Соҳалар йўналиши

2019 йилда жами қўшимча харажатлар

шундан

иш ҳақини табақалаштирилган тарзда ошириш



қўшимча дастур ва тадбирлар

сумма


соҳалар улуши,
%

сумма


соҳалар улуши,
%

сумма


соҳалар улуши,
%

ЖАМИ

36 482,0

100,0

5 135,3

14,1

31 346,8

85,9

шундан



















1. Ижтимоий соҳа

19 918,8

54,6

5 135,3

14,1

14 783,5

40,5

шу жумладан



















1.1. Ижтимоий соҳа ва аҳолини ижтимоий жиҳатдан қўллаб- қувватлаш


17 310,7


47,4


5 135,3


14,1


12 175,4


33,4

шундан



















1.1.1 Маориф

7 486,2

20,5

3 496,1

9,6

3 990,1

10,9

1.1.2 Соғлиқни сақлаш

2 061,5

5,7







2 061,5

5,7

1.1.3 Маданият ва спорт

1 776,5

4,9

1 377,7

3,8

398,8

1,1

1.1.4 Фан

32,1

0,1







32,1

0,1

1.1.5 Ижтимоий нафақалар, моддий ёрдам ҳамда компенсация тўлови

382,5

1,0

89,3

0,2

293,2

0,8

1.1.6 Аҳоли бандлиги даражасини ошириш

383,3

1,1

172,2

0,5

211,1

0,6

1.1.7 “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” дастурлари

1,0

0,003







1,0

0,003

1.1.8 “Ёшлар келажагимиз” дастури

1 538,1

4,2







1 538,1

4,2

1.2. Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармасига субсидия

4 700,0

12,9







4 700,0

12,9

1.3. Уй-жой қурилиши
Дастурларини молиялаштиришда иштирок этаётган банкларга ажратиладиган кредит линиялари



2 608,1



7,1









2 608,1



7,1

2. Иқтисодиёт

6 160,9

16,9

0,0




6 160,9

16,9

3. Марказлашган инвестициялар

394,5

1,1







394,5

1,1

4. Давлат ҳокимияти марказий органлари

10,4

0,03







10,4

0,03

5. Давлат бошқаруви органлари

408,7

1,1







408,7

1,1

6. Прокуратура ва адлия органлари

352,8

1,0







352,8

1,0

7. Суд органлари

66,1

0,2







66,1

0,2

8. Фуқароларни ўз-ўзини бошқариш органлари, нодавлат нотижорат ташкилотлар ва фуқаролик жамиятининг бошқа
институтлари


19,4


0,05








19,4


0,05

9. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Захира жамғармаси, маҳаллий ҳокимият органлари бюджетларининг заҳира жамғармалари
харажатлари


300,0


0,8








300,0


0,8

10. Иш ҳақи ва коммунал хизмат тарифлари ошиши билан боғлиқ харажатлар



1 913,1



5,2









1 913,1



5,2

11. Давлат қарзига хизмат кўрсатиш ва уни қайтариш харажатлари


1 507,0


4,1


0,0





1 507,0


4,1

12. Бошқа харажатлар

5 430,3

14,9







5 430,3

14,9

Қўшимча харажатларнинг энг юқори улуши (54,6 фоиз) “Ижтимоий соҳа” ҳиссасига тўғри келаётган бўлиб, 19 918,8 млрд.сўмни ташкил этмоқда.
Шундан, 5 135,3 млрд.сўмни ижтимоий соҳадаги маориф, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва фан тизимида фаолият кўрсатадиган ходимларнинг иш ҳақи миқдорларини табақалаштирилган тарзда оширишга йўналтирилиши кўзда тутилмоқда.



  1. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank sektori va moliya tizimining barqarorligini ta`minlash istiqbollari

Respublika bank tizimining barqarorligini yanada oshirish va xalqaro andozalarga muvofiq rivojlanishini ta’minlash hamda yuqori iqtisodiy o`sishni ta’minlashdagi rolini kengaytirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:



  1. Bank tizimi barqarorligini yanada oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro talablar, jumladan, Bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasining yangi tavsiyalari asosida yanada takomillashtirish bo`yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Xususan:
– Bazel qo`mitasining kapital yetarliligi va bank likvidligi borasidagi yangi tavsiyalarini joriy qilish bo`yicha ishlarni davom ettirish;
– banklar faoliyatining aniq va xolis baholanishini ta’minlovchi CAMEL(S) tizimining yangi talqinini tatbiq qilishni ko`zda tutgan holda tijorat banklarining moliyaviy holatini baholash tizimini yanada takomillashtirish;
– masofaviy nazorat tizimini bu sohadagi ilg`or xalqaro tajriba asosida yanada takomillashtirish;
– bank tizimidagi tizimli tavakkalchiliklarni aniqlashga qaratilgan makroprudensial tahlilning zamonaviy usullarini keng qo`llash;
– ilg`or xalqaro tajribaga asoslangan holda tijorat banklarini stress-testlardan o`tkazish amaliyotini keng ko`lamda joriy qilish va rivojlantirish;
– tijorat banklaridagi korporativ boshqaruv organlari rolini va mas’uliyatini oshirish hamda korporativ boshqaruv, tavakkalchiliklar va kapitalni boshqarish tizimlariga belgilangan talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi bank tizimi barqarorligini mustahkamlash, banklar kreditorlari va omonatchilarining himoyalanish darajasini oshirish hamda aholi va xo`jalik sub’ektlari orasida bank tizimiga bo`lgan ishonchning yanada oshishiga xizmat qiladi.

  1. Respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to`liq moslashtirish borasidagi quyidagi tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi:

– banklar tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish bo`yicha amaldagi yo`riqnomalarni MHXSga mos ravishda takomillashtirish;
– respublika buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishga asos bo`lgan barcha qonun hujjatlarini, shu jumladan, Markaziy bankning bank tizimiga oid normativ hujjatlarini har tomonlama tahlil qilish;
– MHXSga mos yangi normativ hujjatlar ishlab chiqish;
– MHXS talablariga mos bo`lgan Bank avtomatlashtirilgan tizimini Tashqi auditorlik tashkilotlarining sertifikatiga ega bo`lgan xodimlari bilan hamkorlikda yangilash bo`yicha tavsiyalar tayyorlash;
Yuqoridagi vazifalarni samarali amalga oshirish va davom ettirish uchun Jahon banki bilan hamkorlikda «O`zbekiston Respublikasi bank tizimida moliyaviy hisobotlar va auditning xalqaro standartlarini joriy qilishni tashkillashtirish to`g`risida»gi loyihaning yangi bosqichi amalga oshirilishi ko`zda tutilmoqda.
3. Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini mustahkamlash va diversifikasiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi. Bunda asosiy e’tibor qo`shimcha aksiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish hisobiga banklar kapitallashuv darajasining kamida 20 foizga oshishini ta’minlashga qaratiladi. SHuningdek, bank tizimining umumiy ustav kapitalida nodavlat sektori ulushini oshirish bo`yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida ishlar davom ettiriladi. tijorat banklari resurs bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning bo`sh pul mablag`larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni yanada faollashtirish hisobiga ularning tijorat banklaridagi depozitlari hajmining kamida 30 foizga oshishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.
4. Tijorat banklarining ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash davlat dasturlarini amalga oshirish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish bank tizimi oldidagi muhim vazifalardan biri bo`lib qoladi. tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kredit qo`yilmalari hajmining o`sishi prognoz qilinmoqda.
Xususan, korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda qishloq joylarda yakka tartibdagi yangi turar joylarni barpo etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan barcha manbalar hisobidan 7,8 trln. so`m miqdorida investision kreditlar ajratilishi prognoz qilinmoqda.
Jumladan, qishloq joylarida yakka tartibdagi yangi turar joylarni barpo etish maqsadlariga 1,1 trln. so`m miqdorida kreditlar ajratish prognoz qilinmoqda. SHundan 231 mlrd. so`m miqdoridagi mablag`lar Osiyo taraqqiyot bankining kredit liniyasi hisobidan beriladi. SHu bilan birga, iqtisodiyotni kreditlash hajmlarini kengaytirish natijasida kelib chiqishi mumkin bo`lgan kredit xatarlarining oldini olish maqsadida tijorat banklari tomonidan aktivlarni diversifikasiya qilish, shu jumladan, kredit portfelini yaxshilash, tavakkalchiliklarni samarali boshqarishga qaratilgan zarur choratadbirlar muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo`llabquvvatlash maqsadlariga kelgusida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar miqdori oshirib borilishi prognoz qilinmoqda. Bunda asosiy e’tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari boshlang`ich kapitalini shakllantirish, ularning investision loyihalari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmlarini kengaytirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining biznes-rejalarini moliyalashtirish, ayniqsa, qishloq joylarida ish o`rinlarini tashkil etishga yo`naltirilgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmlarini kengaytirishga qaratiladi.
SHu bilan birga, mamlakatda yanada qulay tadbirkorlik muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlashni uzluksiz davom ettirish maqsadida ushbu sektor ishtirokchilari uchun moliya-kredit resurslaridan keng foydalanishni ta’minlaydigan bozor vositalari, mexanizmlari va amaliyoti takomillashtirib boriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalari va grantlarini jalb qilish ishlari faollashtiriladi.
6. Mikromoliyalash sohasini va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish.
Kelgusida nobank kredit tashkilotlari tizimini rivojlantirish va barqororligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi va ushbu yo`nalishda quyidagi choratadbirlarning amalga oshirilishi mo`ljallanmoqda:
– nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini xalqaro andozalar asosida yanada takomillashtirish;
– nobank kredit tashkilotlari va ular tomonidan ko`rsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;
– respublika hududlarida kam ta’minlangan oilalardagi ayollarga imtiyozli resurslar, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari, investorlar va donorlar mablag`lari hisobidan mikrokredit va mikroqarzlar ajratishga ixtisoslashgan nobank kredit tashkilotlarini tashkil etish va uzluksiz ish faoliyatini ta’minlash ishlarini davom ettirish.
7. Respublika tijorat banklari va bank-moliya tizimi faoliyatini baholashda xalqaro amaliyotda qo`llaniladigan me’yorlar, mezonlar va andozalarni joriy etish va ularga erishish borasidagi ishlar davom ettiriladi.
Bunda: – yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» bilan hamkorlikni va ular tomonidan qo`llaniladigan xalqaro me’yor, andoza va baholash tizimini tatbiq qilishni yanada kengaytirish;
– tijorat banklariga yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan berilgan reyting baholarining muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash;
– yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo`llaniladigan tijorat banklari faoliyatini baholash tizimi, mezon va andozalari bo`yicha bank tizimi mutaxassislarining bilim va malakalarini oshirish;
– moliyaviy hisobotlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash va taqdim qilishda uning shaffofligi, jumladan, xalqaro taqqoslanuvchanlik, davriylik, muddatlilik va sifatlilik tamoyillariga rioya qilinishini ta’minlash;
– yetakchi xalqaro reyting kompaniyalaridan mamlakat reytingini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirib boriladi.
8. Banklar tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar turlarini yanada kengaytirish hamda sifatini yaxshilash borasida amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar davom ettiriladi. Bunda asosiy e’tibor qishloq joylarida bank infratuzilmalari tarmog`ini kengaytirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng qo`llagan holda masofadan turib xizmatlar ko`rsatish, jumladan, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish xizmatlari («bank-mijoz», «internet-banking», «mobil-banking», «SMS-banking») ko`rsatish ko`lamlarini yanada kengaytirish bilan bog`liq ishlar amalga oshiriladi.
SHu bilan birga, bank plastik kartochkalarini muomalaga chiqarish hajmlarini oshirish va ulardan samarali foydalanish orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi yanada kengaytiriladi. Umumiy foydalanishdagi telekommunikasiya tarmoqlarini qo`llagan holda plastik kartochkalar yordamida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar ko`lamlarini kengaytirib borishda xavfsizlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa, o`z navbatida, moliya bozorida raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmatlari sifatining oshishiga xizmat qildi.
SHuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatimizda elektron tijoratni kengaytirish va rivojlantirish bo`yicha aniq maqsadli chora-tadbirlar, xususan, «Elektron tijorat to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri ishlab chiqiladi.
9. Bank menejmenti sohasida zamonaviy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha choralar ko`riladi.
Xulosa
Mamlakatimizda bank-moliya tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlash iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ob’ektiv zaruriyat bo’lib, bu o’z navbatida tijorat banklari faoliyatini doimiy nazorat qilishni va ularni samarali tashkil etish uchun bank tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning daromadliligini oshirish, ushbu operatsiyalarni amalga oshirishda qilinayotgan sarf-xarajatlarni kamaytirish va shu asosda bank foydasini ko’paytirish yo’llarini topishni talab etadi.
Hukumatimiz tomonidan bank tizimini rivojlantirish bo’yicha ichzil ravishda amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar sohani barqaror rivojlanishi ta’minlanmoqda. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimining jami kapitali 2019 yilga nisbatan 23,3 foiz ko’payib, 7 trillion 800 milliard so’mga yetdi. Bu ko’rsatkich keyingi 5 yilda 2,4 barobar oshdi. Mazkur yutuqlarimiz natijasida bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko’rsatkichlardan 2 marta ko’pdir. Bundan tashqari mamlakatimizdagi barcha banklar dunyoning yetakchi agentliklari tomonidan barqaror deb baholangan.
Biz yuqorida olib borilgan tahlil va kuzatishlar natijalariga asoslangan holda keltirib o’tilgan muammolardan kelib chiqqan holda tijorat banklarini kreditlash faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalarni keltirib o’tamiz.

  • Bazel qo`mitasining kapital yetarliligi va bank likvidligi borasidagi yangi tavsiyalarini joriy qilish bo`yicha ishlarni davom ettirish;

  • banklar faoliyatining aniq va xolis baholanishini ta’minlovchi CAMEL(S) tizimining yangi talqinini tatbiq qilishni ko`zda tutgan holda tijorat banklarining moliyaviy holatini baholash tizimini yanada takomillashtirish;

  • masofaviy nazorat tizimini bu sohadagi ilg`or xalqaro tajriba asosida yanada takomillashtirish;

  • bank tizimidagi tizimli tavakkalchiliklarni aniqlashga qaratilgan makroprudensial tahlilning zamonaviy usullarini keng qo`llash;

  • ilg`or xalqaro tajribaga asoslangan holda tijorat banklarini stress-testlardan o`tkazish amaliyotini keng ko`lamda joriy qilish va rivojlantirish;

  • tijorat banklaridagi korporativ boshqaruv organlari rolini va mas’uliyatini oshirish hamda korporativ boshqaruv, tavakkalchiliklar va kapitalni boshqarish tizimlariga belgilangan talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish.

  • Banklarda uzoq va qisqa muddatli kreditlar nisbatini optimallashtirish;

  • Bank faoliyatida doimiy nazoratni yanada kuchaytirish, ayniqsa, kredit qaytarilishi bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni og’ishmasdan amalga oshirilishi ta’minlash.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish kerakki, hozirgi kunda mamlakatimiz tomonidan bank tizimiga berilayotgan e’tibor tufayli bank tizimining barqaror faoliyati ta’minlanmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T. SHarq, 2014 yil.

  2. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015 yil

  3. O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015 yil

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada isloh qilish va erinlashtirish chora tadbirlari to’g’tisida”gi Qarori 2005-yil 15-aprel

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori Toshkent,2007 yil 7-noyabr

  6. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Xarakatlar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o`rganish bo`yicha ilmiy-uslubiy risola. T.: 2017y

  7. Mirziyoev Sh. Tanqidiy tahlil, katiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik koidasi bo‘lishi kerak // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2017 yil 16 yanvar, №11 (6705).

  8. Karimov I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005.

  9. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi: o‘quv qo‘llanma. – T.: Moliya, 2003 yil. – 312 b.

  10. Abdullayev Yo. A. Bank ishi.-T.: Moliya 2014 yil

  11. Qoraliyev T.M., Omonov A.A. Pul, kredit va banklar.- T.: Moliya 2012 yil

  12. Rashidov O. va boshqalar. Pul, kredit va banklar.- T.: Cho`lpon 2011yil

  13. Mullajonov F.M. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. T.: O`zbekiston 2011

  14. Bank axborotnomasi, gazetasi 2016 yil №1-52, 2017 yil №1-12

  15. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotlari

  16. Internet saytlar:

http://www.press-service.uz - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti
http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti
http://www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
http://www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti
http://www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi rasmiy sayti.



1 http://www.imf.org/external/pubs/ft/wp/2013/wp13206. pdf.

2 Global Financial Development Report 2013. World Bank. Washington D.C. 2013

3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoevning 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28 dekabr 2018 yil.

4 Ma’lumotlar 2018 yil 1 dekabr holatiga.

5 Monetar siyosatning 2019 yil va 2020–2021 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalish- lari. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2018 yil. 100-bet.

6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28 dekabr 2018 yil.

Download 90.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling