Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holati
Download 16.46 Kb.
|
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holati
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holati Bizga ma’lumki, bugungi kunda barcha mamlakatlar uchun iqtisodiy rivojlanish mamlakat siyosati va ,umuman, boshqaruvining asosiy tamoyillaridan biriga aylanib bormoqda. Chunki bu mamlakatning farovonligini, ijtimoiy hayotda barqarorligini, uning aholisining boyligini va shu jumladan, mamlakatning xalqaro maydondagi obro’sini ham belgilaydi. Bizning O’zbekistonda ham oxirgi bir necha yilda ko’plab o’zgarishlar ro’y bermoqda va bu ,albatta, biz uchun quvonarlidir. Eng e’tiborlisi, ana shu oxirgi 3-4 yildagi islohot va o’zgarishlar aynan iqtisod sohasiga tegishlidir. Xususan, so’nggi yillarda yurtimizda xususiy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning milliy bozordagi ulushini oshirish va davlat aralashuvini kamaytirish borasida ko’plab qaror va farmonlar imzolandi. Bularning natijasida, kichik biznesning yurtimiz YaIM si, qurilish, sanoat, eksport va importdagi ulushi sezilarli darajada oshdi: YaIM da 56.1% dan (2014) 56.5% ga (2019) va 2020 yil pandemiya sharoitini hisobga olib 51.3ga oshdi, qurilish sohasida 64.8%dan (2017) 75.8%ga (2019) o’sdi hamda eksport va importdagi o’rni mos ravishda 22.3 va 47.7 foizga yetdi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi jami ishchi qatlamning 73.8 foizi aynan xususiy biznes va tashkilotlarda mehnat qilmoqda. Bundan tashqari O’zbekiston o’zining sanoat va xizmat ko’rsatish sohasida ham ko’pgina yutuqlarga erishmoqda. Misol uchun Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, shu yilning yanvar-sentabr oylarida O’zbekiston Respublikasi qariyb 56,6 trln. so’m xorijiy kredit va investitsiyalar o’zlashtirgan bo’lib, ularning katta qismi Qashqadaryo viloyatiga to’g’ri kelmoqda. Qolaversa, avtomobil eksporti ham yildan-yilga ortib bormoqda. O’tgan yil oktyabr oyida O’zbekiston 73.1 mln. AQSH dollarlik yengil avtomobil eksport qilgan bo’lsa, bu yil bu ko’rsatkich 108.2 mln AQSH dollarga yetdi ya’ni 47.9 % ga oshdi. Qurilish ishlari esa 8,6 %ga oshdi ( hozirgi paytgacha 65.2 trln. so’mlik qurilish ishlari bajarilgan). Bunga asosiy sabab esa shahar infratuzilmalarini yaxshilashga qaratilgan loyihalar bo’lib, ularning katta qismi xususiy kompaniyalar tomonidan xorijiy investitisiya evaziga amalga oshirilmoqda. Bunga misol qilib Toshkent city, Boulvard city va bir qator boshqa gigant loyihalarni keltirishimizni o’zi kifoya ,menimcha. So’nggi yillardagi islohotlar haqida gap borar ekan, ta’limga oid islohotlarni ham gapirib o’tishimiz shartdir. 2017-yilda yurtimizdagi jami oily ta’lim muassasalari 72 tani tashkil qilgan bo’lsa, 2020 yilga jami OTM lar soni 119 taga yetdi va shundan 32 tasi xorijiy OTM lar filialaridir. Shuningdek, bir nechta xususiy oliy ta’lim muassasalari ,masalan AKFA university, KUKAN university va hokazolar qad rostladi va bunday nodavlat universitetlarda jami 441 ming nafar talaba xorijiy tillarda ta’lim olmoqda. Shuning bilan birgalikda, shu kunlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’limga oid yana bir muhim farmon imzolandi. Unga ko’ra, respublikamizning har bir hududida kamida bittadan ana shunday nodavlat oily ta’lim muassasasi tashkil qilinadi va bundan asosiy maqsad yanada ko’proq yoshlarni ta’limga qamrab olish va mamlakatimiz kelajagi uchun yetuk kadrlarni, malakali mutaxasislarni tarbiyalashdir. Iqtisodiyotni va uning qolgan barcha sohalarini bozorlarimizni sifatli oziq-ovqatlar bilan to’ldirib turuvchi hamda xalqimiz qornini to’q tutadigan Qishloq xo’jaligisiz tasavvur qilish qiyin, albatta. Ushbu sohada ham bir qator o’zgarishlar ro’y berdi. Bog’dorchilik, polizchilik va oziq-ovqat yetishtirishning boshqa turlari bilan shug’ullanuvchi dehqon va fermerlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga ko’plab imtiyozlar joriy etildi. Bunday o’zgarishlar natijasida yurtimiz oziq-ovqat mahsulotlari hajmi va soni ortmoqda va ,quvonarlisi, ularning katta qismi jahon bozorida o’z o’rni va mavqeyiga egadir. Qisqa qilib aytadigan bo’lsak, bizning davlatimiz - O’zbekiston oxirgi yillarda iqtisodiy va ijtimoiy yuksalishlarga eltuvchi ko’pgina o’zgarishlarga guvoh bo’ldi va ishonamizki, kelajakda ham bunday o’sishlar davom etib davlatimizning yanada taraqqiy etishiga va xalqaro maydonda yuqori po’ganalarda turishiga xizmat qiladi. Aliyev Alimardon, Iqtisod, 155-20 guruh Download 16.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling