Mamlakat tabiiy boyliklari va uni respublika iqtisodiy rivojig ta`siri reja


Download 74.24 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi74.24 Kb.
#1328708

MAMLAKAT TABIIY BOYLIKLARI VA UNI RESPUBLIKA IQTISODIY RIVOJIG TA`SIRI

Reja:



  1. Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti

  2. O‘zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo‘lgan mamlakatdir

  3. O‘zbekistonning tabiiy boyliklari va ularni muhofaza qilish 

Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti va xo‘jalikdagi ahamiyatiga ko‘ra cho‘l, adir, tog‘, yaylovlarga bo‘lish mumkin.


Dengiz sathidan 400 metr balandlikkacha bo‘lgan joylar cho‘l mintaqasi hisoblanadi.
Bu yerlardan yaylov chorvachiligida foydalaniladi, ammo cho‘lning ozuqa boyligi juda kam. Bitta qo‘yni boqish uchun 2-3 gektar o‘tloq talab etiladi. Shu hisobdan O‘zbekiston cho‘llarida 10 mln boshgacha qo‘y boqsa bo‘ladi. Biroq cho‘llarning samarasi har gektar hisobida obikor yerlardagidan 100 marta kam.
Cho‘l mintaqasida neft, gaz, oltingugurt, oltin kabi ma’danlaming zaxiralari aniqlangan. Jumladan, gaz zaxirasi 2 trillion kub metrdan oshadi. Zarafshon etagidagi Dengizko‘lda kaliy tuzlarining yirik zaxiralari mavjud. Sulton Uvays tog‘larida, Surxondaryo vohasida va Qizilqumda fosforit konlari bor. Oltingugurt, natriy va magniy tuz konlari kimyo sanoatining muhim xomashyosidir. Shag‘al, qum singari binokorlik xomashyosi ham juda ko‘p uchraydi.
Dengiz sathidan 400-1200 metrgacha baland bo‘lgan qismi adir mintaqasini tashkil etadi.
Adir iqlimi cho`l iqlimidan mo`tadilroq bo`ladi. O`simlik turi ko`p va zich. Tuprog`i chirindiga boy. Bu yerlardan, asosan, obikor, dengiz sathidan 1000 metrdan baland yerlarda lalmikor dehqonchilik yuritiladi. Adirlar dehqonchilik uchun eng qulay joy bo`lganidan odamlar qadimdan shu yerlarda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanaverib, uning yer yuzasini ham, o‘simlik va hayvonot olamini ham o‘zgartirib yubordi. 
Tog‘ mintaqasi adirdan baland joylarga, ya’ni dengiz sathidan 1200 metrdan baland bo‘lgan joylarga to‘g‘ri keladi.
Tog`larda yoz nisbatan qisqa, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Tuprog‘i nihoyatda chirindiga boy. Tog‘larda betaga, ravoch, zira, tog‘ yalpizi, yuqoriroqda na’matak, zirk, dukcho‘p kabi butalar, undan ham yuqoriroqda bodom, pista, do‘lana, zarang, olma, yong‘oq, nok, olcha kabi mevali daraxtlaming yovvoyi turlari o‘sadi. Ravoch, tog‘ yalpizi, zirk kabilar ovqatga ishlatiladi. Bodom va pista terib olinadi. Yovvoyi mevali daraxtlarga madaniy mevalar payvand qilinishi natijasida tog‘laming xo‘jalikdagi ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Tog‘ mintaqasining shifobaxsh iqlimi hamda beqiyos go‘zal tabiatidan dam olish va hordiq chiqarishda foydalaniladi.
Tog‘lardan ko‘plab foydali qazilmalar topilgan. Ohangaron vodiysi atrofidagi tog‘larda o‘tga chidamli loy, qo‘ng‘ir ko‘mir, mis rudasi, oltin konlari aniqlangan. Nurota tog‘larida marmar (G‘ozg‘on marmari), volfram konlari bor.
Baland tog‘larning yonbag‘irlarida, past tog‘laming tepa qismida yaylov mintaqasi mavjud.
Yaylov mintaqasida yilning ko‘p qismida havo sovuq, yer ustini qor qoplab yotadi. Yoz qisqa bo‘lib, yog‘in ko‘p yog‘adi. Yaylovning qulay joylaridan chorvachilikda foydalaniladi.
Suv boyliklari. 0‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, sanoati va aholisini suv bilan ta’minlashda tog‘lardagi qorlar asosiy suv manbayi xizmatini o‘taydi. O‘lkamizdagi daryolaming deyarli hammasi tog‘lardan boshlanadi.
Daryolardagi yillik suvning 70-95 foizi 3-4 oy davomida bahor oylariga va yoz boshiga to‘g‘ri keladi. Daryo suvlari barpo etilgan suv omborlariga yig‘ilib, yil davomida tejab sarflanadi.
Oqar suvlami ifloslantirmaslik uchun sanoatda hamda maishiy-kommunal xo‘jalik foydalaniladigan suvlar tozalab chiqariladi. 0‘zbekistonda suv tabiiy boylikgina emas, balki milliy qadriyat ham hisoblanadi.
Daryolarimiz sug‘orishdan tashqari, elektr energiya manbayi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Endilikda daryolarga qurilgan GESlardan yiliga o‘rtacha 5 mlrd kW-soat elektr energiya olinmoqda. O‘zbekiston sharoitida sun’iy suv ombori barpo etish maqsadida daryoni to‘g‘on bilan to‘sish tufayli bir yo‘la GES qurish imkonidan foydalanilmoqda.
Yer boyliklari. 0‘zbekistonning umumiy yer maydoni 44,4 mln gektarni tashkil etadi. Buning qariyb yarmi qishloq xo‘jaligiga tegishli maydonlardir.
O‘lkamiz katta yer boyligiga ega bo‘lsa-da, undan ham omilkorlik bilan foydalanish kerak. Aks holda yerlar sho‘rxokka, jarlikka va cho‘lga aylanishi mumkin. Zovur qazib, yerosti suvlarini qochirish, vaqti-vaqti bilan tuproqni yuvib turish, almashlab ekishga rioya qilish kabi melioratsiya va agrotexnika choralari yerdan to‘g‘ri foydalanishning muhim tadbirlari hisoblanadi.
Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga bevosita aloqador, ya’ni uning xomashyo va energetika bazasini tashkil etadi.
Eng muhim tabiiy boyliklardan biri – bu yerosti boyliklari (mineral resurslar). Ulardan sanoatda, maishiy ehtiyojlarda keng miqyosda foydalaniladi (5-rasm).

O‘zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo‘lgan mamlakatdir. Ammo mamlakat iqtisodiyotining xomashyoga va yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoji to‘xtovsiz ortib bormoqda. Hozirda tabiiy boyliklarning yarmiga yaqinidan foydalanilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, tabiiy boyliklar zaxirasidan tejab foydalanishimiz zarur. Chunki yerosti boyliklari tugaydigan va tiklan- maydigan boylikdir

Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanishning asosiy shartlari:

konlardan qazilmalarni to‘liq qazib olish;

atrof-muhitning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

barcha qimmatli moddalardan majmuali-mukammal foydalanish;

geologik qidiruv ishlarini tadrijiy davom ettirish;

mahsulot birligiga sarf bo‘ladigan xomashyo va yoqilg‘ini tejaydigan texnika va texnologiyani qo‘llash.

Eng muhim tabiiy boyliklardan yana biri – suv. Qishloq xo‘jaligida ko‘p miqdorda suv sarflanadi. Sanoat korxonalari uchun ham ko‘p suv talab qilinadi. Korxonalar eng katta shaharlar aholisi iste’mol qiladigan suvdan ko‘proq suvni «ichib» qo‘ymoqda. Suv – tiklanadigan tabiiy boylikdir.

Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan unumdor tuproq (yer), aholi ehtiyoji uchun zarur o‘simlik va hayvonot dunyosi (baliq, yovvoyi hayvonlar), inson hayoti uchun zarur bo‘lgan havo ham tugaydigan va tiklanadigan tabiiy boylikka mansubdir. Toshkent, Farg‘ona, Navoiy kabi shaharlar, ayrim sanoat rayonlari hududida havo tarkibidagi kislorod aholi ehtiyojini qondira olmayapti. Holbuki, kislorod manbayi bo‘lgan o‘simliklar o‘nlab yillarda tiklanadi. Unumdor tuproq esa undan ham sekin tiklanadi.

Tabiiy boyliklarning ishlatilishi va turlarini jadvalga to’ldiring.

Inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar — yer-osti boyliklari, suv, havo, tuproq, o‘simliklar, hayvonot olami va boshqalar tabiiy resurs (boylik) hisoblanadi.


O‘zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini muhofaza qilish —inson uchun zarur bo‘lgan qazilma boyliklardan oqilona foydalanish, suv va havoni toza saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash, o‘simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib, qayta tiklashni hamda xushmanzara joylar (sharshara, shovva, ajoyib manzaralar, buloq va boshqalar)ni tabiiy holicha saqlash kabilarni o‘z ichiga oladi.



Lekin hozir tabiatga inson xo‘jaligi faoliyatining ta’siri natijasida respublikamizning ba’zi okruglari (Orolbo‘yi, Surxon vodiysi, Quyi Zarafshon va Quyi Amudaryo)da ekologik holat yomonlashib bormoqda.
O‘zbekiston havosining ifloslanishida energetika, neft-gaz sanoati, transport, kimyo sanoati, metallurgiya sanoati, maishiy-kommunal xo‘jalikning hissasi katta. O‘sha korxonalar chiqarayotgan zararli birikmalarni 100 foiz desak, ular quyidagicha taqsimlangan.

O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari va transportdan yiliga 2000 tonna atrofida iflos chiqindi (birikma)lar chiqarilib, uning 1300,1 tonnadan ortig‘i transport hisobiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Andijon kabi katta shaharlar havosi ifloslanishining 80 foizi avtotransport hissasiga to‘g‘ri keladi. Yirik sanoat obyektlari joylashgan shaharlarda havoning ifloslanishida sanoatning hissasi katta. Natijada, Olmaliq, Angren, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlar havosi oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, vodorod ftorid va boshqa gazlar bilan ifloslangan.



Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari havosi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi aluminiy zavodidan chiqqan zaharli ftor gazi bilan ifloslangan. Natijada, tumanlarda bolalar o‘limi ko‘paymoqda, uzum va mevali daraxtlarning bargi sarg‘ayib, qoramollar kasallanib, tishi to‘kilib
ketmoqda.


Respublikamiz havosini toza saqlash uchun korxonalarda zamonaviy tozalovchi inshootlar qurish zarur. Bunda havoni ifloslovchi moddalarni ushlab qolib, ulardan qayta foydalanish imkoniyati vujudga keladi.
Respublikamiz daryolari sanoat korxonalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, sog‘lomlashtirish tashkilotlari, parrandachilik majmuyi va chorvachilik fermalaridan chiqqan suvlar hamda zovur suvlari bilan ifloslanmoqda.
Suv boyliklarini toza saqlashdagi asosiy vazifa o‘sha korxonalardan chiqayotgan iflos suvlarni tozalab, zararsizlantirib, so‘ngra suv havzalariga tashlashga erishishdan iborat.
O‘zbekistonning tuproq qatlamini eroziyadan saqlash, uning unumdorligini tiklash uchun kurashish kerak. Buning uchun ekinlarni sug‘orish qoidasiga rioya qilish, sug‘orishning ilg‘or usullaridan foydalanishga o‘tish zarur. Ekinlarning hosildorligini oshirish uchun ko‘proq organik o‘g‘itlar (go‘ng) dan foydalanib, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi biologic usul bilan kurashishga erishish zarur.
Respublikamiz havosining musaffo, xushmanzara yerlarining ko‘p bo‘lishi, avvalo, yashil o‘simliklarga, ayniqsa, o‘rmonlarga bog‘liq. Aholining o‘rmonlarga, ayniqsa, mevali (yong‘oq, pista, bodom, do‘lana va hokazo) va dorivor (zira, piyoz, anzur, qoraqand, oqqayin, yetmak va boshqa) o‘simliklarga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishi tufayli ular kamayib ketmoqda. Shu sababli dam oluvchilar, sayyohlar, o‘quvchilarga o‘simliklarni nobud qilmaslik, ularning mevasini, urug‘ini ruxsatsiz yig‘maslik kabi tushuntirish va targ‘ibot ishlarini keng olib borish zarur.
So‘nggi yillarda insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida (yerlarni haydash, yangi turar joylar barpo etish, yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, noto‘g‘ri ov qilish) hayvonlar soni va turi kamayib ketmoqda. Chunonchi, oqquyruq, jayron, laylak, xongul, arxar, burama shoxli echki (morxo‘r), qirg‘ovul, kaklik miqdori keskin kamayib ketdi. Ba’zi hayvonlar, jumladan, Turon yo‘lbarsi butunlay yo‘qolib ketdi.
O‘zbekiston tabiatining ko‘rkamligi uning hududida nodir tabiat go‘shalari (ajoyib soy, jilg‘a, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, har xil jinslar, ochilib qolgan qoyalar, g‘orlar, korizlar, sardobalar va hokazolar)ni tabiiy holicha saqlab qolishga bog‘liq.
O‘zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o‘simlik va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli «O‘zbekiston Qizil kitobi» nashr etilgan.
Uning birinchi jildiga noyob o‘simlik turlaridan Korovin shirachi, Turkiston yovvoyi noki, yovvoyi anor, Zarafshon piyozi, tog‘piyoz, O‘zbekiston lolasi, yovvoyi anjir, Omonqora va Buxoro astragali, yovvoyi uzum, chinnigul, mingdevona, sumbul, chilonjiyda, Chimyon lolasi, guli salim kabi o‘simliklar kiritilgan.
«Qizil kitob»ning ikkinchi jildidan shalpangquloq ko‘rshapalak, ko‘k sug‘ur, katta qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston qunduzi, sirtlon, qoplon, gepard, xongul, jayron, Ustyurt qo‘yi, Buxoro qo‘yi, arxar, oq va qora laylak, qizil g‘oz, lochin, burgut, oq turna, echkemar, kapcha ilon kabilar o‘rin olgan.
O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilishda qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalarning ahamiyati juda katta. O‘zbekiston hududida 2016-yil holatiga ko‘ra 8 ta davlat qo‘riqxonasi, 3 ta milliy bog‘, 12 ta buyurtmaxona, 1 ta biosfera rezervati hamda 3 ta parvarishxonalar mavjud.
Download 74.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling